O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi yoki kelishuvi – respublikaning bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro
huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi
huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir
1
.
JK 12-moddasi tarkibidagi xalqaro shartnomaning nomlanishi
ahamiyatga ega emas, bu shartnoma, kelishuv, deklaratsiya, konvensiya,
pakt, kommoniya, qaror va boshqalar barchasi teng yuridik kuchga ega.
Shuning uchun, bu aktlarning vaqt bo‘yicha ta’sir etishiga diqqat
qaratiladi.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston bir qator shartnomalarga qo‘shilgan
yoki ularni tan olgan, masalan, terrorizm, separatizm va ekstremizmga
qarshi kurash to‘g‘risidagi Shanxay konvensiyasi
2
;
O‘zbekiston
Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya
to‘g‘risidagi Shartnoma
3
; Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha
huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya
4
va
boshqalar.
Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro shartnoma yoki kelishuvning
bo‘lmasligi O‘zbekiston fuqarosini, masalan, diplomatik muzokaralar
chog‘ida boshqa davlatga berishga monelik qiladi. Bu shaxs mazkur
holatda muqarrar ravishda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga
muvofiq javobgarlikka tortilib, jazolanadi.
JK 12-moddasi 3-qismida jinoyat qonunining makonda amal
qilishiga oid universal tamoyil ko‘rsatilgan. Bu tamoyil boshqa xalqaro
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1995 й. 22 декабрдаги “Ўзбекистон Республикасининг халқаро
шартномалари тўғрисида”ги 172-I-сон қонуни, 3-модда // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг
Ахборотномаси, 1995 й 12-сон 262-модда 2003 й 5-сон 67-модда 2004 й 1-2-сон 18-модда Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й, 49-50-сон, 365-модда.
2
Қаранг: Терроризм, сепаратизм ва экстремизмга қарши кураш тўғрисидаги Шанхай конвенцияси (Шанхай,
2001 й. 15 июнь, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2001 й. 30 августдаги 274-II-сонли қарори
билан ратификация қилинган).
3
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси билан Покистон Ислом Республикаси ўртасида экстрадиция
тшғрисидаги шартнома (Исломобод, 2001 й. 12 майдаги 233-II-сон қарори билан ратификация қилинган).
4
Қаранг: Фуқаролик, оилавий ва жиноий ишлар бўйича ҳуқуқйи ёрдам ва ҳуқуқйи муносабатлар
тўғрисидаги Конвенция (Минск, 1993 й. 22 январ, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1993 й. 6
майдаги 825-ХII-сонли қарори билан ратификация қилинган).
83
hamjamiyatlarda e’tirof etilgan xalqaro jinoyatlar va xalqaro xarakterdagi
jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha respublikada olib borilayotgan jinoyat-
huquqiy siyosat yo‘nalishini aks ettiradi.