\\\\\ holda). Ushbu kichik bo'limning yoritilishi haftaning mavzusini o'quv jarayonining barcha ishtirokchilari bilan har xil turdagi faoliyat, shakllarda ochib beradigan integratsiyalashgan modelni nazarda tutadi. Keng qamrovli-mavzuli rejada dasturning bo'limlari va mavzularini o'rganish ketma-ketligi yoritiadi. O'quv faoliyatining taqsimlanishi ko'rsatiladi. Bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar ko'rsatiladi.
Bola rivojlanishining asosiy sohalariga muvofiq ta'limva tarbiya jarayonining tavsifi:
jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish
ijtimoiy va hissiy rivojlanish
nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
bilish jarayonni rivojlantirish
ijodiy rivojlanish.
Shuningdek, unda tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual psixologik xususiyatlarini, ularning ta'lim ehtiyojlari, motivlari va qiziqishlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda dasturni amalga oshirishning o'zgaruvchan shakllari, usullari va vositalarining tavsifini; dasturda ko'zda tutilgan, bolalar rivojlanishidagi buzilishlarni professional korreksiyasiga oid ta'lim faoliyatini tavsiflovchi, alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalar bilan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning moslashtirilgan dasturini yoritish nazarda tutilgan.
Dastur turli faoliyatlarda bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanish sohalarining taxminiy mazmunini belgilaydi, masalan:
o'yinli (syujetli-rolli o'yin, qoidali va boshqa o'yin turlari);
kommunikativ (kattalar va boshqa bolalar bilan muloqot va o'zaro munosabat);
kognitiv tadqiqotlar (kuzatish va ular bilan o'zaro ta'sir qilish jarayonida tabiiy va ijtimoiy dunyoni tadqiq qilish va bilish).
Shuningdek, bolalar faoliyatining quyidagi turlari:
badiiy adabiyot va folklorni idrok etish;
o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish va elementar maishiy ishlar (xonada va tashqarida);
turli materiallardan, shu jumladan konstruktor, modul, qog'oz, tabiiy va boshqa materiallardan qurish-yasash;
tasviriy (chizish, loydan yasash, applikatsiya);
musiqiy (musiqiy asarlarning ma'nosini idrok etish va tushunish, qo'shiq aytish, musiqiy va ritmik harakatlar, bolalar cholg'u asboblarida chalish);
harakatli faoliyat (asosiy harakatlarni o'zlashtirish) shakllari.
MTT ish yo'nalishiga asoslanib, u quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalar uchun ishlab chiqilgan o'zgaruvchan ta'lim yo'nalishlari (MTTda bo'lishning muqobil tartiblari, jismoniy faoliyat tartiblari, moslashtirilgan o'quv tartiblari);
tarbiyalanuvchilarga individual yordam ko'rsatish uchun mutaxassislarni muvofiqlashtirish va ularning o'zaro hamkorligi.
bolalar bilan sog'lomlashtirish ishlari tizimi, ko'ngilochar tadbirlar dasturi, maktabgacha ta'lim tashkiloti muayyan ixtisoslikka ega bo'lsa, tashxis va sog'lomlashtirish guruhlari bo'yicha farqlanishi;
guruhning ta'lim faoliyatida (o'qitishda, sog'lomlashtirishda, tuzatish va rivojlantirish ishlarida, ta'lim natijalarini diagnostika qilishda) maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarini muvofiqlashtirish va o'zaro hamkorligi to'g'risidagi ma'lumotlar;
Mazkur bo'limda kun tartibi, o'quv yili tuzilmasi, ta'lim va tarbiya jarayoni jadvali (me'yoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning ta'lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan ravishda dasturni amalga oshirishning turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha ta'rifi beriladi. Shuningdek, turli xildagi faoliyatning o'ziga xos psixologo-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o'zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin.
5.1.
Bolalar bilan ta'limiy ishlar tizimi
yosh guruhlari bo'yicha umumiy kun tartibi;
ta'lim jarayonini tashkil etish shakllari va usullari;
umumiy o'quv yuklamasi (darslar taqsimoti, markazlarda ishlash).
Kun tartibini tashkil etish - SanPiNga muvofiq bolalarning guruhda bo'lishi. Mazkur guruhning yosh xususiyatlari, maktabgacha ta'lim tashkilotining xususiyatlari, SanPiN talablarini hisobga olgan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lishining batafsil tartibi ilova qilinadi. Qo'shimcha ravishda quyidagilarni ilova qilish mumkin:
Ota-onalar va ijtimoiy hamkor- lar bilan o'zaro munosabatlar shakllari
Bu bandda ota-onalar va ijtimoiy hamkorlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini yaratadigan faoliyatning turli shakllari va usullarini taqdim etish tavsiya etiladi:
maktabgacha ta'lim tashkilotining ijtimoiy-madaniy muhitining xususiyatlari, oila bilan o'zaro munosabatlarning shakllari va usullari;
pedagoglarning ijtimoiy-madaniy loyihalari.
MTT pedagoglarning asosiy ijtimoiy sheriklari bilan o'zaro munosabatlarning batafsil yoritilishi (ma'lum yo'nalishlarga ega MTT uchun);
tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuvi uchun qo'shimcha shart- sharoitlar yaratish, ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, ta'limning uzluksizligi va ketma-ketligini ta'minlashga qaratilgan pedagoglarning ijtimoiy-madaniy loyihalari taqdim etiladi.
Ushbu ma'lumot haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun "Oila va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik" qo'llanmasiga qarang. Ota-
\\\\\
onalar va ijtimoiy hamkorlar bilan o'zaro munosabatlar shakllari jadval shaklida taqdim etilishi mumkin. Batafsil ma'lumot bilan "Oilalar va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik" qo'llanmasida tanishishingiz mumkin.
6.
Dasturni amalga oshirish shartlari
Bu bo'limda moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanganlik, o'quv-uslubiy ta'minlanganlikni (dasturlar, texnologiyalar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy- uslubiy va o'quv adabiyotlari, bolalar va ota-onalar uchun adabiyotlar, internet resurslari, o'quv kompakt disklari, didaktik materiallar, hujjatlar) taqdim etish tavsiya etiladi.
6.1.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim muhitining xususiyatlari
rivojlanish muhitining individual yo'naltirilganligi (uni ta'minlash shartlari);
rivojlanish markazlarini tashkil etish;
asosiy jihozlar;
o'quv-uslubiy ta'minot;
bola rivojlanishining muhim sohalariga qaratilgan asosiy didaktik va uslubiy qo'llanmalarning xususiyatlari.
MTT rivojlanish muhitida foydalaniladigan yaxlit asosiy komponentlar (guruh, suv havzasi, tasviriy san'at studiyasi, tabiat xonasi va boshqalar);
MTT binosi va yer maydonida joylashgan foydalanilayotgan asosiy jihozlar.
Masalan, u jadval shaklida taqdim etilishi mumkin:
№ MTT binosi va xonalari jihozlari MTT yer maydonining jihozlari 1.
2 Guruhlarda mavjud bo'lgan barcha MTTning o'yin va sport maydonchalarida
jihozlar ko'rsatiladi mavjud bo'lgan barcha jihozlar ko'rsatiladi
Jihozlar ro'yxatiga qo'shimcha ravishda, qo'llaniladigan uslubiy va didaktik yordamning tavsifi - o'quv dasturini bu bo'limining muhim qismi bo'lib hisoblanadi, chunki haqiqiy ta'lim va tarbiya jarayonining mazmunini aynan shu belgilab beradi. Mumkin bo'lgan barcha ro'yxatlardan pedagoglarga faqat eng zarur jihozlarni ko'rsatish tavsiya etiladi, bu ularni davlat talablariga muvofiq bolalar rivojlanishining asosiy sohalariga ham yo'naltiradi.
Masalan, u jadval shaklida taqdim etilishi mumkin
№
Rivojlanish sohalari
Asosiy metodik qo'llanmalar
Asosiy didaktik ta'minot
1
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish
Pedagoglar foydalanadi- gan uslubiy qo'llanmalar ko'rsatiladi
Tarbiyalanuvchi-
2
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
lar bilan ishlash- da qo'llaniladigan asosiy didaktik materiallar, o'yinlar
3
Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
4
Bilish jarayonning rivojlanishi
5
Ijodiy rivojlanish
ko'rsatiladi
/////
6.2.
Dasturni amalga oshirish shartlari
dastur qaysi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanishini ko'rsatish;
dastur maqsadlarini amalga oshirish sifati;
bolalarni sog'lomlashtirish, ta'lim va tarbiya berish, rivojlantirish va korreksiyalashning individual natijalarini monitoring qilish;
pedagoglarning kasbiy o'sishi va individual yutuqlari dinamikasi;
agar mavjud bo'lsa innovatsion ishlarning reja-xaritasi, innovatsion loyihalarni amalga oshirishning asosiy natijalari.
7.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Ishni tayyorlashda foydalanilgan manbalar haqidagi bibliografik ma'lumotlar kiritiladi
1
TAVSIYALAR Ro'yxatda dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan adabiyotlar ko'rsatiladi. Kitob yoki maqola haqidagi qisqa bibliografik ma'lumot o'z uchiga quyigilarni jamlaydi:
muallifning familiyasi, ismi, sharifi;
sarlavha;
nashr qilingan joy, nashriyot, chop etilgan yili;
sahifalar soni.
8.
Dasturdagi ilovalar
Ushbu bo'limda dastur uchun nazariy materialni tushuntira oladigan ilovalar ko'rsatilgan
I
TAVSIYALAR Ushbu bo'limda quyidagilar ko'rsatilishi mumkin:
mashg'ulot ishlanmalari, tadbirlar, bayramlar ssenariylari
pedagoglarning keng qamrovli faoliyatini aks ettiradigan (reja) ishchi dastur (tarbiyachi, logoped/ defektolog, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi va boshqalar);
o'yinlar va o'yin mashqlari tavsifi;
pedagog va ota-onalar uchun mahorat darslari ssenariylari;
tarbiyalanuvchilar oilalari bilan hamkorlikning turli shakllari (maslahatlar, davra suhbatlari, treninglar, seminarlar).