Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo'yicha mashg'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati. Kirish qismi i-bob.



Yüklə 65,15 Kb.
səhifə6/10
tarix16.05.2023
ölçüsü65,15 Kb.
#114705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo\'yicha mashg\'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati.

Pavlov shunday degan edi:
Yoshlarni tarbiyalash-bu eng avvalo ularda tormozlanish jarayonlarini shakllantirishdir. Chunki bu yoshdagi insonlarning aqliy faoliyatini muxim jarayonlari juda yaxshi rivojlangan. Bu yoshda xotira juda katta imkoniyatlarga ega bo‘ladi, tasavvur esa obrazlarni xilma - xilligi va boyligi bilan ajralib turadi.
Bilan tafsivlanadi. Aqliy faoliyat asosida maxsus qobiliyatlar tez rivojlanib boradi. Lekin bu yoshda shunday o‘smirlar ham uchraydiki, ularning dunyoqarashi allaqachon shakllanib bo‘ladi. Ularda hayotiy tajribani etarli emasligi, sababli jamiyat hayotidagi xolatlar xaqidagi tasavvurlar yuzaki, ba’zan xato ham bo‘ladi. Bunday xolat harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari va o‘quv yurtining butun pedagogik jamoasidan o‘smirlarning dunyo, jamiyat rivojlanishi qonuniyatlari va ularning dunyo qarashini bir tizimga solish, ularni siyosiy va tabiiy - ilmiy bilimlar bilan qurollantirishga, ularni to‘g‘ri yo‘nalishga boshlashga katta e’tibor berishlarini talab qiladi. Chunki, voyaga etish davrida olingan bilimlar o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalar ko‘pchilik insonlarda bir umrga saqlanib qoladi. O‘smirlarni muxim xususiyatlari-bu ularni o‘z shaxsiga, o‘zining fikrlari, xissiyotlari, o‘ylariga kuchli qiziqishdir. Bu o‘z-o‘zini aniglashni to‘la rivojlanganligidan dalolat beradi. O‘z faoliyati va xususiyatlarini baholash asosida o‘smirlarda o‘z-o‘zini tarbiyalashga extiyoj paydo bo‘ladi.
Harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari o‘smirlarni bunday harakatlarini o‘z vaqtida qo‘llashi va uni bo‘lajak jangchini harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bilan bog‘lab olib borishi kerak.yana shuni aytib o‘tish kerakki, bu yoshda aksariyat o‘smirlar kattalar bilan muloqotda samimiy va to‘g‘riso‘z bo‘ladilar. Ular o‘z ishini puxta bilgan, irodali, g‘amxo‘r harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbarlarini xurmat qiladilar, ularni ko‘rsatmalarini, maslaxatlarini olishga xarakat qiladilar.
O‘smirlar 17-18 yoshga kirganda ularning jismoniy rivojlanishi eng yuqori cho‘qqiga chiqqan bo‘ladi. Bu ularga katta jismoniy yuklarni ko‘tarishga, jangovar texnika va qurollarni o‘rganish bo‘yicha murakkab xarakatlarni, ko‘nikma va malakalarni tez o‘zlashtirishga imkon beradi. O‘smirlik yoshida organizm jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga extiyoj sezadi. Lekin shunday o‘smirlar ham borki, ularda Sport bilan shug‘ullanishga umuman istak yo‘q. Aksariyat xollarda bunga bunday o‘smirlar o‘ziga ishonmaganligi, o‘z qobiliyatlarini baholay olmaganligi sabab bo‘ladi. Bunday o‘smirlarga harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari albatta yordam berishi kerak.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari majburiyatlariga o‘quv yurti pedagogik jamoasi bilan o‘quvchilarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi va ommaviy mudofaa ishlari bo‘yicha guruhdan va darsdan tashqari ishlarni o‘tkazish ham kiradi. Darsdagi o‘quv jarayoni harbiy hizmatchilarni ta`lim fani bo‘yicha o‘qitishning asosiy shakli bo‘lib hisoblansada, undan tashqari o‘qitishni yana boshqa turli tuman shakllari ham mavjud.


Guruhdan va darsdan tashqari ishlar deyilganda, harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari pedagogik jamoa va o‘quvchilarni uyushmalari tomonidan o‘tkaziladigan turli xil o‘quv-tarbiyaviy ishlar tadbirlari tushuniladi. Harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari o‘quv yurtida tuman, shahar miqyosida yoshlarning harbiy – amaliy sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarida, «shunqorlar» harbiy - sport o‘yinlarini tashkillash va o‘tkazishda, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan «alpomish» va «barchinoy» maxsus testlarini topshirilishini tashkillashda faol qatnashadi.
Guruhdan tashqari ishlar vaqtida harbiy hizmatchilarni ta`lim raxbari o‘quvchilar o‘rtasida harbiy bilimlar va ofitserlik kasbi bo‘yicha tashviqot ishlarini olib boradi. Harbiy kasblarga qiziqqan va harbiy bilim yurtlariga kirishni xoxlagan o‘quvchilardan harbiy bilim yurtlari uchun nomzodlar tanlaydi va ularni har tomonlama tayyorlaydi. Darsdan tashqari vaqtlarda harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlarni harbiy hizmatchilarni ta`lim xonasida tashkillaydi, ularga harbiy hizmatchilarni ta`lim bo‘yicha maslaxatlar beradi, o‘quvchilarni o‘quv - moddiy bazasini yaratish va takomillashtirishga jalb etadi.
O‘quv yili yakunida harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari harbiy hizmatchilarni ta`lim bo‘yicha o‘quv jarayonini yakunlanishiga bag‘ishlangan harbiy - sport bayramini o‘tkazish bo‘yicha asosiy tashkilotchi bo‘ladi.
Mamlakatimiz o‘quv yurtlarida o‘quvchilar bilan guruhdan tashqari vaqtlarda turli shakl va uslublarda harbiy hizmatchilarni ta`lim va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi o‘tkazish bo‘yicha katta tajribalar to‘plangan harbiy hizmatchilarni ta`lim raxbari uchun bu erda asosiy vazifa - bu tadbirlarni tartibli ravishda, o‘quvchi yoshlarni ularni tayyorgarlik darajalarini xisobga olgan xolda va pedagogik talablar asosida o‘tkazishdir.
Talabalar uchun esa asosiy vazifa - harbiy hizmatchilarni ta`lim uslubiyoti va harbiy vatanparvarlik tarbiyasini o‘rganishda pedagogik va psixologiya bo‘yicha bilimlarga tayangan xolda bu tajribalarni o‘zlashtirishdir.ba’zan yosh mutaxassislar oliy o‘quv yurtini bitirganlaridan so‘ng o‘quv yurtlariga kelib, o‘z majburiyatlarini yaxshi bilmasliklari sababli, harbiy hizmatchilarni ta`lim lavozimini qabul qilishda juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadilar va buning oqibatida moddiy javobgarlik, ayrim xollarda esa xatto jinoiy javobgarlikka tortilish kabi ko‘ngilsizliklarga duch keladilar.bunday xollar yuz bermasligi uchun, harbiy hizmatchilarni ta`lim bo‘yicha yosh mutaxassis davozimni qabul qilish tartibini bilishi shart.

Yüklə 65,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin