©
TAVSIYALAR
Ta'lim dasturining titul varag'ida quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatish tavsiya etiladi:
varaqning yuqori o'ng burchagida dastur qachon va kim tomonidan tasdiqlanganligi haqida ma'lumot ko'rsatiladi (masalan, pedagogik kengash tomonidan ... sana, ... yildan); maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorining muhri bilan tasdiqlanadi;
sarlavha sahifasining markaziy qismida, qoida tariqasida, maktabgacha ta'lim tashkilotining to'liq nomi va uning turi ko'rsatiladi (masalan, "Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani "Yulduzcha" umumiy turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotining ta'lim dasturi"); maktabgacha ta'lim tashkiloti nomi ostida dastur mualliflari (MTT direktori, metodist, psixolog, logoped-defektolog va pedagoglar), yoki ijodiy jamoa, shu jumladan, boshqa ta'lim tashkilotlari mutaxassislari (ilmiy rahbar, tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mutaxassisi) ko'rsatiladi. titul varag'ining pastki qismida maktabgacha ta'lim tashkiloti joylashgan aholi punktining nomi va ta'lim dasturi ishlab chiqilgan sana ko'rsatiladi;
titul varag'ida boshqa ma'lumotlar ham bo'lishi mumkin, masalan dastur hududiy maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari tomonidan kelishilgan bo'lishi mumkin, bu holda tafsilotlar dasturning yuqori chap qismiga joylashtiriladi.
Tasdiqlandi:
MTT direktori №
Pedagogik kengash tomonidan qabul qilindi:
Bayon № sana
F.I.SH
№ maktabgacha ta'lim tashkiloti
DASTURI
Tuzuvchi:
Familiya, ism, otasining ismi .
Malaka toifasi
Pedagogik staji
Lavozimi
20
\\\\\
2.
|
Mundarija
|
sahifalar ko'rsatilgan holda dasturning barcha qismlari: paragraflar, bo'limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar ro'yxati, matnda mavjud bo'lgan barcha sarlavhalarni o'z ichiga oladi. Ularning ta'rifi ish mazmuniga to'liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bo'lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim.
|
3.
|
Maqsadli bo'lim
|
Maqsadli bo'lim "Umumiy qoidalar" ni o'z ichiga oladi, unda tushuntirish xati va MTT faoliyatidagi muammolar tahlili, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkiloti haqida umumiy ma'lumotlar, faoliyat yo'nalishi, peragoglarning oldingi davrdagi (odatda oxirgi 3 yildagi) faoliyatining asosiy natijalari tavsifini o'z ichiga oladi.
|
3.1.
|
Tushuntirish xati
|
MTT guruhlari faoliyatining yo'nalishi;
dasturni ishlab chiqishning asosiy konseptual yondashuvlari tavsifi;
dasturni ishlab chiqishga asos bo'lgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ko'rsatish ham muhimdir;
ta'limning amalga oshirilishi zarur bo'lgan maqsadlari va qadriyatlari;
dasturning nimalarga/kimlarga qaratilganligi;
dasturni amalga oshirish muddati.
|
3.2.
|
Taklif etilayotgan
dasturning
dolzarbligi
|
Dastur yaratish (tanlash) zarurligini asoslash. Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim dasturining muayyan turini ishlab chiqish yoki tanlash uchun nima asos bo'ladi?
bolalar kontingentining ehtiyojlari;
ota-ona, mahalla buyurtmasi;
hududning madaniy-ma'rifiy xususiyatlari;
pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan mualliflik uslubiy ta'minot orqali guruhda amalga oshirilayotgan ta'lim mazmunini kengaytirish imkonini beradigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari faoliyatining xususiyatlari, ularning malaka darajasi.
|
3.3.
|
Dasturning maqsadi , qadriyatlari va vazifalari
|
Masalan,
bolalar bilan pedagogik ishlarni insonparvarlashtirish;
"kattalar - bola" munosabatlarini insonparvarlashtirish;
o'yin - bu bolalar hayotini tashkil qilish usuli;
kognitiv-nutq, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish, bolalarning ijodiy, badiiy qobiliyatlarini namoyon qilish va rivojlantirish uchun muqobil sharoitlarni yaratish;
bolaning hayotini, rivojlanish sharoitlarini maqsadga muvofiq tashkil etish;
"oila - MTT - maktab" o'rtasidagi uzluksizlik.
|
* Ta'lim dasturida amalga oshiriladigan maqsadlar umumiy ta'lim maqsadlarini aniqlashtirishni nazarda tutgan holda tur- licha bo'lishi mumkin, biroq uning aniq variantidan qat'iy nazar tarbiyalanuvchilarni o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va sog'lomlashtirish uchun shart-sharoitlarni amalga oshirishga qaratilgan. MTTning maqsad va vazifalari uning Nizomi hamda amalga oshiriladigan dasturlar va texnologiyalarga muvofiq ravishda belgilanadi.
/////
Muammolarni tahlil qilishga yo'naltirilgan faoliyat
3.4.
ta'limga ijtimoiy buyurtmaning xususiyatlari;
pedagoglarning asosiy yutuqlari va muammolarini tavsiflash (tar- biyalanuvchilarni sog'lomlashtirish, ta'lim berish, tarbiyalash va rivoj- lantirishning individual natijalarini baholash).
Mazmunli bo'lim
4.
bola rivojlanishining asosiy yo'nalishlariga, ta'lim va tarbiya jarayoni mazmuni va natijalariga, mintaqaviy komponentga, amalga oshirish uchun ta'lim va tarbiya jarayoni tashkil etish shakllariga muvofiq ta'lim va tarbiya jarayoni tavsifini o'z ichiga oladi.
Rivojlanish sohalari
|
Ta'lim texnologiyalari (misollar)
|
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish
|
Raqs-badiiy gimnastika - o'yin gimnastikasi, o'yin raqsi. Mashqlarning no- an'anaviy turlari - barmoq gimnastikasi, musiqali-harakatli o'yinlar, o'yin strechingi, sayohat o'yinlari va boshqalar.
|
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
|
Musiqiy terapiya, ritmik improvizatsiya, art terapiya, ertak terapiyasi va boshqalar.
|
Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
|
O'yinni almashtirish, tasviriy hikoyalar tuzish, qayta hikoya qilish, o'yin mashqlari, ertaklar to'qish, o'xshatish (metafora) tuzish, rasm asosida ijodiy hikoyalar tuzish, mnemotexnika va boshqalar.
|
Bilish jarayonning rivojlanishi
|
Loyiha usuli, tadqiqot va ijodiy loyihalar, rolli o'yinli loyihalar va boshqalar.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Rasm chizishning noan'anaviy usullari, loydan yasash, applikatsiyalar. Ixti- rochilik muammolarini hal qilish nazariyasi (IMHQN) va boshqalar.
|
TAVSIYALAR
"Dastur-uslubiy majmua" bo'limida maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan qaysi ta'lim texnologiyalari joriy etilishini ham ko'rsatish tavsiya etiladi. Qoida tariqasida, ular rivojlanishning asosiy yo'nalishlari bilan belgilanadi va faqat barcha bolalar bilan ishlashda qo'llaniladi, masalan:
Dostları ilə paylaş: |