“Umumiy psixologiya” – psixologik hodisalarning umumiy qonuniyatlarini
nazariy va amaliy jihatdan o’rgangan holda ruhiyat va shaxs xulq-atvori mohiyati
yuzasidan eng umumiy tushunchalarni beruvchi fan. Ota-onalarning “Umumiy
psixologiya” asoslari borasidagi bilimlarga ega bo’lishlari farzandlarning ruhiy
holatlari, xulq-atvorlarini to’g’ri baholash, ularda ruhiyat salomatligini ta’minlash,
ijobiy xulq-atvorni tarbiyalashga imkon yaratadi. Mazkur fan asoslariga oid
bilimlarga ega bo’lish, shuningdek, ota-onalar tomonidan oilada sog’lom
psixologik muhitning yaratilishi, oila a’zolari o’rtasida ijtimoiy munosabatlarni
oqilona tashkil etilishiga zamin yaratadi. Qolaversa, ota-onalarning umumiy
psixologik bilimlarga egaliklari farzandlarning komil inson bo’lib voyaga
etishlarin ta’minlashga erishishda, shuningdek, farzandlarning ruhiyati va xulq-
atvoriga ijobiy ta’sir etishda qo’l keladi.
“Ijtimoiy psixologiya” – ijtimoiy sub’ektlarning turli ijtimoiy guruhlardagi
xulq-atvori va faoliyati qonuniyatlarini, shuningdek, ushbu guruhlarning
psixologik xususiyatlari o’rganuvchi fan. Mazkur fan asoslari ota-onalarga ijtimoiy
hamkorlikka asoslangan munosabatlar jarayonida sub’ektlarda yuzaga keladigan
g’oya, tasavvur, kechinma, his-tuyg’u hamda kechinmalar, shakllanadigan xulq-
atvor mohiyatini anglash imkoniyatini yaratadi. Mazkur bilimlarga tayangan holda
ota-onalar oila a’zolari o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning farzandlar ongi va
xulq-atvoriga ta’sirini etarlicha baholay oladi. Har qanday ijtimoiy munosabatning
bola shaxsiga ko’rsatadigan ta’siri yuqori ekanligini anglagan holda bu jarayonda
imkon qadar oila a’zolari tomonidan salbiy hissiyotlarni ifodalanishining oldini
olish tadbirlarini ko’radilar. Aksincha, ijobiy – o’zaro yordam, bir-birini qo’llab-
quvvatlashga, hamdardlikka asoslangan munosabatlarni yanada rivojlantirish
choralarini belgilashga urinadilar. Fan asoslarini o’rganish orqali ota-onalar oila
muhitida namoyon bo’ladigan har bir munosabatning sabab va oqibatlari
o’rtasidagi aloqani anglashni o’rganadilar. Bu boradagi bilimlarning takomillashib
15
borishi esa oila hayotini, faoliyatini to’g’ri, oqilona tashkil etishga doir tajribaga
ega bo’lishlarini ta’minlaydi.