Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

“Yosh va pedagogik psixologiya”
– individning tug’ilganidan boshlab to 
keksaligigacha bo’lgan ontogenetik rivojlanishi davomidagi shaxs psixologik 
taraqqiyoti hamda uning shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini o’rganuvchi fan
13

Fan asoslari ota-onalarga turli yoshdagi farzandlar bilan muloqotni tashkil etish, 
ularda muayyan ma’naviy-axloqiy, irodaviy sifatlarni, sog’lom ruhiyatni samarali 
shakllantirishda yordam beradi. Qolaversa, ota-onalar farzandlarni yosh, 
psixologik xususiyatlariga tayangan holda ularni turli mazmun, yo’nalish va 
ko’lamdagi ijtimoiy munosabatlarga jalb etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
Xususan, maktabgacha ta’lim yoshidagi farzandlar bilan muloqotda ularni ko’proq 
atrof-muhit bilan tanishtirish, nutqini boyitishga e’tibor qaratsalar, boshlang’ich 
maktab yoshidagi farzandlarda faoliyat, xususan, o’qish faoliyatiga nisbatan 
mas’uliyatli yondashish, o’yin va mehnat faoliyati uyg’unligiga erishish orqali esa 
oddiy mehnat ko’nikmalarining asta-sekin shakllanishiga muvaffaq bo’ladilar. 
O’smirlarda esa shaxsini shakllantirish ustida ko’proq ishlash, nafaqat mehnat 
faoliyati, shu bilan birga sport turlari bilan faol shug’ullanishga oid malakalarning 
shakllanishiga erishsalar, o’spirinlarda kasbiy faoliyat yo’nalishini to’g’ri tanlash, 
qiziqish, xohish-istaklariga tayangan holda muayyan kasb yoki hunar yo’nalishlari 
bo’yicha mutaxassislik bilimlarini puxta o’zlashtirishga nisbatan mas’uliyat hissini 
tarbiyalanishining uddasidan chiqadilar. Shu bilan birga ota-onalarning yosh va 
pedagogik psixologiyaga oid bilimlari yoshlik, navqironlik va keksalik davrlarida 
kundalik, ijtimoiy va kasbiy faoliyatni, turli doiralarda kechadigan muloqotni eng 
maqbul shakllarda tashkil etish borasidagi tajribalarining farzandlarga samarali 
tarzda uzatilib boradi.
“Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”
– mamlakat mustaqilligini 
mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, har 
tomonlama etuk, komil insonni tarbiyalashga oid yaxlit, izchil ta’limot mohiyatini 
yorituvchi fan. Oila – jamiyatning kichik bo’g’ini. Boshqacha aytganda, oilaning 
o’zi bir kichik jamiyat. Shu sababli oilaning barqarorligi, undagi sog’lom muhit, 
uning farovonligi bevosita jamiyatning barqarorligi, ijtimoiy munosabatlarning 
sog’lomligi hamda mamlakat farovonligini ta’minlashga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Ota-onalarning fan asoslaridan xabardorliklari oila va jamiyat manfaatlarini 
uyg’unlashtirish, oila istiqbolini mamlakat taraqqiyoti bilan bog’liq holda ko’rish 
imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga ota-onalar fan asoslari blan tanishish orqali 
fuqaro sifatida komil insonni tarbiyalashga mas’ul ekanliklarini anglab etadilar. 
Turli madaniyatlar qorishuvi, “ommaviy madaniyat” ta’siri, mafkuraviy kurash 
tobora kuchayib borayotgan mavjud sharoitda oilalarda milliy tarbiyani tashkil 
etish, farzandlarni turli yot, buzg’unchi g’oyalardan himoyalash, ularni asrlar 
davomida qadrlanib kelinayotgan an’analar ruhida tarbiyalash yo’llari, metod va 
vositalaridan xabardor bo’ladilar.
13
Большая психологическая энциклопедия Самое полное современное издание. – Москва: Эскмо, 2007. – С. 
92.


16 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin