Haftalik reja - bu pedagogning ish jurnali bo'lib, unda ta'lim va tarbiya jarayonining kunlik rejasi aks ettiriladi. Mashg'ulot ishlanmalari kunlik rejaga ilova qilinishi mumkin. Ishlanmalar pedagogning xohishiga binoan, ijodkorlik va xilma-xillikdan foydalangan holda ishlab chiqiladi.
BOB
BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI BO'YICHA YUTUQLARI
/////
Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolaning ta'lim olishi va rivojlanishini baholash kuzatishlar yordamida amalga oshiriladi. Pedagog bolalar hayotini muntazam va tizimli ravishda kuzatib boradi.
Bolaning rivojlanishini kuzatish - pedagog faoliyatidagi muhim mas'uliyatli ish. Kuzatishlarning maqsadi ta'lim va tarbiya jarayonida bolaning turli bilim va ko'nikmalardan qanday foydalanishi haqida ma'lumot to'plashdir. Bolalarni turli joy, vaqt va sharoitlarda kuzatib, pedagog ularning qiziqishlari, kuchli tomonlari va ehtiyojlari haqida to'liq tasavvurga ega bo'ladi.
Pedagogik kuzatishlar natijasida olingan ma'lumotlar asosida ta'lim va tarbiya jarayoni rejalashtiriladi va takomillashtiriladi.
Kuzatish natijalarini hujjatlashtirish pedagogga ularni saqlash, vaqt o'tishi bilan sodir bo'lgan o'zgarishlarni kuzatish va bolaning ota-onalari, shuningdek, ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti mutaxassislari bilan bolalarning rivojlanishi va ta'lim olish xususiyatlari haqida ma'lumot almashish imkonini beradi. Bolaning rivojlanishi va ta'lim olishidagi yutuqlarini kuzatish va baholash natijalarini hujjatlashtirish uchun rivojlanish xaritalaridan foydalaniladi.
Rivojlanish xaritasi kuzatuvlarni hujjatlashtirish shakli sifatida bolaning turli sohalardagi rivojlanish darajasi to'g'risida muntazam ravishda ma'lumot to'plash jarayonini o'z ichiga oladi.
Rivojlanish xaritasi davlat talablari asosida bolaning rivojlanish sohalari, kichik sohalar va kutilgan natijalarga tayanadi.
Bolaning rivojlanish xaritasi har bir yosh guruhi (3-4, 4-5, 5-6, 6-7) uchun alohida yuritiladi va har bir bola 14 uchun bir yilda uch marta: o'quv yilining boshida, o'rtasida va oxirida to'ldiriladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshli 15 bolaning maktabga tayyorligi xaritasi (faqat MTT bitiruvchilari uchun) to'ldiriladi.
BOB
RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL QILISH
/////
Maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning yoshi, individual xususiyatlari va ehtiyojlarini, shuningdek, mintaqaning madaniy va tarixiy xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlantiruvchi muhit mazmuniga quyidagi talablar qo'yiladi:
mazmunan boy - davlat o'quv dasturining mazmuniga mos kelishi, materiallar, jihozlar va xona va bino tashqarisidagi inventarlarning xilma-xilligi;
o'zgartuvchan - ta'lim va tarbiya jarayoni vaziyatiga, shuningdek, bolalarning qiziqishlari va imkoniyatlarining o'zgarishiga qarab rivojlantiruvchi muhitda o'zgarishlar bo'lish imkoniyatini nazarda tutadi;
polifunksional - rivojlantiruvchi muhitning turli tarkibiy qismlaridan xilma-xil foydalanish imkoniyati;
muqobil - guruhda turli joylar, rivojlanish markazlari, shuningdek, bolalarning erkin tanlovini ta'minlaydigan turli xil materiallar, o'yinlar, o'yinchoqlar va jihozlarning mavjudligi; o'yin materialining muntazam ravishda o'zgartirilishi, bolalarning o'yin, harakat, bilish va tadqiqot faoliyatini rag'batlantiradigan yangi buyum va ashyolarning paydo bo'lishi;
hammabop - tarbiyalanuvchilar, shu jumladan, alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega bo'lgan bolalar uchun ta'lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan barcha faoliyat turlarini ta'minlaydigan o'yinchoqlar, qo'llanmalar, resurslar bilan ta'minlanganligi;
xavfsiz - barcha elementlarni ulardan foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligini ta'minlash talablariga muvofiqligini nazarda tutadi;
oqilona - davlat o'quv dasturi va davlat talablariga muvofiq zamonaviy rivojlantiriuvchi muhitni yaratish, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotining turli ta'lim dasturlarini amalga oshirishni ta'minlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish; inklyuziv ta'lim tashkil etilgan taqdirda, zarur shart-sharoitlarni ta'minlash;
mahalliy sharoitga moslashtirilgan - madaniy va tarixiy qadriyatlarga, milliy va mintaqaviy an'analar, tabiatga, iqlimga bog'liq xususiyatlar, hududdagi sanoat rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlariga mos bo'lishi;
shaxga yo'naltirilgan - pedagog har bir bolaning o'z qiziqishiga ko'ra shug'ullanishini ta'minlashi kerak (bolalar guruh muhitida osongina harakat qilishadi, qayerda nima joylashganini biladilar, o'yinchoqlar va barcha resurslardan erkin foydalana oladilar).
Rivojlantiruvchi muhitning mazmuni maktabgacha ta'lim tashkilotining sharoitlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kamida 5ta rivojlanish markazlarini 16 tashkil etishni ta'minlashi kerak.
BOB
DAVLAT O'QUV DASTURI BO'YICHA KUTILAYOTGAN TA'LIMIY NATIJALAR
/////
Davlat o'quv dasturini o'zlashtirishdan kutilayotgan ta'limiy natija maktabgacha ta'lim tashkilotini bitiruvchi bolaning tayanch kompetensiyalari (kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy, bilish)ning shakllangan- ligi hisoblanadi.
Ta'lim va tarbiya jarayonida pedagog kuzatishlar yordamida har bir bolaning rivojlanishini davlat talablarida qayd qilingan rivojlanish sohalari va kichik sohalar bo'yicha barcha yosh guruhida bolaning mumkin bo'lgan yutuqlarining ijtimoiy-me'yoriy yosh xususiyatlarini kuzatib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining individual xususiyatlari maktabgacha yoshdagi bolaning davlat talablariga to'liq mos keladigan ta'lim yutuqlariga qo'yiladigan talablarni cheklaydi va ta'lim dasturini o'zlashtirishda kutilayotgan natijalar shaklida aniqlash zarurligini belgilaydi.
Davlat talablariga muvofiq kutilayotgan natijalar:
to'g'ridan-to'g'ri baholanmaydi, ya'ni bolalarning haqiqiy yutuqlarini davlat talablari bilan rasmiy taqqoslashga yo'l qo'yilmaydi (bunda bolalarning sinovdan o'tishlariga yo'l qo'yilmaydi);
pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish, davlat o'quv dasturini o'zlashtirish sifatini baholash kabi boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rasmiy asos bo'la olmaydi;
bolalardan kutilayotgan natijalar direktor va pedagoglar uchun maktabgacha ta'lim tashkilotining ta'lim va tarbiya jarayoni va MTT jamoasining kasbiy faoliyatini tahlil qilishga yordam beradi.
BOB
RESURS TA'MINOT
/////
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davlat o'quv dasturini amalga oshirishning resurs ta'minoti O'zbekiston Respublikasining amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Minimal resurslar bilan ta'minlanganlik kun tartibi va yillik rejada ko'zda tutilgan o'yin, qiziqishlarga ko'ra mashg'ulot va loyihaviy faoliyatlarni amalga oshirishni ta'minlashi kerak. Shu bilan birga, ilo- vada 17 keltirilgan resurslar bilan bir qatorda ushbu markazlar va rivojlantiruvchi muhitni bolalar, ota- onalar va pedagoglarning birgalikdagi faoliyati mahsulotlari bilan jihozlash tavsiya etiladi; shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari zarur o'quv va rivojlantiruvchi didaktik materiallarni yaratishda mahalliy hamjamiyat resurslari va o'zlarining ijodiy qobiliyatlariga tayanishlari mumkin.
\\\\\
GLOSSARIY
Dostları ilə paylaş: |