_________________ _________________
4
3.13. BK emissiya qilingan sanadan boshlab BK foydalanuvchisi tomonidan bankdan 3
(oy) mobaynida olib ketilmagan taqdirda, BK yoʻq qilinadi va bank tarifi asosida olingan
ustama haqi BK foydalanuvchisiga qaytarilmaydi.
3.14. BKni qayta chiqarish BK foydalanuvchisining arizasi asosida BK foydalanuvchisi
tomonidan bankdan olib ketilmagan BKning muddati tugagunga
qadar bank tomonidan
yangi muddatga qayta chiqarilishi mumkin.
3.15. BK foydalanuvchisi tomonidan bankdan olib ketilmagan BKning ishlash muddati
tugaganda yangi muddatga BK qayta chiqarilmaydi.
3.16. BK foydalanuvchisining nomiga qoʻshimcha BK uning arizasi asosida asosiy BK
bilan birga yoki asosiy BK chiqarilganidan soʻng chiqarilishi mumkin.
3.17. BKning muddati tugamasdan turib BKni qayta chiqarish uchun zaruriyat tugʻilganda
BKni qayta chiqarish uchun bankka ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
3.18. BK yangi ishlatish muddati bilan chiqariladi va ushbu BK muddati BK chiqarilgan
oydan boshlanadi.
3.19. BKni yoʻqotish/sindirish, BK ning mexanik shikastlanishi, BK foydalanuvchisining
BKda koʻrsatilgan familiyasi va yoki ismi oʻzgarishi va
muddati tugaguncha boshqa
sabablarga koʻra, BKning qayta chiqarilishi BK foydalanuvchisining arizasi asosida Bank
tariflarida koʻrsatilgan tegishli ustama haqi olinishi sharti bilan amalga oshiriladi.
3.20. Garov depoziti bank tarifiga asosan KHga kirim qilingan birinchi mablagʻdan ushlab
qolinadi. Garov depoziti uchun birinchi kirim qilingan pul mablagʻi yetmagan taqdirda
keyingi kirim qilingan pul mablagʻidan ushlab qolinadi.
3.21. Shartnoma shartlariga muvofiq, KHga kirim qilingan pul mablagʻlaridan haq olinishi
mumkin.
3.22. BK foydalanuvchisi BKni yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti
aniqlanishiga darhol bu haqda bankka 0 800 1 200 200 yoki 1256 (Oʻzbekiston boʻylab
pullik) qisqa raqamli telefoniga bogʻlanib xabar beradi va oʻzining shaxsni tasdiqlovchi
hujjat (pasport/ID karta, yoki kodli soʻzni taqdim etish) orqali tegishli maʼlumotlarni
taqdim qiladi. Bunda BK yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisida
xabarnoma olinganidan keyin bank darhol BKni blokirovka qiladi.
BK foydalanuvchisi BKni yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti
aniqlanishiga mustaqil ravishda “Hamkor mobile” ilovasi orqali ham BKni Blokirovka
qilishi mumkin.
3.23. BK foydalanuvchisi toʻlov xizmatlari haqidagi axborotni hamda muzkur shartnoma
yuzasidan vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalar yuzasidan 24 soat mobaynida 0 800
1 200 200 yoki 1256 (Oʻzbekiston boʻylab pullik) raqam orqali ma`lumot olishi mumkin.
3.24. BK foydalanuvchisi mazkur shartnomani toʻliq hajmda qabul qilish toʻgʻrisidagi
arizada koʻrsatib oʻtgan telefon raqami orqali bank bilan aloqaga chiqish vositasi sifatida
kelishib olganligini anglatadi.
3.25. BK foydalanuvchisi BKga tegishli boʻlgan rekvizitlarni, shu jumladan, 16 raqamdan
iborat boʻlgan karta raqami amal qilish muddati (xalqaro toʻlov tizimlariga xos boʻlgan
CVN (CVV/SVC) kodlar) elektron toʻlov tizimlari orqali BK foydalanuvchisi koʻrsatgan
aloqa vositasiga yuborilgan maxfiy tasdiqlash kodini (shu jumladan
har qanday uchinchi
shaxslar tomonidan BK foydalanuvchisining aloqa qurilmasiga kelib tushgan tasdiqlash
kodlari) hech kimga oshkor qilmasligi hamda aloqa qurulmasi uchinchi shaxslarga
topshirganida BKdan foydalanish huquqini beruvchi mobil ilovalarni maxfiy kod bilan
himoyalash choralarini koʻrishi zarur.
3.26. BK yuzasidan amalga oshiriladigan toʻlovlar uch ish kunidan yigirma besh ish
kuniga qadar boʻlgan muddat ichida toʻlov tizimlarida amalga oshiriladi (Clearing)
3.27. BK foydalanuvchisi mazkur shartnomani toʻliq hajmda qabul qilish toʻgʻrisidagi
arizani Bankka taqdim qilish bilan birga Bank tomonidan tariflarga oʻzgartirish
kiritib
borilishiga roziligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: