Muhokama uchun savollar: 2.1. Maqol va matallarni tilimiz boyligi sifatida adabiy asarlardan namunalar keltiring.
2.2. Maqollar xalq tilidan tiliga o’tib, sayqallangan so’zlar qaymog’i ekanligini isbotlang.
2.3. So’zlashuv uslubida ishlatiladigan maqollarga misollar keltiring.
2.4. Publitsistik uslubdagi maqollarga misollar keltiring.
2.5. Badiiy nutqda ishlatiladigan maqollarga misollar keltiring.
2.6. Maqollarning ahamiyatini ilmiy asoslang.
2.7. Xalq og’zaki ijodi namunalari sifatida maqollarning vazifasini aniqlang.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar: 1. O’zbek tilining boy frazeologik vositalarga ega ekanligini ilmiy asoslash.
2. Iboralarning turlari va mazmuniy guruhlarini ilmiy izohlash.
3. Iboralar orasida ma’nodoshlik hodisasini sharhlash.
4. Maqol va matallarning turli uslublarda ishlatilishini ilmiy asoslash.
5. Badiiy asarlarda va xalq og’zaki ijodida maqol va iboralarning ishlatilishini ilmiy dalillash.
G) Modul bo’yicha yakuniy xulosa. 1. O’zbek tilining boy frazeologik vositalarga egaligi. Frazeologizmlarning yuzaga kelishi, grammatik qurilishi va semantik tabiati. Ularning tayyor, barqaror tasviriy-ta’sirchan ifodalar-konnotativ nutqiy vositalar ekanligi. Ularning tasviriylik, milliylik, tavsif berish va shaxsiy baho ifodalash tabiati, uslubiy ahamiyati.
2. Frazeologizmlarning turlari va mazmuniy guruhlari. Ma’no tarkibiga ko’ra turlari: ko’p ma’noli, omonim va antonim iboralar. Ibora sinonimlar. So’z va ibora ma’nodoshligi. Bularning uslubiy ahamiyati.
3. Umumuslubiy (uslubiy jihatdan betaraf) iboralarning uslubiy imkoniyati. Emotsional-ekspressiv bo’yoqli frazeologizmlarning ijobiy va salbiy baho munosabatlarini anglatishdagi o’rni va uslubiy vazifasi. Ilmiy va rasmiy uslublar frazeologiyasi. So’zlashuv nutqiga xos frazeologizmlar.
4. Frazeologizmlarni badiiy va publitsistik uslublarda qo’llash usullari va uslubiy vazifalari. Og’zaki va yozma nutqqa xoslangan iboralar. Frazeologizmlarning turli variantlarda uchrashi. Arxaik frazeologizmlar, dialektal frazeologizmlar. O’zlashgan frazeologizmlar. Frazeologizmlarning ma’nosi, tarkibi va shaklini o’zgartirib qo’llash. Frazeologik neologizmlar va okkazionalizmlar.
5.Maqol va matallar. Bularning turli uslublarda ishlatilishi. Hikmatli so’z va ifodalar. Ularning so’zlashuv, publitsistik va badiiy nutqda qo’llanishi va vazifasi.