Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar
mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) – tarbiya maqsadiga erishish
yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish
usullari.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy
jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish
muammolarini o’rganadi.
Tashxis –didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish,
uning natijalarini belgilash.
Tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson
aqliy faoliyatining yuksak shakli).
Tayanch shaxs - insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi
tabiiy qolipdir. Tayanch intilishlar hammada bir xil bo’ladi, biroq ularning
namoyon bo’lishi genetik va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi.
Tibbiy-ijtimoiy yordam - ta’lim-tarbiya jarayonida sog’likni tiklash yoki
mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o’zaro bog’langan ko’plab elementlar
(tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlik.
165
Shaxslararo munosabatlar - ommaviy ijtimoiypsixologik hodisalar bo’lib, bir
guruhda bo’lgan va birgalikdagi faoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga
ta’sir ko’rsatuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Shaxslararo muomala - insonlar orasida aloqalar o’rnatishning murakkab
jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari
to’g’rilanishga
muhtoj:
ba’zi
pedagoglarning
sabrsizligi,
irodasizligi,
kasbdoshlarini tinlay olmaslik, o’z maqomini oqlash. ijtimoiy pedagogik
treninglar, boshlang’ich pedagog maktablari orqali sabr-matonat, tinglash
madaniyati kabi xislatlarni shakllantirsa bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |