Mazkur shartlardan biri bajarilmasa, tergov va sud organlari
tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra, jinoyat
sodir etgan shaxs javobgarlikka tortiladi (masalan, agar aybdor hukm
qilinmagan, qochib ketgan yoki hukm ijro etilishidan qochgan holatlarda).
Shuni
alohida aytish kerakki, xorijiy davlatda sud hokimiyatini
amalga oshiruvchi organlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolik
prinsipining rad etuvchi shartini qo‘llashga ta’sir etmaydi.
JK 12-moddasi 2-qismida
fuqarolik tamoyillarining maxsus
qoidalari, ya’ni sodir etgan jinoyati uchun O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosining xorijiy mamlakat oldidagi javobgarligi bayon qilingan.
Bu qoida quyidagi hollarda, aybdor, ya’ni O‘zbekiston fuqarosi,
boshqa davlat hududida
jinoyat sodir etsa, lekin turli sabablar ta’siri ostida
o‘z vaqtida ushbu davlat tomonidan javobgarlikka tortilmagan bo‘lsa
qo‘llaniladi.
Jinoyat huquqi nazariyasida JK 12-moddasi 2-qismida bayon
qilingan
qoida
Dostları ilə paylaş: