8. Shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi 8.1.
Mazkur shartnoma 5 (Besh) yil muddatga tuziladi. 5 (Besh) yildan soʻng
shartnomani bekor qilish boʻyicha taraflardan yozma murojaat boʻlmasa yoki shartnoma
shartlari boʻyicha taraflarning yozma eʼtirozi boʻlmasa, shartnomaning amal qilish
muddati keyingi kalendar yiliga uzaytirilgan hisoblanadi.
8.2.
Shartnoma bekor qilingan taqdirda, Bank KH boʻyicha operatsiyani toʻxtatadi.
KH mavjud pul mablagʻlari qoldigʻi BK foydalanuvchisining tegishli yozma arizasiga
asosan boshqa hisobvaraqqa oʻtkaziladi yoki kartadan foydalanish muddati keyingi 5
(Besh) yilga uzaytirilgan taqdirda, hisobvaraq boʻyicha operatsiyani tiklab beradi.
8.3.
Bank oʻzgartirishlar kuchga kirishidan oʻn kun oldin BK foydalanuvchisini
telefon raqamiga xabarnoma yuboradi hamda «www.hamkorbank.uz» bankning veb-
saytida eʼlon berish orqali mazkur shartnoma shartlarini amaldagi qonunchilik doirasida
oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishi mumkin.
8.4.
BK foydalanuvchisi BKni bankka topshirgach, istalgan vaqtda ushbu shartnomani
bekor qilishga haqli.
8.5.
Bank mijozni 1 oy avval yozma, shu jumladan elektron hamda BK
foydalanuvchisining telefon raqamiga xabarnoma yuborgan holda shartnomani bekor
qilishi mumkin.
8.6.
Mazkur shartnoma taraflar uchun bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan hujjat
hisoblanadi va Mijoz tomonidan Mazkur shartnoma bilan tanishib chiqib, shartnomaning
barcha shartlarini toʻliq xajmda qabul qilish toʻgʻrisidagi arizani Bankning istalgan
filialiga taqdim qilishi bilan tuzilgan hisoblanadi.
8.7.
Agar ushbu oferta shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlardan foydalangan holda
shubhali operatsiyalarni amalga oshirish holatlari aniqlansa, Bank oferta shartnomasi
boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni 30 kunga toʻxtatib qoʻyishga haqli.
8.8.
Agar oferta shartnomasi xizmatlaridan jinoyat yoʻli bilan olingan daromadlarni
legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni
moliyalashtirish maqsadida foydalanilganligi toʻgʻrisida asosli shubhalar mavjud boʻlsa,
shartnoma bank tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.
8.9.
Bank Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini
tarqatishga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq zarur
hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu shartnomani bir tomonlama
tartibda bekor qilishga haqli.
9. Maxfiylik 9.1. Mazkur shartnomani tuzish va bajarish vaqtida taraflar bir-biridan olgan barcha
maʼlumotlar maxfiy axborotlar deb tan olinadi.
9.2. Shartnomani tuzish va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish
chogʻida boshqa tarafning tijorat siri hisoblangan maxfiy axborotlar va maʼlumotlarni
axborot foydalanuvchisining yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.
9.3. Mazkur talab shartnomaning amal qilish muddatiga hamda shartnoma muddati
tugagan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.
9.4. Ushbu talablarni buzgan taraf buning oqibatida ikkinchi tarafga yetkazilgan barcha
zararni toʻliq hajmda qoplaydi.