Har bir bola uchun O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə8/27
tarix26.10.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#66370
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
ilk qadam

Fasilitator - bu an'anaviy ta'lim konsepsiyasi doirasida ishlamaydigan, aksincha, bolalarni o'zlarini o'rganish uchun yo'naltiruvchi va yordam beradigan pedagogdir (masalan, g'oyalarni tanlash, ular haqida o'z fikrlarini shakllantirish, tadqiqot va suhbat orqali materialni o'zlashtirish).
Xulq-atvor - bu shaxsning biror kishi yoki narsaga (masalan, shaxsga, guruhga, tashkilotga, masa- laga, hodisaga, belgiga) nisbatan umumiy psixologik munosabati. Xulq-atvor ko'nikmalari odatda to'rt komponentdan iborat: xatti-harakat ob'ekti haqidagi e'tiqod va fikrlar, ob'ektga nisbatan hissiyot yoki tuyg'ular, ob'ektni baholash (ijobiy yoki salbiy) va ob'ektga nisbatan o'zini qanday tutishga moyillik.
"ILK QADAM" DAVLAT O'QUV DASTURIGA
ILOVALAR






\\\\\
1-ILOVA MTT ta'lim dasturini yaratish bo'yicha tavsiyalar
Ta'lim dasturi (quyida - Dastur) - MTT davlat o'quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta'lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo'lib, u davlat talablariga asosan kutilayotgan natijalarga erishishni ta'minlashi lozim.
Dastur - muhim vosita bo'lib, uning yordamida pedagoglar davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etishning eng maqbul va samarali shakl, metod hamda yo'llarini belgilaydi.
Dastur majburiy qism hamda ta'lim va tarbiya jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan o'zaro bir-birini to'ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi.
Dasturning majburiy qismi barcha beshta rivojlanish sohasi: jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy- hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko'zda tutadi.
Dastur bolalarning o'ziga xos sharoitlari, ta'lim ehtiyojlari va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda, pedagog davlat talablari asosida ta'limning individual pedagogik modelini qanday yaratishini ko'rsatishi kerak.
Dastur uchta asosiy bo'limni qamrab oladi:

  • maqsadli - bu tushuntirish xati hamda dastur o'zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o'z ichiga oladigan bo'lim;

  • mazmunli - bu dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to'laqonli rivojlanishini ta'minlovchi bo'lim;

  • tashkiliy - bu dasturning moddiy-texnik ta'minoti ta'rifini, ta'lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta'minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o'z ichiga oluvchi bo'lim.

Dastur MTTning pedagogik kengashida muhokama qilinadi va direktor buyrug'i bilan tasdiqlanadi.

/////


TA'LIM DASTURINING NAMUNAVIY TUZILMAVIY ELEMENTLARI:


  • qachon va kim tomonidan tasdiqlangan, dastur kim bilan kelishilgan;


  • Titul varag'i

    1.
    maktabgacha ta'lim tashkilotining to'liq nomi va turi ko'rsatilgan dasturning nomi;

  • mualliflarning F.I.SH, lavozimi;

  • aholi punkti nomi, ishlab chiqilgan yil, ishlab chiqilgan dastur turi;

  • MTT direktori tomonidan tasdiqlanadi




Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin