Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo'yicha mashg'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati. Kirish qismi i-bob.


Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo'yicha mashg'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati



Yüklə 65,15 Kb.
səhifə9/10
tarix16.05.2023
ölçüsü65,15 Kb.
#114705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo\'yicha mashg\'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati.

2.2 Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo'yicha mashg'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati..

. Hozirgi kunda o’quvchilarga dars o’tish uchun turli interfaol dars o’tish usullari mavjud bo’lib, bu usullar yordamida mavzuni yoritib berish oson va tushunarli kechadi bunday dars usullarida quidagilar mavjud: interfaol o'qitish usuliga quyidagilar kiradi: 1) evrestik suhbat; 2) bahs usuli; 3) aqliy hujum; 4) davra stoli; 5) ishbilarmon o'yinlar usuli; 6) amaliy ish bo'yicha tanlov muhokamasi va boshqa alohida o'qituvchi bilan qo'llanuvchi — zavqli interfaol o'qitish usullari kiradi. Biz shundan ishbilarmon o’yinlar usulidan foydalanishni ko’rib chiqamiz.


Ishbilarmon o'yinlar usuli: dastlab o'qitish tizimlarida emas, balki boshqaruv amaliyotida paydo bo'lgan. Hozirda ishbilarmon o'yin usuli turli jabhalarda qo'llanilyapti, ijodiy faoliyatda loyiha tuzishda, real vaziyatlarda jamoaviy ishlab chiqishda, shuningdek, harbiy ishlarda qo'llanilyapti. Aytmoqchi «ishbilarmon o'yin» usuli o'qitish usuli sifatida aynan harbiy o'yin hisoblanadi, amaliyotchilar qadimdan qo'shinni o'qitish uchun real jangu jadallarda emas, balki jang shartlariga taqlid qilib o'yin shaklida harbiy harakat olib borganlar.o'yinlar asosan — bu qo'mondonni qo'shinni boshqarishga o'rgatadigan askarni esa jang sharoitlarda o'zini boshqarishga o'rgatadigan ishbilarmon o'yin usulidir.
Oliy o'quv yurtlarida turli kasb mutaxassislariga ishbilarmon o'yinlari ko'proq boshqaruv faoliyatida o'qitish uchun foydalaniladi. Ba'zan bu usulni boshqaruvda «ishbilarmon o'yinlari» deb ataladi. Umumiy ko'rinishda ishbilarmon o'yini usulining mohiyati — deb yozadi, bu boradagi mutaxassislardan biri e.a.xurskiy — biz intonatsiya usuli (taqlid qilish, aks ettirish) turli vaziyatlarni o'yin yo'li bilan boshqarish deyish mumkin. Vaholanki, bunday aniqlik o'qituvchi uchun o'quv-metodik qo'llanmada berilgan, lekin gap ishbilarmon o'yin usulini real boshqaruv usuli sifatida emas, balki talabalarni boshqarishga o'rganish usuli sifatida ekanligi haqida ketyapti. Bizning nazarimizda ishbilarmon o'yin usulini nafaqat boshqaruvda qo'llash mumkin, shuningdek, xulosa chiqarishni boshqarishda ham qo'llash mumkin. Umuman olganda, bu usulning psixologik mohiyatini olsak, (har qanday) faoliyatga o'rgatish sifatida har qanday o'qitishda qo'llash mumkin.
Ishbilarmon o'yin usulining mohiyati shundaki, o'quvchilarni o'qitish faoliyatini modellashtirish sifatida o'rganishdan iborat, chunki boiajak mutaxassislar kasbiy vazifalariga javob berishga o'rgatadi. Agar pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi o'qituvchilarni tayyorlash haqida gapiradigan bo'lsak, unda psixologiyani o'qitishda quyidagicha vaziyatlar asosiy rol o'ynashi mumkin. «dars», «orqada qolganlar bilan ishlash», o'qishda orqada qolayotgan o'quvchi va xatolarni psixologik tabiatini psixologik sababini, masalan, diqqatni yoki matematikadan yozma ishda dars natijalarini tahlil qilish sharti va boshqalar. Bunda talabalar turli rollar bilan chiqish qilishlari mumkin: o'qituvchi, metodist, ta'lim departamenti inspektori, amaliyotchi talaba va hatto o'quvchini (a'lochi, qoloq va h.) Bunday ishbilarmon o'yinlar usuli oldindan rejalashtirilishi (ssenariy tuzish, rollarga bo'lish vaziyatni tanlash va h.) Va amaliy mashg'ulotlarda o'tkazish mumkin.Keyin talabalar mana shu dars va sinfni kuzatishdan to'plagan materiallari asosida ishbilarmon o'yinlar usuli o'tkazildi, ayni ekspremental xarakterga ega o'qitish qo'yilgan edi. Ular darsga katta qiziqish bilan munosabatda bo'lishdi, demak, ularning diqqati ham faolroq bo'ldi.
Ishbilarmon o'yin usuli amaliy mashg'ulotda qanday tashkil qilinadi? O'qituvchi soqchi va uning majburyatlari mavzusi bo'yicha dars olib bordi. Boshqalar esa dars metodikasi bo'yicha o'z fikrlarini bildirishdi. Ularning xulosalarida tanqidiylik mavjud edi (asosan, eksprement o'tkazuvchi o'qituvchini ijobiy tomonlarini ko'p qo'llanilganligi uchun) «mudir» va ilmiy xodim esa, o'z o'qituvchilarining xato va kamchiliklarini oqlashga urinishdi. Suhbat nafaqat metodik nuqtayi nazardan muvaffaqiyatli chiqdi, shuningdek, psixologik asoslangan tanqidlar ham ko'p bo'ldi. Psixologik tahlil qilish nuqtayi nazaridan ham diqqatni rivojlantiruvchi ijobiy vaziyatlar namoyon bo'ldi. Ishbilarmon o'yin usuli oxirida asosiy xulosaga kelinsa va u quyidagicha shakllangan edi. O'quvchilarning diqqati darsga va o'rgatilayotgan mavzuga nisbatan faol qaratilgan. O'quvchilar vazifani a'loga bajarganlarida va bundan ma'naviy qoniqish olganlaridagina qiziqish hosil bo'ladi. Mavzuni nazariy o’tish mumkin bunda men interfaol metodlardan foydalandim. Amaliyoot davrida 21-umumiy o’rta talim maktabida ushbu mavzu bo’yicha; harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo'yicha mashg'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati. O’qitish metodikasi. Mavzusida 11-a sinflarga nazariy darsimda tarqatma materiallardan foydalanib yaxshi natijalarga erisha oldim. Darsni kirish qismida birinchi o’rinda o’quvchilar bilan salomlashib; ulardan o’tgan darsdagi vazifalarni so’rab hafta davomidagi fanga oid yangiliklar haqida o’quvchilar bilimini tekshirib ko’rdim 3-5 daqiqa sariflandi. Shunda so’ng oltin qoidalarni ya`ni; intizom tinglash faollik o’zaro hurmat o’ng qo’l qoidasi kabi qoidalarni eslatib darsni boshladim. Darsga o’quvchilarni barchasini jalb yetish uchun men tarqatma materiallardan foydalanish metodidan foydalandim. Dars mavzusiga mos va oldindan tayorlab qo’ygan qog’ozga 1 donadan tezkor javob berish uchun qisqa savollarni 25 ta o’quvchiga tarqatib chiqdim. Bu savollar asosan o’tgan mavzudan tuzilgan. Shunda barcha o’quvchilar faollar va passivlarga gapirish uchun o’z fikrini bildirish uchun vaqt hamda imkon bo’ldi. Shuning uchun ham bu metod o’quvchilarni barchasini jalb yetishga qulay ekan. Bilganlariga a’lo yoki yaxshi kabi so’zlar aytdim bilmaganlariga yordam berib hatolarini tuzatib bordim. Shunda menda qaysi o’quvchi darsni yaxshi o’zlashtirganu qaysi biri o’zlkashtimaganligini bilib oldim. Bu metod demak baholash uchun ham oson va kerakli metod bo’lib chiqdi. So’ng o’quvchi lardan o’tgan mavzuni og’zaki so’rab baholab chiqdim. Bunga 10 daqiqa sariflandi.
Darsning asosiy qismida yangi mavzuni ma’ruza shaklida o’quvchilarga gapirib berdim 7-10 daqiqalar sarifladim tushunarli bo’lishi uchun esa mavzuga doir rasmlar va himoya vositalarini misol qilib ko’rsatib o’tdim. O’quvchilar o’zi qiziqtirgan savollarga mavzuni gapirib berish orasida javoblar berib o’tdim.
Bu mashg’ulotni tashkil yetishda avvalo o’quvchilarga nazariy bilimlar berish ko’rgazmali qurollardan foydalanish kerak. Amaliy darslar tashkillashtirib o’quvchilar bilan himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini o’rgatish zarur. Bundan tashqari turli xil interfaol metodlardan foydalanish mumkin bular aqliy hujum, bbb, baliq skleti metodlaridan foydalanish mumkin. Men o’quvchilarga tarqatma materiallaridan foydalandim. Shu mavzuda davra suhbatlari tashkillab bunday zararlar sodir bo’lganda qanday himoyalanish va qanday harakatlar qilish haqida treninglar o’tkazdim.
aqliy hujum haqida malumot bersam «aqliy hujum» metodi biror muammo bo’yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan yerkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. «aqliy hujum» metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud. Og’zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o’z fikrini og’zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o’z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida yesa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o’z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli tarzda yozdilar.
Yuqoridagi dars qolgan darslardan ko’ra o’quvchilarga tushunarli bo’lganini bilish maqsadida keyingi darsda savol javob o’tkazib ko’rdim va shuni hulosa qildimki ananaviy darslardan ko’ra shunday meto’dlardan foydalanib o’tilgan darslar o’quvchilarga tushunarli va esda qolarli bo’lar ekan.

O'qituvchining diqqati bu faoliyatni to'g'ri bajarishga qaratilgan ichki nazoratdir. Uni o'qituvchi vazifa bajarishga yo'naltirganda boshqariladi deb xulosa qilindi. Bu shuni anglatadiki, diqqatni o'stirish va tarbiyalash uchun o'quvchilarni iloji boricha to'g'ri faoliyat bajarishga yo'naltirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Bu nafaqat mashg'ulotlarni o'qitishga tegishli, shuningdek, har qanday aqliy va amaliy faoliyatni o'rganish uchun ham kerak. Yo'naltirishga asoslangan faoliyat (p.ya.galpirin) ayni psixologik sharoitlami yaratadi.


Ishbilarmon o'yin usuli ayni vaqtda boshqa usullarga ko'ra samaraliroq chiqdi. Chunki u talabalarni real vaziyatlarga qo'yib aniq shaxslarning rolini o'qituvchi, metodist, ilmiy mudir, direktor rollarini o'ynab aniq fikrlashga majbur qiladi va bu vaziyat o'quvchilar diqqatini, tafakkurini yo'naltiradi, yaxshi o'zlashtirishiga imkoniyat yaratadi


XULOSA
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida keng ko‘lamli islohatlar jarayoni kechmoqda. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlarda bu ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, mustaqil mamlakatimizning kelajagi ko‘p jihatdan yoshlarimizning bilimi va saloxiyatiga bog‘liq. Tabiiyki, biz ularga qanchalik chuqur, puxta ta’lim bersak, ertangi kunimizdan umidimiz shunchalik katta bo‘ladi.prezidentimiz tomonidan “kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur” imzolangandan so‘ng, mazkur dasturni bajarish va milliy istiqlol maqsadi va g‘oyalarni ro‘yobga chiqaradigan sog‘lom yosh avlodni voyaga etkazish, ularni vatanga muhabbat va sadoqat ruxida, kuchli hamda sog‘lom insonlar qilib tarbiyalash maqsadida ulkan vazifalar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz i.a.karimov aytib o‘tganlaridek, har bir avlod o‘z yurtining tarixini va obro‘yini, o‘zining farzandlik muhabbati va e’tiqodi, sadoqati va bunyodkorligi, matonati va mardligi bilan barpo etadi.mana shu so‘zlar, buyuk maqsadlardan kelib chiqqan holda, bizlar ham o‘z oldimizga asosiy vazifalarni belgilab olishimiz kerak.bizning asosiy vazifamiz – mana shu mustaqil vananni jon- jonidan sevuvchi, uning ravnaqi va ozodligi, xalqi uchun jasoratga, kerak bo‘lsa jonini fido etishga tayyor bo‘lgan, elim deb, yurtim deb, yonib yashaydigan mard o‘g‘lonlarni, o‘zbek vatanparvarlarini tarbiyalab voyaga etkazishdir. Biz bu olijanob maqsadlarga yoshlarning chaqiriqqacha tayyorgarligi va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish va uni yuksak saviyalarda o‘tkazish orqali erishishimiz mumkin.
Bugungi kunda ta’lim tizimida yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularning harbiy vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish bo‘yicha bir qator dolzarb muammolar turibdi.shu borada davlatimizning respublikadagi akademik litsey, o‘rta maxsus va kasb xunar kollejlarida yoshlarni xarbiy xizmatga tayyorlash,
Chaqiriqqacha yoshlar tayyorgarligi fanini o‘qitilishini yanada yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risidagi bir qator qarorlari mavjud.ushbu qarorlarning asosiy mazmuni yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va chaqiriqqacha yoshlar tayyorgarligi fanini o‘qitilishini samaradorligini oshirish kabi vazifalardan iborat. Yuqorida aytib o‘tilgan qarorlar va yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdagi ba’zi bir muammolardan kelib chiqqan holda, biz yuqoridagi ayrim fikrlarni va tavsiyalarni aytib o‘tishni o‘zimizga joiz deb bildik. Biz umid qilamizki, agar chaqiriqqacha yoshlar tayyorgarligi va harbiy vatanparvarlik tarbiyasining yo‘nalishlari asosida olib borilsa, o‘quv – tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga, uni samarali o‘tkazishga yaqindan yordam beradi va yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash hamda ularning harbiy vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuqori saviyalarga ko‘tarishga imkon yaratadi.

Yüklə 65,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin