Har bir bola uchun O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə14/27
tarix26.10.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#66370
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
ilk qadam

Oylar

Oy

Oy
hafta-

Hafta mavzulari / Yosh guruhlari

mavzusi

lari

3 - 4 yosh

4 - 5 yosh

5 - 6 yosh

6 - 7 yosh







1-hafta

Men va mening uyim

Men va mening uyim

Men va mening uyim / Xotira va qadrlash kuni

Men va mening uyim / Xotira va qadrlash kuni

May

Asbob va

2-hafta

Mebel

Mebel

Mebel / Milliy hunarmandchilik

Mebel / Milliy hunarmandchilik

uskunalar

3-hafta

Idishlar

Idishlar

Idishlar / Milliy naqshlar

Idishlar / Milliy naqshlar







4-hafta

Maishiy asbob- uskunalar - bizning yordamchimiz

Maishiy asbob- uskunalar - bizning yordamchimiz

Maishiy asbob- uskunalar - bizning yordamchimiz

Maishiy asbob- uskunalar - bizning yordamchimiz



Yozgi sog'lomlashtirish davri
Iyun Tabiiy omillar - quyosh, havo va suv yordamida turli xil muolajalar amalga oshiriladi.
Iyul Turli ko'ngilochar, sport o'yinlari o'tkaziladi.
AVgust O'quv yili davomida o'tilgan materiallar, jumladan, bolalar bilan individual mashg'ulotlar mustahkamlanadi.






/////


5-ILOVA Namunaviy haftalik reja

(nomi)
Oy mavzusi: «O'zbekiston - mening Vatanim»
Guruh Maktabga tayyorlov guruhi
Mavzu «Men va mening oilam»
Maqsad Tarbiyalanuvchilar o'z oilasi haqida tasavvurga ega bo'ladilar.
Bolalarda o'z oilasi bilan faxrlanish tuyg'usi rivojlanadi Muddat Sentabrning 3-haftasi



Jismoniy rivojlan­ish va sog'lom tur- mush tarzini shak- llanishi
Ijtimoiy-hissiy
rivojlanish
Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
Bilish jarayonining rivojlanishi
Ijodiy rivojlanish
Oilada va MTTlarda kun tartibiga rioya qilish ko'nikmalarini shakllantirish, har kuni ertalab ota-onalar yoki katta yoshdagi bolalar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish, bolani MTT va oilada shaxsiy gigiyena qoi- dalariga rioya qilishga o'rgatish. Bolalarni MTT va oilada jismoniy faollikni, sog'lom turmush tarzini rivojlantirishga jalb qilish.
Oila, ona, ota, momo, bobolarning o'rni haqida to'g'ri tasavvur hosil qilish. Bolalarni bir-biriga do'stona munosabatda bo'lish, xotirjam muloqot qilish
ko'nikmasini tarbiyalash.
Bog'lanishli nutq ko'nikmalarini rivojlantirish: oila a'zolari haqida qisqacha tavsiflovchi hikoya yozish ko'nikmalarini mustahkamlash. Oilasi haqida hikoya qilish orqali bolalarning so'z boyligini (sifatlarni qo'llab) boyitish. Hikoyalar yaratish uchun oila haqidagi illyustrativ materiallardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish.
Oila tushunchasini kengaytirish va u bilan faxrlanish tuyg'usini rivojlantirish. Milliy oilaviy qadriyatlar va an'analarga hurmatni oshirish.
San'atning turli shakllari orqali "Mening oilam" iborasi haqida tasavvur va tush-
unchani shakllantirish.


Ta'lim va tarbiya jarayoni

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Oilada o'tkazilgan dam olish kuni taassurotlari bilan o'rtoqlashish. Kun uchun vazifalar va qo'shma rejalar.

Oilada tayyorlanadigan ovqatlar to'g'risidagi taassurotlar bilan o'rtoqlashing. Kun uchun vazifalar va qo'shma rejalar.

Oiladagi sevimli mashg'ulotlar to'g'risidagi taassurotlar bilan bo'lishing.
Kun uchun vazifalar va qo'shma rejalar.

Ob-havo to'g'risidagi taassurotlar bilan bo'lishing.
Kun uchun vazifalar va qo'shma rejalar.

Oilaning kun tartibi to'g'risidagi taassurotlar bilan bo'lishing. Kun uchun vazifalar va qo'shma rejalar.


Rivojlanish
markazlari


Ertalabki
davra
suhbati




\\\\\

Rivojlanish

Ta'lim va tarbiya jarayoni

markazlari

Dushanba

Seshanba

Chor-
shanba

Payshanba

Juma

Resurs ta'minoti

Rivojlanish markazlarida bolalar tanlovi asosida haftalik mavzu bo'yicha ta'lim va tarbiya jarayoni

Qurish va konstruk- siyalash, matematika markazi

«Oila uchun uy»

«Oila uchun oshxona»

«Teatr
quramiz»

«Mening
xonam»

«Orzudagi
uy»

Qurilish bloklari, lego, konstruktor, tangram, qog'oz (origami), geo- metrik shakllar, ko'rgazmali qurollar

Syujetli- rolli o'yinlar va sahna- lashtirish markazi

«Buvim- nikida meh- monda»

«Tushlik
tayyor-
laymiz»

«Zumrad
va
Qimmat»
(sahna-
lashtirish)

«Sarta-
rosh-
xona»
«Quruv-
chilar»

Ertak
syujeti
bo'yicha
sahna-
lashtirish

Niqoblar, kiyim- bosh, atributlar, o'zbek va jahon xalqlari ertaklari to'plami

Til va nutq markazi

«Mening oilam - mening qadriyatim» nomli syujetli rasm bo'yicha suhbat

«Men - katta yordam- chiman!» (tarbiya- lanuvchi- ning oilada o'z faoliyati haqida hikoyasi)

Oilaviy
sayohat
to'g'risida
hikoya

Oilaviy
daraxt
(oila
a'zolarini
ketma-
ketlikda
qo'yish)

Bola ko'zi bilan oila modeli (hikoya)

Syujetli rasmlar, AKT materiallari, oilaviy rasmlar xalq ertaklari va she'rlari to'plami, albom (xusnixat)

Fan va tabiat markazi

Loy, tosh va qumning xususiyatlari (uy qurish uchun ishlati- ladigan materiallar to'g'risida ma'lumot)

«Oilamizning sevimli xona o'simliklari» (ekinlarni ekish va ularni o'stirish)

«Qumda
magnit»

"Qum va suv xususi­yatlari"

«Uy novvoy- xonasi» (olov xususi­yatlari va xavfsizlik qoidalari)

Loy, qum, tosh, maxsus idishlar, sharlar, magnit, magnitli doska, xona o'simliklari, mikroskop

San'at
markazi

Tasviriy faoliyat va applikatsiya "Men va mening oilam"

«Oila a'zolari kasblari»

"Oilaviy
ekskursiya
tasvirlari"

Tasviriy faoliyat va appli­katsiya «Mening xonam»

Ko'rgazma
galereyasi
«Mening
oilam»

A-4 qog'oz, rangli qog'oz, bo'yoqlar, tabiiy materiallar, rangli qalamlar

Katta
guruhlarda
ishlash

O'quv rejasiga muvofiq pedagogning ish rejasi bo'yicha "Men va mening oilam" (pedagog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logoped, til o'qituvchisi,
psixolog, xoreograf)

Kechki davra suhbati/ o'tgan kunning to'liq (chuqur) tahlili (refleksiya)

bolalar bilan o'tgan kunni, eng yaxshi va eng qiziqarli narsalarni eslash, buguyangi kunda qilingan ishlarni muhokama qilish va umumlashtirish va keyingi kun uchun tadbirlarni rejalashtirish.

Guruhdagi mavjud manbalardan foydalaniladi

/////


6-ILOVA. MTTda o'tkazilishi belgilab qo'yilgan bayram tadbirlari ro'yxati
6-ILOVA MTTda o'tkazilishi belgilab qo'yilgan bayram tadbirlari ro'yxati
MTTlarda an'anaga ko'ra turli bayramlar, tadbirlar o'tkaziladi.
Umumdavlat bayramlari O'zbekistonda yagona madaniy muhitni yaratadi.
Davlat o'quv dasturida o'tkazilish qat'iy tavsiya etilgan umumdavlat bayramlar ro'yxati keltirilgan. Har bir MTT taklif qilingan ro'yxatni mintaqaviy xususiyarga ko'ra va o'z tadbirlari bilan to'ldirishi mumkin.



3 - 4 yosh

4 - 5 yosh

5 - 6 yosh

6 - 7 yosh




1
2
3
4
5

  1. 7
«O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni» «Ustoz va murabbiylar kuni» «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni» «Yangi yil bayrami»
«8-mart: Xalqaro xotin-qizlar kuni» «Navro'z»
«Xotira va qadrlash kuni»
MTTlarda tavsiya etilgan tadbirlar
MTTlarda bayramlar bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning eng samarali vositalaridan biridir. MTTlarda muhim voqealar bilan bog'liq bayram va tadbirlarni o'tkazish uchun zamonaviy formatlardan foydalanish tavsiya etiladi: kontsert, kvest, loyiha, ta'limiy tadbirlar, musobaqa, sahna ko'rinishi (spektakl), viktorina, festival, yarmarka va boshqalar. Ota-onalarning faol ishtiroki, shuningdek, bolalarning o'zlari tomonidan bayramni tashkillashtirish va modellashtirish ijobiy baholanadi.



3 - 4 yosh

4 - 5 yosh

5 - 6 yosh

6 - 7 yosh

1

Davlat tili kuni

Davlat tili kuni

Davlat tili kuni

Davlat tili kuni

2

Hosil bayrami

Hosil bayrami

Hosil bayrami

Hosil bayrami

3

Vatan himoyachilari kuni

Vatan himoyachilari kuni

Vatan himoyachilari kuni

Vatan himoyachilari kuni




4

A.Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlar tavallud topgan kun

A.Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlar tavallud topgan kun

A.Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlar tavallud topgan kun

A.Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlar tavallud topgan kun

5

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

6










Men maktabga boraman

\\\\\


7-ILOVA Rivojlanish xaritasi
Bolalarning rivojlanish xaritasi ularning rivojlanishini hujjatlashtirishning asosiy shaklidir. Bolaning rivojlanish xaritasini to'ldirish uchun uch bosqichdan iborat bo'lgan kuzatish olib boriladi: dastlabki (o'quv yili boshida), oraliq (o'quv yili o'rtasida) va yakuniy (o'quv yili yakunida).
Dastlabki kuzatish o'quv yili boshida o'tkaziladi (taxminan sentabr oyida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang'ich imkoniyatlari (boshlang'ich, ayni damdagi dolzarb rivojlanish darajasi) aniqlanadi. Uning shu davrgacha erishgan yutuqlari, kuchli tomonlari, shuningdek o'quv yilining boshida rivojlanish ehtiyoj va muammolari aniqlanadi hamda ularni hal qilish uchun pedagogning yordami talab qilinadi.
Pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini to'ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (0) bilan belgilaydi. Kuzatish rivojlanishning barcha sohalari bo'yicha olib boriladi. Agar u yoki bu rivojlanish sohasidagi indikator (kutilayotgan natijalar) «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) "Pedagog izohi" ustunida eslatma yozishi lozim.
Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi:
K - kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy ko'nikmalarni namoyon qiladi / xatti- harakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi).
B - ba'zida kuzatiladi (bola asosiy ko'nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari tasodifiy yoki ma'lum vaziyatlarda).
T - tez-tez kuzatiladi (bola asosiy ko'nikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish etadi).
D - doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy ko'nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari talab darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).
Oraliq kuzatish xuddi shu tartibga binoan o'tkaziladi. Kuzatishning bu turi birinchi yarim yillik oxiri (dekabr, yanvar)da o'tkaziladi. Bunday kuzatishni o'tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to'g'riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatish natijalariga ko'ra, pedagog, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug'ilgan holatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O'quv yili oxirida (odatda may oyida) pedagog yakuniy kuzatish o'tkazadi. Mazkur kuzatish asosida yil boshida qo'yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko'zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatish o'tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin