Kompensatsiya - buzilgan funktsiyalar o’rnini to’ldirish, rivojlantirish.
Konkretlik - umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish
qobiliyati.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o’rnini to’ldirish, tenglashtirish) -
oliy nerv faoliyatining zaxira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning
buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish yoki qayta qurish.
Korrektsiya (yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik uslub va
tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va
jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to’liq tuzatish.
Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha «defectus» –
nuqson, kamchilik, «logos» – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik
kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga
asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda
shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi
fan.
Korrektsion tarbiya - jamiyatdagi hayotga ko’nikish uchun sharoitlar yaratish,
ba’zi toifa odamlarni rivojlanish nuqsonlarini engib o’tish yoki bartaraf etish.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar - shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga
ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimi.
161
Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish
ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli
qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy
va ma’naviy boyliklar tizimi.
Madaniyatlilik - bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va
millatning ma’naviy va moddiy madaniyati asosida qurilishi lozim.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs tomonidan
o’zlashtirilishi zarur bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma, malaka, fikrlash hamda
faoliyat usullari tizimi.
Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) –
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy
qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning
rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda etakchi o’rin
tutuvchi g’oyalar tizimi.
Dostları ilə paylaş: |