Alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalar - nogironligi bo'lganidan yoki bo'lmasligidan qat'i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e'tiboriga muhtojbo'lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar.
Individual ta'lim xaritasi - bu tarbiyalanuvchining qiziqishlari va ta'lim talablari asosida tuzilgan, uning barcha qobiliyatlari va iste'dodlarini ochish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydigan o'quv faoliyati dasturi.
Kvest - (ing. „Quest" „muammo", „izlanish", „sarguzasht" degan ma'noni anglatadi) hikoya mazmuniga ega sarguzashtli interfaol o'yin (ing. „Adventure game")), uning ishtirokchilari belgilar orqali harakatlanib, topshiriqlarni topadi va bajaradi. Kvest o'yini - bu bolalarning kognitiv qiziqishini va muammolarni ishtiyoq bilan hal qilish istagini faollashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadigan eng samarali va o'ziga xos ta'lim texnologiyasi.
Maktabgacha ta'lim va tarbiya- bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma'naviy- axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turi.
Rivojlanish(pedagogikada) - olg'a intilish natijasida muntazam o'zgarish jarayoni, bir holatdan mukammalroq boshqa holatga, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga o'tish.
Tarbiya - bu jamoa va pedagoglarning tarbiyalanuvchiga shaxsni mazmunan maqsadli shakllan- tirishdan iborat bo'lgan, maxsus tashkil etilgan, maqsadli va boshqariladigan ta'siri. Shu bilan birga, ta'lim tashkilotida va oilada ta'lim va tarbiya o'zaro uzviy bog'liqdir.
Ta'lim va tarbiyaning muqobil shakli- maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimida innovatsion ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etish modeli;
Fasilitatsiya (yengillashtirmoq) - (ingliz tilidan „facilitate" - „osonlashtirish", „rag'batlantirish", „qulay shart-sharoitlarni yaratish") bu ongli o'quv jarayonlaridir, bolalarning qiziqishini oshirish uchun ularga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan, ularning o'ziga ishonchini orttirish, mustaqil va samarali faoliyatlariga bo'lgan ehtiyojlarini rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashga yordam beradigan qulay muhit yaratish, rivojlanayotgan ta'lim usulidir;