Himoyaga ruxsat etaman” O’quv va uslubiy ishlar bo’yicha prorektori



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə16/18
tarix13.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
NOZIMA G`AFUROVA kurs ishi

Tarbiyachi: Tez aytish qilamizmi, bizga Ketring ham qo’shiladi.
- Toshkent - Shoshkent bo’lganmi?
- Shoshkent - Toshkent bo’lganmi?
Tarbiyachi: - Kelinglar bolalar sizlar bilan baland - baland binolarni quramiz. Ketringga baland binolarni qurib, Toshkent sitini yasab ko’rsataylik.
Bolalar jamoa bo’lib, binolar yasaydilar, manzaralar bilan bezatadilar. Ketring bolalarni ishlarini kuzatib, rag’batlantiradi va Toshkentga yana mexmon bo’lib kelishini, boshqa o’rtoqlariga Toshkentni go’zal shahar ekani, u yerdagi bolalar bilimli, aqlli, bolalar ekanini aytib berishini aytadi. Bolalarbilan xayrlashadi.
E’tiborga molik jixat: Bolalar O’zbekiston poytaxti Toshkentligini biladi.
Poytaxtimizda qanday binolar joylashganini, mustaqillik maydonida nimalar joylashganini biladilar. Qurishyasashda jamoa bo’lib ishlaydilar.

Men va mening oilam.
Faoliyat maqsad: oilasini yaqindan tanishtirib bera olishga, ular kasblarini to’g’ri aytishga, oila muqaddas dargox ekanini o’rganadilar. O’zlaridan kattalarni xurmat qilish tarbiyasi beriladi.
Kerakli jixozlar: tarbiyachi va bolalarni oilasi tasvirlangan rasmlar (oldindan olib kelish aytilgan bo’ladi). Oila tasvirlangan rasmlar. Tasviriy faoliyat markazidan rangli qog’ozlar, qaychi va qalamlar.
Faoliyatni borishi: Bolalar mana bu qo’limdagi tasvirlangan, bu bizning oilamiz, turmush o’rtog’im, katta o’g’lim, kichik o’g’lim va qizim. Ular quyidafi ishlar bilan shug’ullanadilar dadamiz tadbirkor, men bog’chada ishlayman, katta o’g’lim haydovchi, kichik o’g’lim talaba, qizim esa o’quvchi. Biz axil oilamiz. Sizlarchi?
Tarbiyachi: Bolalar oila shunday muqaddas joyki, Vatanimiz mana shu oiladan boshlanadi.
Oilalar qanchalik tinch va farovon bo’lsa, yurtimiz ham tinch bo’ladi. Oilada hamma bir-birini hurmat qiladi. Ota-ona oilaga boshchilik qiladi. Oila xuddi daraxt chizish orqali oilani tushuntirib beradi.
- Kelinglar endi sizlar bilan tasviriy faoliyat markazida ishlaymiz. U yerda oilamizni tasvirlashga harakat qilamiz. Hammamiz yoqtirgan rangli qog’ozimizdan olamiz va kaftlarimizni uning ustiga qo’yamiz va barmoqlar atrofini chizib, qaychi yordamida qirqib chiqamiz. Mana bunday qilib. (Kaft va barmoqlar). Endi har birimiz barmoqlarimizga ota-onamizni, aka-opalarimizni aks ettiramiz. Tarbiyachi bolalarga yoprdamlashadi. Hammamiz o’z oilamizni tayyorlab bo’ldikmi? Tarbiyachi bolalardan izox so’raydi, bilimlarini mustaxkamlab, bolalar ishlarini doskaga huddi daraxt singari yelimlaydi. Mana bolalar har bir oiladan butun bir daraxt bo’ldi, bu esa vatanimizni mana shunday oilalar tashkil etadi, -deb tushuntiradi. Oilani sevishni va kattalarga hurmatda bo’lishlarini ta’kidlab, aks holda daraxt bargi to’kilishini aytadi. Bolalarni rag’batlantirib, mashg’ulotni yakunlaydi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin