Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 30-moddasi 1-qismiga
muvofiq, tashkilotchi
dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining 
bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha 
1
Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., 
проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 441. 
326 


javobgarlikka tortiladilar. Bu o‘rinda birgalikda jinoyat sodir etgan 
shaxslarning javobgarligi qilmishni sodir qilishdagi ishtirokining xarakteri 
va darajasi bilan belgilanadi. Jinoyat sodir etilishida shaxs ishtirokining 
darajasi va xarakteri esa, o‘z navbatida, tegishli shaxs ijtimoiy xavfliligi 
darajasini belgilaydi. 
Jinoyatdagi ishtirok xususiyati aybdorning ishtirokchilikda sodir 
qilingan jinoyatdagi funksional rolini aniqlaydi. Xususan, agar ishtirokchi 
jinoiy qilmishning obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman bajarsa, u 
bajaruvchi yoki muvofiq ravishda birgalikda bajaruvchi deb tan olinib, 
uning harakatlari, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, faqat JK Maxsus qismi 
tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Agar ishtirokchi 
bajaruvchiga (bajaruvchilarga) ko‘mak bergan holda tashkilotchi, 
dalolatchi yoki yordamchi rolini bajargan bo‘lsa, uning harakatlari, 
bajaruvchi (bajaruvchilar) qilmishini qamrab oluvchi modda bilan 
kvalifikatsiya qilinib, JK 28-moddasining tegishli qismiga ham havola 
qilinadi
1
. Bunda ishtirokchi tomonidan tanlangan rol uning xatti-
harakatlarining ijtimoiy xavfliligi darajasini belgilaydi. Shu bilan birga, 
funksional vazifaning bir xilligida har bir ishtirokchi harakatlarining 
takroriyligi darajasi, irodaning jinoyatni tashkillashtirishga 
yo‘naltirilganligi (qaratilganligi), bajaruvchini ijtimoiy xavfli qilmish sodir 
etishga qiziqtirish yoki unga bunda yordam berish turlicha bo‘lishi 
mumkin. Shunday qilib, ishtirokchilar harakatlarini kvalifikatsiya qilishda 
hamda ularga jazo tayinlashda birgalikdagi jinoiy faoliyatga amalda 
kiritgan ulushi inobatga olinishi zarur. 
Umumiy qoidaga ko‘ra, jinoyatning barcha ishtirokchilari JK Maxsus 
qismining bitta moddasi, bitta qismi (bandi) bo‘yicha javobgar bo‘lishadi. 
Shu bilan birga, ishtirokchilar ayblanayotgan jinoyatlar JK moddasining 
turli qismlarida (turli bandlarida), turli moddalarida, hattoki, turli boblari 
va bo‘limlarida nazarda tutilishi mumkin. Bu ishtirokchilikda sodir etilgan 
jinoyatni hamda ishtirokchining o‘zini tavsiflovchi turli xil obyektiv va 
subyekt belgilarni hisobga olish bilan bog‘liqdir. 
1
Такой подход к юридической оценке сложного вида соучастия обусловлен тем, что описание объективной 
стороны конкретного состава преступления рассчитано именно на индивидуальные действия субъекта. 
327 


Jumladan, ijtimoiy xavfli qilmishni, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini 
tavsiflovchi obyektiv belgilar boshqa ishtirokchilarning qasdi bilan qamrab 
olingan bo‘lsa, javobgarlik ularning zimmasiga yuklatilishi mumkin. 
Masalan, o‘zga shaxsning mulkini uy-joyiga kirib o‘g‘irlashga 
qiziqtirishda dalolatchi hamda bajaruvchiga o‘g‘rilikning aynan shu yo‘l 
bilan sodir etilishi ma’lum bo‘lsa, mazkur baholovchi belgi har ikkala 
ishtirokchini ayblashga asos bo‘ladi. Obyektiv belgilar jinoyat qonuni 
bilan qo‘riqlanadigan obyektning ma’lum bir individual belgilariga 
taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, agar kichik yoshdagi voyaga 
yetmagan shaxsning nomusiga tegishda jinoyat bajaruvchisi jabrlanuvchi 
o‘n to‘rt yoshga yetmaganligini bilmaganida, biroq bu haqda jabrlanuvchi 
o‘n olti yoshda deb bajaruvchiga xabar qilgan jinoyat tashkilotchisiga 
ma’lum bo‘lganida, bajaruvchi o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning 
nomusiga tegish jinoyati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Yoki, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz 
qilish jinoyati (JK 158-moddasi 1-qismi) faqat, jabrlanuvchi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti ekanligi ma’lum bo‘lgan sharoitda sodir qilinishi 
mumkin. Agar ishtirokchilardan biri, boshqa shaxslar bilan birgalikda 
harakat qilgan holda, ko‘rsatilgan vaziyatni anglamasa, uning harakatlari 
boshqa ishtirokchilardan farqli, JK 158-moddasi 1-qismi bo‘yicha emas, 
JK 97-moddasi bo‘yicha qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikatsiya 
qilinishi shart. 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar tarkibi subyekt tomonining 
aqliy (intellektual) elementi jinoyat ishtirokchilari o‘z qilmishlarining, 
birgalikdagi harakatlarining ijtimoiy xavfliligini anglashi, irodaviy 
elementi esa, jinoiy natijaga erishish niyati yoki birgalikdagi xatti-
harakatlarini birlashtirish orqali bu natijaga erishilishiga ongli yo‘l 
qo‘yishda ifodalanadigan qasd bilan belgilanadi. Biroq, shuni yana bir bor 
ta’kidlab o‘tamizki, sud-tergov amaliyotida moddiy mukofot evaziga 
(yollanma tarzda) odam o‘ldirish holatidagi ishtirokchilarning harakatlarini 
yuridik baholashda alohida yondashuv ishlab chiqilgan. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlariga muvofiq, 
«Qotillik uchun haq va’da qilgan tashkilotchi (buyurtmachi)ning 
328 


harakatlari u qaysi sabablarga ko‘ra shunday qilganligidan kelib chiqib, 
Jinoyat kodeksining 28, 97-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya 
qilinmog‘i kerak»
1
. Masalan, agar qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir 
etilganda yordamchi bajaruvchining jabrlanuvchi bilan yomon 
munosabatda bo‘lganligi sababli «oddiy» qasddan odam o‘ldirish (JK 97-
moddasi 1-qismi) sodir etilgan bo‘lsa-yu, keyinchalik jabrlanuvchiga 
nisbatan hech qanday nafrat bo‘lmaganligi va bajaruvchi tamagirlik 
niyatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganligi aniqlansa, 
yordamchi bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat kvalifikatsiya belgili 
emas, balki oddiy qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgarlikka 
tortiladi. 
Agar obyektiv yoxud subyekt belgilar qaysidir ishtirokchi shaxsi bilan 
bog‘liq bo‘lsa, bu belgi haqida boshqa ishtirokchilar bilish-bilmasligidan 
qat’i nazar, shu shaxsni ayblashga asos bo‘ladi. Masalan, o‘g‘rilikni 
takroran sodir etishda takroriylik belgisi jinoyatni takroran sodir etgan 
shaxsga tegishli bo‘ladi, ishtirokchilarning birida retsidiv bo‘lishi esa 
aynan mana shu ishtirokchiga nisbatan retsidivning tan olinishini 
anglatadi. 
Ishtirokchilarning jazosini individuallashtirishda ham xuddi shu qoida 
amal qiladi. Ishtirokchilardan birining shaxsiga mansub yengillashtiruvchi 
va og‘irlashtiruvchi holatlar faqat shu ishtirokchiga jazo tayinlashda 
hisobga olinadi. 
Bajaruvchining qilmishi jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari 
natijasi bo‘lganligi sababli bu ishtirokchilar muayyan tarzda 
bajaruvchining qilmishlari bilan bog‘langandir. Bu bog‘lanish tashkilotchi 
yoki dalolatchi tomonidan ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibi obyektiv tomoni 
ular jinoiy qasdga undagan shaxs tomonidan amalga oshirilishi bilan 
to‘ldiriladi. Shu bilan birga tashkilotchisi, dalolatchisi bilan ular 
tomonidan tashkil etilgan bajaruvchi faoliyati sababiy bog‘lanish jinoiy-
huquqiy ma’nodagi oqibat bo‘lib keluvchi bu faoliyatning natijasi yuzaga 
kelishigacha davom etadi. Shu sababli, ishtirokchi harakatlaridagi 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2004 йил 24 сентябрдаги «Қасддан одам 
ўлдиришга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 14-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 2-
жилд. – 197-б. 
329 


tugallangan jinoyat tarkibi bajaruvchi tomonidan muayyan jinoyat 
tarkibining obyektiv tomoni barcha majburiy belgilarining amalga 
oshirilishida bo‘ladi. 
Moddiy tarkibli jinoyatlarda bajaruvchining xatti-harakatlari 
(harakatsizligi) natijasida qonunda nazarda tutilgan oqibatlarning yuzaga 
kelishi yetarli hisoblanadi. Formal tarkibli jinoyatlarda bajaruvchi qonun 
bilan taqiqlangan qilmishni sodir etishi lozim. Faqat shu holdagina 
tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilarning harakatlari tugallangan deb 
baholanishi kerak. Agar bajaruvchi u yoki bu sabablarga ko‘ra, o‘z 
qilmishini oxiriga yetkazmagan bo‘lsa, javobgarlik jinoyatga suiqasd qilish 
yoki jinoyat sodir etishga tayyorgarlik uchungina yuzaga keladi. Xuddi 
shunday tarzda boshqa ishtirokchilarning harakatlarini ham kvalifikatsiya 
qilish lozim: ular suiqasdni tashkillashtirganlari yoki jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rganlari uchun, suiqasdga yoki jinoyatga tayyorgarlikka 
qiziqtirganlari uchun, va nihoyat, jinoyatga suiqasd yoki tayyorgarlikka 
yordam berganliklari uchun javobgarlikka tortiladi. 
Ishtirokchilar boshlab bergan sababiy qatorni davom ettiruvchi 
bajaruvchi faoliyati ularning qasdi bilan qamrab olingan natijada ayblash 
hajmini belgilab beradi. Bajaruvchi jinoyat rivojlanishining muayyan 
bosqichida jinoyatga suiqasd qilish yoki tayyorgarlik ko‘rish bosqichida 
to‘xtagan hollarda yuzaga kelmagan natijada ishtirokchilarni ayblash 
mumkin emas. Ular bajaruvchi sodir etgan qilmish uchungina 
javobgarlikka tortilishlari mumkin. 
Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining kvalifikatsiyasi, shuningdek, 
ishtirokchilik shakliga bog‘liq bo‘ladi va maxsus belgilar bilan 
ifodalanadi. Jumladan, JKda qayd etiladiki, oldindan til biriktirgan guruh, 
jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari 
tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha 
jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin