_________________ _________________
1
“HAMKORBANK” ATB bank kartalarini foydalanishga berish va ularga xizmat
koʻrsatish toʻgʻrisida ommaviy oferta
Mazkur shartnoma jismoniy shaxslarga ajratiladigan (emissiya) Bank kartalarini berish va
ularga xizmat koʻrsatish shartlarini oʻz ichiga oladi (matnda – Shartnoma). Mijoz mazkur
shartnomada nazarda tutilgan amallarni bajarish yoʻli bilan quyidagi shartlarni toʻliq
hajmda
qabul qilganligini anglatadi.
Quyida bayon qilingan shartlar barcha jismoniy shaxslarga yoʻnaltirilgan boʻlib,
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 358, 367, 369 va 370 moddalariga muvofiq
“Hamkorbank” ATBning Shartnoma tuzish toʻgʻrisida rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi.
Shartnomada nazarda tutilgan amallar (harakatlarni) Jismoniy shaxs tomonidan bajarish
chogʻidan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi va toʻliq hajmda taraflar majburiyatlarini
bajarguniga qadar amalda boʻladi.
1. Asosiy tushunchalar
1.1.
Avtorizatsiya - karta bilan operatsiyalarni bajarishda tovar va xizmatlarga toʻlovni
amalga oshirish uchun bank karta foydalanuvchisi huquqining tasdiqlanishi. Avtorizatsiya
ovozli (telefon aloqasidan foydalangan holda) va avtomatlashgan (elektron qurilmadan
foydalangan holda) avtorizatsiyalarga boʻlinadi.
1.2.
Bank kartasi (BK) - bank tarafidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, toʻlov
vositasi sifatida ishlatiladigan va oʻz saqlovchisiga bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari
doirasida
operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni
(toʻlovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablagʻlarini
olish imkonini beruvchi
amaldagi “milliy valyuta” - soʻmdagi toʻlov kartasidir.
1.3.
Bank ish kuni - Oʻzbekiston Respublikasidagi banklar bank operatsiyalarini oʻtkazish
uchun ochiq boʻlgan kun.
1.4.
Kartaning bekor qilinishi - karta kuchini yoʻqotgan deb tan olinishi.
1.5.
Kobeydjing (Birlashtirilgan) bank kartasi – ikki va undan ortiq toʻlov tizimlariga
birlashgan, Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlatlar banklari (emitentlari)
tomonidan emissiya qilingan va har xil toʻlov tizimlari infratuzilmalarida
foydalanish
uchun moʻljallangan bank kartasidir. foydalanuvchisi BK foydalanuvchisi bankdagi hisob
raqami boʻyicha amalga oshirish mumkin boʻlgan operatsiyalarning turlari BK
foydalanuvchisi foydalanuvchisi va emitent oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan
oʻrnatiladi.
1.6.
Emissiya - Bank kartalarini foydalanuvchiga vaqtinchalik foydalanishga berish orqali
muomalaga chiqarish.
1.7.
Emitent bank - bu BK emissiyasini amalga oshiruvchi, oʻzi
emissiya qilgan bank
kartalariga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan, oʻz nomidan ularning saqlovchilari va
ekvayerlar oldida naqd pulsiz hisob-kitoblarga oid qonunchilik hujjatlari talablari asosida
majburiyatlarni zimmasiga olgan, shuningdek BK saqlovchilarining toʻlov
operatsiyalari
boʻyicha avtorizatsiyalash, tranzaksiyalarni yigʻish va ularga ishlov berish funksiyalarini
amalga oshiruvchi bank.
1.8.
Ekvayer - BK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha tovarlar (ishlar
bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi) sotuvchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi,
shuningdek BK saqlovchisiga bevosita kassa yoki bankomat
orqali naqd pul beruvchi
bank.
1.9.
Bank kartasi foydalanuvchisi (yoki Mijoz) - arizasiga asosan karta hisobvaragʻi
ochgan, BK boʻyicha toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish hamda BK va karta
hisobvaragʻini yopish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxs. BK bank tarafidan BK
foydalanuvchisi vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi va bankning mulki hisoblanadi.