Guruh talabasi


Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi



Yüklə 111,33 Kb.
səhifə6/12
tarix14.12.2023
ölçüsü111,33 Kb.
#178074
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
TA\'LIM VA TARBIYANING PSIXOLOGIK ASOSLARI 52-21Eshqulova Gulnoza MI referat

Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi:
- aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;
- ko‘p qirrali jarayon;
- uzoq muddatli jarayon;
- yaxlit tizimlilik jarayon;
- ikki tomonlama aloqa jarayoni;
- qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlarining mohiyatini aks ettiradi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi g‘oyalar yotadi:
1.Tarbiya maqsadining aniqligi: O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy - siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tarbiya maqsadi aniq belgilab olingan edi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vosita bu, shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, Huquqiy, mafkuraviy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalash kabi tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutiladi.
2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchining bolalar bilan ma’naviy ma’daniyati eng yaxshi namunasini izlashi, shu asosda tarbiyachi insonning hayotiy meyor va qadriyatlarini ishlab chiqishi o‘quvchini tarbiya jarayonida faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la – to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari hamda ularning shaxsiy namunalari katta tarbiyaviy ta’sirga ega.
3. O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim jihatlaridan biri – bu insonning hayotida o‘z-o‘zini anglashi inson o‘z shaxsiy hayoti va baxtining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash g‘oyalarga tayanib tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir.
4. Tarbiyaning yo‘naltiruvchanligi. Mazkur g‘oya maktab (ta’lim muassasalari) amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlari, shakl, metod va vositalari emas, balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos tavsifi o‘z qadr-qimmatini anglash tuyo‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.
5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi va o‘quvchi ma’naviyatining boyitilishiga ham xizmat qiladi. Agar tarbiyachi (o‘qituvchi) o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqillikka intilish tuyo‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi.
6. Jamoat yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsning har tomonlama taraqqiyoti unda dunyoni anglash va uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va hamkorlik tuyo‘ularining yuzaga kelishi va rivojlanib borishi amalga oshiriladi.
Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olish lozimligini uqtirishning o‘zigina ham samara beradi. O‘quvchi uchun yuqorida nomlari qayd etilgan tarbiyalarning nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi masalalari qiziqarli rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Yuqorida qayd etilgan g‘oyalar asosida tashkil etilgan pedagogik jarayonda yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibi yoki sohibasini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.


Yüklə 111,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin