Harbiy hizmatchilarning umumiy majburyatlari mavzusi bo\'yicha mashg\'ulotni tashkil qilish va olib borish uslubiyati.
O‘quv yurti direktori quyidagilarni belgilaydi: Harbiy hizmatchilarni ta`lim bo‘yicha o‘quv jarayonini boshlanishi va uning yakunini;
o‘quvchilarni avtomatdan jangovar patronlar bilan o‘q otishga tayyorgarligi va hvt bo‘yicha tadbirlrni o‘tkazish muddatlari;
- harbiy hizmatchilarni ta`lim bo‘yicha o‘quv jarayonini boshlanishiga bag‘ishlangan buyruq mazmunini;
Harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbariga me’yoriy va rejalashtiruv xujjatlarini ishlab chiqishga ko‘rsatmalar beradi.
3harbiy hizmatchilarni ta`lim fani bo‘yicha sinfdan tashqari va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi ishlarini tashkillash va o‘quv-moddiy texnik
Bazasini yaratish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi. Xaftalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tish rejasi har bir sinf, guruh uchun
Alohida bir o‘quv yiliga tuziladi. U shakli va bo‘limlarni o‘tish tartibi bilan harbiy hizmatchilarni ta`lim dasturi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Shu bilan birga har oyga mashg‘ulotlar jadvalini tuzish, unda mashg‘ulotlar mazmunini keng yoritib berish, ularni o‘tkazish vaqti va joyini, shuningdek harbiy hizmatchilarni ta`lim fani bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar va tadbirlar ko‘rsatilishi tavsiya etiladi.
Direktor buyrug‘ida pedagogik jamoa, harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari, jismoniy tarbiya va tibbiy - sanitar tayyorgarligi o‘qituvchilarning o‘quvchi yoshlarni ta’lim va tarbiyasi bo‘yicha vazifalari ko‘rsatib o‘tiladi, o‘quvchilar uchun tartib qoidalari, harbiy hizmatchilarni ta`lim fani bo‘yicha uslubiy kengash a’zolari tarkibi va ularni ish tartibi, harbiy hizmatchilarni ta`lim fani va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha asosiy tadbirlarni o‘tkazish muddatlari belgilanadi.
O‘quv yurtining yillik ish rejasiga harbiy vatanparvarlik tarbiyasi tadbirlari, harbiy hizmatchilarni ta`lim fani o‘quv – moddiy texnika bazasini
Takomillashtirish bo‘yicha takliflarni belgilashda, harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbari bu ishlarda pedagogik jamoa, vatanparvar tashkiloti va boshqa xomiy tashkilotlar va idoralar ishtirokini ham unutmasligi kerak.
O‘quv yurti direktorini guruh va seksiya komandirlarini tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘ida guruh raqamlari va ularni komandirlari ko‘rsatib o‘tiladi, o‘quvchilar tomonidan harbiy muomala va o‘rnatilgan kiyim-bosh qoidalariga rioya etish majburiy ekanligi ta’kidlab o‘tiladi. Bundan tashqari buyruqda, guruh va seksiya komandirlarini harbiy intizomni saqlash va o‘quv moddiy texnik bazani takomillashtirish bo‘yicha vazifalar ko‘rsatiladi.
O‘quv yurti direktorini mashg‘ulotlarni tashkillash va o‘tkazishdagi roli kattadir. Ma’lumki u mashg‘ulot rejasini tasdiqlashi kerak. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, aksariyat direktorlar mashg‘ulotlarni tashkillashda harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbariga yaqindan yordam beradilar. Lekin, shu bilan birga shunday direktorlar ham borki, ular harbiy hizmatchilarni ta`lim rahbariga uslubiy yordam berish u yoqda tursin, xattoki mashg‘ulot qanday o‘tkazilayotganligi bilan ham qiziqishmaydi. Bu esa o‘z navbatida direktorni o‘z majburiyatlarini bajarmaslikka olib keladi. O‘quv yurtlarida bunday xolat aslo bo‘lishi mumkin emas.