“hamkorbank” atb bank kartalarini foydalanishga berish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida ommaviy oferta



Yüklə 213,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix19.04.2023
ölçüsü213,45 Kb.
#100655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
53a3bec6563eb074945bd825a22b2a39

5. Taraflarning huquqlari 
5.1. BK foydalanuvchisi quyidagi huquqlarga ega: 
5.1.1. Karta hisobvaragʻida mavjud qoldiqni toʻldirib borish. 
5.1.2. Bankdan shartnoma shartlarini bajarilishini talab qilish. 
5.1.3. Bankdan karta hisobvaragʻidan koʻchirmani olish. Koʻchirmada karta 
hisobvaragʻi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar aks ettiriladi. 
5.1.4. Mazkur shartnomaning qoidalarida koʻzda tutilgan tartibda bankka kartani (asosiy 
va qoʻshimcha) bloklash va blokdan chiqarish toʻgʻrisida yozma /yoki ogʻzaki tarzda 
murojaat qilish. 
5.1.5. Bankni yozma yoki elektron tarzda 10 kun oldin xabardor qilgan holda mazkur 
shartnomani bekor qilish. 
5.2. Bank quyidagi huquqlarga ega: 
5.2.1. BK foydalanuvchisi BK uchun xizmat haqini ixtiyoriy toʻlamagan taqdirda, karta 
hisobvaragʻidagi qoldiq summasidan chegirib qolish. 
5.2.2. BK ga koʻrsatiladigan xizmat uchun bank xizmatlari tariflarini ishlab chiqish
qoʻshimcha 
va 
oʻzgartirishlar 
kiritish. 
Bu 
haqdagi 
maʼlumotlarni 
«www.hamkorbank.uz» internet sayti orqali eʼlon qilish. 
5.2.3. Mijozning BK orqali naqd pul olishida belgilangan tarif asosida xizmat haqi olish. 
5.2.4. Mijozning karta hisobvaragʻidan naqd pulsiz oʻtkazmalar, shu jumladan boshqa 
bank filialidan va/yoki filialga mablagʻ oʻtkazilganda, qoʻshimcha xizmat turlaridan 
foydalanganda belgilangan tarif asosida xizmat haqi olish. 
5.2.5. Mijozning karta hisobvaragʻini toʻldirishda (naqd pulda, ish haqi hisobidan, 
omonat hisobvaragʻidan, dividend, sugʻurta, ijara va boshqa mablagʻlar hisobidan) 
belgilangan bank tariflari asosida xizmat haqi olish. 
5.2.6. Mijozdan bank tarifi boʻyicha oylik toʻlovlar olish. 
5.2.7. BK foydalanuvchisi tarafidan shartnoma shartlari buzilganda hamda BK 
foydalanuvchisi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, BKning harakatini toʻxtatib 
qoʻyish. 
5.2.8. Mijoz tarafidan BK yoʻqotilgan, shikastlangan yoki yaroqsiz holatga keltirilganda, 
shuningdek amal qilish muddati tugaganda almashtirib berilayotganda belgilangan 
tarifga asosan xizmat haqi olish. 
5.2.9. Emitent bank hamda toʻlov tizimi dasturlaridagi texnik nosozliklar va xatoliklar 
natijasida BKda ortiqcha mablagʻlar hosil boʻlib qolsa, ushbu mablagʻlarni BK 
hisobvaragʻidan(BK dan) ushlab qolish.
5.2.10. Agar BK Foydalanuvchisining/Saqlovchisining shaxsi gumon tugʻdirsa yoki 
BKdan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar qonunchilikka zid boʻlsa 
yoki shaxsni identifikatsiyalashni talab etsa xizmat koʻrsatishni rad etish. 
5.2.11. BKdan ushbu shartnoma shartlariga zid ravishda foydalanilganda karta 
hisobvaragʻini yopib qoʻyish (BK ni bloklash).
5.2.12. BK foydalanuvchisi ariza berilgan kundan eʼtiboran 3 (Uch) kalendar oy ichida 
bankka kelib BKni olmasa, BKni bekor qilish va KH ni yopish hamda toʻlangan xizmat 
koʻrsatish haqini Mijozga qaytarmaslik; 
5.2.13. Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin quroli tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga oid meʼyoriy hujjatlarga muvofiq BK 


_________________ _________________ 

foydalanuvchisini lozim darajada tekshirish va operatsiyaga doir tegishli hujjatlarni 
talab qilib olish. 
5.2.14. BKdan foydalangan holda operatsiyalar yoki KH boʻyicha operatsiyalar 
oʻtkazilishini istalgan vaqtda quyidagi shartlar mavjud boʻlgan taqdirda toʻxtatib 
turilishi (bloklanishi) yoki bekor qilinishi mumkin: 
▪ BK Foydalanuvchisining yozma murojaati boʻyicha; 
▪ Saqlovchi tomonidan Shartnoma yoki 2886-Qoidalar (
https://lex.uz/docs/3212192

shartlari buzilishi holatida
▪ KH boʻyicha operatsiyalar oʻtkazilishi toʻxtatilgan holda; 
▪ Mazkur shartnomaning 4.1.10 bandi bajarilmaganida 
▪ qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hollarda. 
5.2.15. Quyidagi shartlar boʻlganda KH va BK yopilishi mumkin: 
▪ Shartnoma yoki Qoida shartlari buzilishi holatida; 
▪ KH yopilishi holatida; 
▪ bir yil davomida KHning uzluksiz foydalanilmasligi yoki KH boʻyicha tranzaksiya 
oʻtkazilmasligida; 
▪ qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hollarda. 
5.2.16. BK foydalanuvchisi tarafidan ushbu shartnoma shartlarining buzilishi natijasida 
amalga oshirilgan barcha harajatlarni BK foydalanuvchisidan undirib olish. 
5.2.17. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida BK operatsiyalari limitini belgilash. 
5.2.18. BK foydalanuvchisining KHda bir yil (365 kun) davomida hech qanday 
operatsiyalar amalga oshirilmagan taqdirda Bank KH pul mablagʻlarini harakatsiz 
omonat hisobvaragʻiga oʻtkazish. 
5.2.19. Mijoz tomonidan masofaviy xizmatlardan foydalangan holda amalga oshirilgan 
shubhali operatsiyalar aniqlangan taqdirda, mijoz amalga oshirilgan operatsiyalarning 
qonuniyligi toʻgʻrisida yozma tushuntirish bergunga qadar, mijozga oferta shartnomasi 
boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatib turish yoki rad etish. 
5.2.20. Mijozni ushbu shartnomada koʻrsatilgan manzil (pochta manzili) yoki manzili 
boʻyicha oʻrganish, shu jumladan masofaviy xizmatlardan foydalangan holda shubhali 
operatsiyalarni amalga oshirishda shubha tugʻilganda ushbu shartnomada koʻrsatilgan 
shaxs tomonidan bevosita operatsiyani amalga oshirish jarayonini oʻrganish. 
5.2.21. Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirish, terrorizm va qurol-yarogʻ tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
sohasidagi meʼyoriy hujjatlariga muvofiq mijozni lozim darajada tekshirish va mijoz 
operatsiyalarini amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni talab qilish va olish. ommaviy 
qirgʻin. 
5.2.22. Oʻzbekiston Respublikasining daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish 
sohasidagi normativ hujjatlariga muvofiq belgilangan talab qilingan hujjatlar va 
maʼlumotlar mijoz tomonidan taqdim etilmagan taqdirda mijoz bilan tadbirkorlik 
munosabatlariga kirishishni yoki mijoz operatsiyalarini amalga oshirishni rad etish. 
jinoyatdan, terrorizmni moliyalashtirishdan va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni 
moliyalashtirishdan yoki ushbu meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda. 

Yüklə 213,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin