_________________ _________________
10
10.1. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari - bu taraflarning irodasi, xohishi
va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik
va boshqalar), ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab
import va eksportni taqiqlash va boshqalar), xalqaro, banklararo va bankning elektron
toʻlov hamda taʼminot
tizimidagi nosozlik, bankning dasturiy taʼminot tizimiga qilingan
tahdid (uchinchi shaxslar tarafidan qilingan hujumlar) sababli
yuzaga kelgan sharoitlarda
taraflarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulotda, oldini
olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir.
10.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda taraflar ushbu holatlar bartaraf etilguniga
qadar shartnoma boʻyicha oʻzaro majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻladilar.
10.3. Yuzaga kelgan Fors-major holatlari haqida hamda ushbu holatlar yakunlanganligi
haqida taraf ushbu holatlar yuzaga kelgan yoki bartaraf etilgan
vaqtdan boshlab, 3 (Uch)
bank kuni ichida bu haqda ikkinchi tarafni yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
10.4. Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi
xabarnomalar taraflarda mavjud boʻlgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.
10.5. Fors-major holatlari 30 kun mobaynida bartaraf etilmagan
taqdirda taraflar ushbu
shartnomani oʻzaro hisob-kitob qilgan holda muddatidan oldin bekor qilishga haqli
boʻladilar.
11. Nizolarning hal etilishi
11.1. Taraflar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki
nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.
11.2. Oʻzaro kelishuv imkoniyati boʻlmaganda, huquqi buzilgan taraf tarafidan yuborilgan
talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi taraf mazkur talabnoma
yoki ogohlantirish
xatida koʻrsatilgan muddat ichida javob berishi lozim.
11.3. Talabnoma yoki ogohlantirish xati tarafga shaxsan topshirish,
elektron pochta
manziliga yuborish yoki pochta aloqa xizmati orqali shuningdek,
BK foydalanuvchisi
tomonidan taqdim qilingan telefon raqamiga xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga
oshiriladi.
11.4. Tinch yoʻl bilan hal etilmagan nizolar Oʻzbekiston
Respublikasi qonunchiligida
belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: