“hamkorbank” atb bank kartalarini foydalanishga berish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida ommaviy oferta



Yüklə 213,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix19.04.2023
ölçüsü213,45 Kb.
#100655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
53a3bec6563eb074945bd825a22b2a39

Karta hisobvaragʻi (KH) - BK orqali pul mablagʻlarini tasarruf etish mumkin 
boʻlgan bank hisobvaragʻi. 
1.11. 
Saqlovchisi – Bank tomonidan emissiya qilingan hamda foydalanuvchiga mazkur 
shartnoma asosida topshirilgan BK, foydalanuvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida 
nazarda tutilgan shakllarda va usullarda foydalanishga berish uchun vakolat berilgan shaxs.
1.12. 
PIN-kod - BK foydalanuvchisi shaxsiy identifikatsion raqami boʻlib, u KHdagi 
pul mablagʻlarini boshqarish huquqi hamda mablagʻlarni boshqarishga BK foydalanuvchisi 
tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi. 
1.13. Stop-list - bloklangan yoki bank tarafidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga 
oshirish vaqtincha toʻxtatib turilgan yoki butunlay toʻxtatilgan bank kartalari roʻyxati. 
1.14. Tranzaksiya - BK saqlovchisi tarafidan amalga oshiriladigan, uning bankdagi 
hisobvaragʻi debetlanishiga olib keladigan har qanday operatsiyalar. 
1.15. Toʻlovlarni qaytarish - bank tarafidan belgilangan shaklda BK foydalanuvchisining 
KHni kreditlash uchun tranzaksiyalar borasida tarafidan amalga oshiriladigan pul 
mablagʻlarining har qanday qaytarilishi maʼnosini bildiradi. 
1.16. Toʻlov tizimi  emitent banklar, BK lariga xizmat koʻrsatuvchi banklar, ekvayer va 
protsessing tashkilotlarini yagona tizimga birlashtiruvchi naqd pulsiz toʻlovlarni elektron 
shaklda amalga oshirish uchun moʻljallangan, huquqiy meʼyorlar, meʼyoriy hujjatlar, 
dasturiy-texnik yechimlar, shuningdek, tegishli tashkiliy-texnik infratuzilma majmuiga 
asoslangan va asosiy unsuri bank kartasi hisoblangan hududiy tarqoq toʻlov tizimi. 
1.17. Protsessing tashkiloti — toʻlov tashkiloti aʼzolari oʻrtasida axborotni yigʻish, qayta 
ishlash va tarqatish, shuningdek, toʻlov tashkiloti aʼzolari tomonidan amalga oshiriladigan 
emissiya va (yoki) ekvayringga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi yuridik shaxs. 
Yagona umumrespublika protsessing markazi, Milliy banklararo protsessing markazi va 
boshqa xalqaro protsessing markazlari. 
1.18. Toʻlov tashkiloti aʼzosi — tegishli toʻlov tashkiloti bilan shartnomaga asosan bank 
kartasi emissiyasi va (yoki) ekvayringini amalga oshiruvchi bank. 
1.19. Asosiy karta – BK foydalanuvchisi tomonidan arizada asosiy karta deb belgilangan 
va shartnoma doirasida BK foydalanuvchisi (hisobraqam foydalanuvchisi) nomiga 
chiqarilgan karta. 
1.20. Qoʻshimcha karta – KHdan foydalanish huquqini beruvchi BK foydalanuvchisi 
arizasida koʻrsatilgan boshqa shaxs nomiga yoki oʻzining nomiga chiqarilgan BK. 
1.21. Karta maʼlumotlari – Kartada koʻrsatilgan maʼlumotlar: karta raqami, amal qilish 
muddati, BK foydalanuvchisi Saqlovchining ismi va familiyasi (lotincha harflar bilan 
yozilgan), CVN (CVV/SVC) kodi. 
1.22. CVN (CVV/CVC) kod — bank kartasining maxfiy raqami boʻlib, internet orqali 
toʻlovlarni amalga oshirishda ishlatiladi. 
1.23. Koʻchirma – BK hisobraqami boʻyicha Bank tomonidan BK foydalanuvchisining 
soʻroviga koʻra shakllantiriladigan koʻchirma. 
1.24. Qoidalar – Toʻlov tizimlari tomonidan oʻrnatilgan Qoidalar. 
1.25. Ssuda hisobvaragʻi – kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun BK 
foydalanuvchisining nomiga ochilgan hisobvaraq. 
1.26. Garov depoziti – BKda mavjud mablagʻdan ortiqcha miqdorda foydalanilgan 
mablagʻni qoplash uchun va KH yopilgandan soʻng 1 (bir) oy mobaynida BK 
foydalanuvchisiga qaytariladigan, bank tarifida koʻrsatilgan pul mablagʻi miqdori. 
1.27. Ssuda hisobvaragʻi – kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun BK 
foydalanuvchisining nomiga ochilgan hisobvaraq. 
1.28. Ushbu shartnomada BK yoki “Karta hisobvaraqlari” soʻzi qoʻllanganda, ular BK 
foydalanuvchisining KH boʻyicha berilgan barcha BKlar uchun qoʻllanadi. 
1.29. “SMS xizmati” - karta hisobvaragʻidagi oʻzgarishlar boʻyicha mijozning mobil 
telefoniga yuboriladigan xabarlar xizmati.


_________________ _________________ 

1.30. “Bank tarifi” - BK boʻyicha operatsiyalarga tegishli toʻlovlar va vositachilik 
xaqlarining barcha turlari hamda miqdorlari belgilangan amaldagi bank tarifi 
(www.hamkorbank.uz). 
1.31. Filial – Bankning Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan 

Yüklə 213,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin