Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo\'yicha mashg\'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati.
Direktor va harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari rejada quyidagilar ko‘rsatilishini esda tutishlari kerak:
Har bir guruh bilan dasturning qaysi bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi;
Mavzuning nomlanishi, mashg‘ulotni tartib raqami va mazmuni;
O‘quv va tarbiyaviy maqsadlar, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt;
Mashg‘ulotni o‘tkazish uslubi va joyi;
Foydalaniladigan adabiyot va qo‘llanmalar;
Mashg‘ulot rahbari va o‘quvchilar harakati;
Mustaqil tayyorgarlik uchun vazifalar;
Mashg‘ulot rejasini o‘quv yurti direktori yaqindan tanishib chiqishi va kerakli uslubiy yordam ko‘rsatishi uchun unga mashg‘ulot o‘tkazilishidan 7 kun avval taqdim etish kerak.
O‘quv yurti direktori va harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari o‘q otish mashqlarini o‘tkazishga alohida e’tibor berishlari kerak. Masalan, kichik kalibrli vintovkalardan boshlang‘ich mashqni bajarishga harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbarining bahosiga ko‘ra, bunga tayyor bo‘lgan o‘quvchilar qo‘yiladi. Qolgan o‘quvchilar esa, mashqni bajarishga tayyor bo‘lganlaridan so‘ng darsdan tashqari vaqtda uni bajaradilar.
O‘quv dala mashg‘ulotlarini tashkillash va o‘tkazish ham direktor va harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari tomonidan alohida diqqat va e’tibor ko‘rsatilishini talab qiladi. Bu mashg‘ulotlarni mudofaa sport sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Xokimiyat va xalq ta’limi bo‘limlari qaroriga asosan, o‘quv dala mashg‘ulotlariga tayyorgarlik va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi, va u direktor tomonidan tasdiqlanadi. Agar dala mashg‘ulotlari harbiy qismda o‘tkazilsa, u xolda reja uning komandiri bilan kelishilgan xolda ishlab chiqiladi.
Reja o‘quv yurti direktori, uning o‘rinbosarlari, harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ustalari bajarishi kerak bo‘lgan aniq vazifalarni o‘z ichiga oladi va unda ularni bajarilish muddatlari belgilanadi. O‘quv dala mashg‘ulotlariga harbiy qismlardan harbiy xizmatchilarni jalb etish, rahbarlarni zaxiradagi o‘qituvchi ofitserlar tarkibidan tayinlash, ular bilan uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkazish kabi masalalar mudofaa ishlari bo‘limlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
O‘quv dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish xaqidagi buyruq, uni boshlanishidan bir oy avval chiqariladi va unda yig‘inni o‘tkazilish vaqti, tantanali saflanish, o‘quvchilar, guruh va seksiya komandarlariningfamiliyalari, o‘quvchilarni yig‘in joyiga olib borish va mashg‘ulotlar o‘tish tartibi, shuningdek, xavfsizlik qoidalari ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘quv dala yig‘inidagi mashg‘ulotlar jadvali mudofaa sport sog‘lomlashtirish oromgohi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan o‘quv ob’ektlaridan foydalanish grafigiga asosan tuziladi.
Kun tartibi ertalabki jismoniy mashq, o‘quv mashg‘ulotlarini, mustaqil tayyorgarlik, tarbiyaviy va ommaviy sport ishlari, qurol tozalash, asbob-anjomlarni jixozlash, ovqatlanish, shaxsiy vaqt, kechki sayr va yo‘qlama uchun vaqtlarni o‘z ichiga olishi kerak.o‘quv-moddiy texnik bazasini yaratish va uni takomillashtirish o‘quv yurti direktori va harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbarining alohida diqqatiga sazovor bo‘lgan masaladir. Chunki, uning xolati harbiy hizmatchilarni ta`lim mashg‘ulotlari samaradorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
O‘quv yurtlarida o‘quv-moddiy texnik baza xolatini tekshirish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘lyaptiki, barcha o‘quv-yurtlarida ham o‘quv-moddiy texnik bazasidan talab darajasida foydalanilmaydi. Masalan, ba’zi o‘quv yurtlarida o‘quv moddiy texnik bazani barcha elementlari yaratilgan, lekin ular mashg‘ulotlar davomida foydalanilmaydi. Bu o‘quv moddiy texnik bazani faqat tekshiruvchilar uchun ekanligidan dalolat beradi. Ayrim o‘quv yurtlarida esa jixozlangan o‘quv joylari umuman yo‘q, xatto amaliy mashg‘ulotlar ham harbiy hizmatchilarni ta`lim xonasida o‘tiladi. O‘quv moddiy texnik bazaga bunday yondoshish o‘z navbatida harbiy hizmatchilarni ta`lim mashg‘ulotlari samaradorligini keskin pasayishiga olib keladi. O‘quv yurtlari direktorlari bunday xolatga yo‘l qo‘ymasliklari kerak va o‘quv moddiy texnik bazani yaratilishi va undan talab asosida foydalanilishini o‘z nazoratlari ostiga olishlari lozim.
Bo‘lajak jangchilarini yuksak darajada tayyorlanishini ta’minlash uchun harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va darsdan tashqari vaqtda harbiy - vatanparvarlik va ommaviy sport ishlarini olib boruvchi shaxslarni tashkiliy va uslubiy harakat va kuchlarini birlashtirishi zarur. Buning uchun o‘quv yurtida harbiy hizmatchilarni ta`lim, jismoniy tarbiya va tibbiy sanitar tayyorgarlik bo‘yicha uslubiy kengash tuziladi va unga direktor rahbarlik qiladi.
Slubiy kengash tarkibiga yuqorida aytib o‘tilgan shaxslardan tashqari, direktorning o‘quv tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, o‘quv yurtining «kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va «vatanparvarlik» tashkilotlarini raislari kiradi.
Uslubiy kengash raisi bo‘lib, odatda harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari tayinlanadi.u uslubiy kengashni yillik ish rejasini ishlab chiqadi, o‘quv yurtining boshqa uslubiy kengashlari bilan hamkorlik qiladi, kengash a’zolari bilan mashg‘ulotlar, ochiq va ko‘rgazmali darslar tashkillaydi.. Dolzarb muammolar bo‘yicha muxokamalar, majlislar o‘tkazish, qabul qilingan qaror va tavsiyalarni kengash a’zolari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi va komissiya ishi bo‘yicha pedagogik kengash oldida xisobot beradi.
Uslubiy komissiya a’zolari qabul qilingan qaror va tavsiyalar ijrosini ta’minlaydilar, ochiq va ko‘rgazmali darslar o‘tkaziladi, komissiya kengashi pedagogik konferensiyalarda dokladlar qiladilar, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarini samarasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadilar.
Uslubiy komissiya har ikki oyda tadbirlar o‘tkazib turadi. Bu tadbirlarni o‘tkazish vaqti direktor buyrug‘i bilan belgilanadi.uslubiy komissiya ishining natijasi bo‘lajak askarlarning ta’lim va tarbiyasining qanday darajada ekanligiga qarab belgilanadi.uslubiy komissiyani xujjatlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Direktor tomonidan tasdiqlangan harbiy hizmatchilarni ta`lim, jismoniy tarbiya va tibbiy sanitar tayyorgarlik bo‘yicha ish rejalari;
Dars rejalari, uslubiy qo‘llanmalar, dokladlar, uslubiy komissiya qaror va tavsiyalari, xisobot xujjatlari;
O‘quv yurti direktori harbiy vatanparvarlik tarbiyasini tarkibiy qismi bo‘lgan harbiy hizmatchilarni ta`lim fani bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarni takomillashtirish to‘g‘risida doimo g‘amxo‘rlik qilishi kerak.