Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə110/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Pedagogik qarovsizlik - shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasining
dezintegratsiya ta’siri oqibati. Ular avvalambor to’laqonli individual-psixologik
rivojlanishni ta’minlovchi etakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o’zlashtirishda
namoyon bo’ladi.
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida
ishtirok etishda o’quvchi amal qilishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor
me’yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat - bolalar va o’smirlarni o’rab
turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiyasi bo’yicha bosqichma-bosqich ish olib
borish bo’lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi, individuallashuvi va
integratsiyasiga qaratilgan. Uning ob’ekti bola hisoblanib, predmeti-bolalarning
ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir.
Rag’batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy
baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-
quvvatlash usuli.
Rahmdillik - kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir
hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish.

163
Reabilitatsiya - bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida normal mehnat


va hayotga qaytishi. Bu avvalambor tibbiyot yordamidan insonning jismoniy
nuqsonlarini bartaraf etish, ikkinchidan maxsus o’quv metodlarini qo’llash,
uchinchidan professional tayyorgarlik asosida erishiladi.
Referent guruh - inson uchun o’lchov birligi hisoblangan tavsiyalar,
ma’lumotlar.
Refleksiya - insonning ichki ruhiy faoliyati bo’lib, o’z xatti - harakatlari,
xislatlari, holatlarini anglab olishga qaratilgan; insonning o’z ma’naviy dunyosini
anglab olishi.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon
bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab
jarayon. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin