Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

“Etnografiya” 
(
“Xalqshunoslik”; 
“ethnos” – qabila, xalq Q “grapho” – 
yozaman) – jahondagi barcha xalqlarning, etnik birlikning turli tiplari, ularning 
kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma’naviy 
taraqqiyot darajasidan qatiy nazar, teng holda o’zaro tafovuti yoki umumiyligi va 
o’xshashligini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganuvchi maxsus fan 
sohasi
14
. Ota-onalarning fan asoslari bilan tanishishlari ularning asrlar davomida 
oila tarbiyasida qo’llanib kelinayotgan milliy tarbiyaviy ta’sir shakllari, metod va 
vositalardan xabardor bo’lish, shaxsiy faoliyatda ulardan foydalanishlariga yordam 
beradi. Qolaversa, “Etnografiya” fani asoslari ota-onalarni farzandlarning yosh, 
psixologik xususiyatlari, jismoniy imkoniyatlariga tayangan holda milliy 
tarbiyaviy ta’sir metod va vositalarini o’rinli, maqsadli qo’llashga o’rgatadi. 
Natijada ular milliy tarbiyaviy ta’sir metod va vositalarining shaxs kamolotiga 
ta’sirini to’g’ri baholash, turli vaziyatlarda metod va vositalarni birga qo’llash, bir 
metod yoki vositani ikkinchisi bilan o’rinli almashtirishga doir ko’nikma, 
malakalarini o’zlashtiradilar.
“Axloqshunoslik”
(“Etika”; lot. “ethica” < yun. “ethos” – urf-odat, xulq-atvor) 
– axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi o’rnini
15
, axloqning shakllanish 
shart-sharoitlarini va shakllarini o’rganuvchi
16
fan. Ota-onalar tomonidan 
“Axloqshunoslik” fani asoslarining o’zlashtirilishi ularda farzandlar shaxsida 
namoyon bo’ladigan 
ma’naviy-axloqiy sifatlar xususidagi tasavvurlarni, 
farzandning ma’naviy-axloqiy fazilatlari uning kamolotini belgilovchi asosiy 
mezonlar ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni hosil qiladi. Farzandlarning 
muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lishi ularning kamoloti darajasini 
belgilaydi. Shu sababli ota-onalar jamiyat, oila hamda bola mansub bo’lgan 
mikromuhitda shakllangan munosabatlarning unda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni 
shakllantirishga ta’sirini bilishlari nihoyatda muhim. Qolaversa, farzandlarning 
shaxs sifatidagi ijtimoiy mavqei uning borliqqa bo’lgan munosabati bilan 
belgilanadi. Bolada o’z shaxsiga, atrofdagilarga, tabiatga nisbatan ijobiy 
munosabatni qaror toptirishda “Axloqshunoslik” fani asoslaridan ota-onalarning 
xabardorlik darajasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin