aybdor, jabrlanuvchining o‘limi yoki unga og‘ir tan jarohatlari yetkazish
kabi oqibatni bir xil darajada oldindan ko‘ra bilishi va ularning kelib
chiqishini istashi mumkin. Bunday holatlarda sodir etilgan qilmishni kelib
chiqqan faktik oqibatlar bilan bog‘langan holda kvalifikatsiya qilish lozim.
Agar subyektning bunday harakatlari natijasida jabrlanuvchiga o‘rtacha
og‘irlikdagi shikast yetkazilgan bo‘lsa, javobgarlik aybdorning qasdi ancha
og‘irroq zarar yetkazishga qaratilgan bo‘lganligi sababli og‘ir tan jarohati
yetkazishga suiqasd deb belgilanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: