Hosilani funksiyani tekshirishga tadbiqi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə9/14
tarix23.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#62125
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
nigora

5 - Teorema. (3 - yetarli shart) f(x) funksiya uchun x0 nuqta va o’z navbatida f ‘(x0) = f «(х0) - f(n-1)(x0) = 0 tengliklar o’rinli va f (n)(x0) ≠ 0 bo’lsin. Unda:

  1. agar n juft bo’lib, f(n) (x0) <0 bo’lsa, x0 - qat’iy maksimum nuqta, f(n) (x0) > 0 bo’lsa, x0 – qat’iy minimum nuqta bo’ladi;

  2. agarda n - toq bo’lsa, x0 - ekstremum nuqta bo’lmaydi.

Masalan, у = х4 funksiya uchun y’(x) = 4x3, y»(x) = 12x2, y’»(x) = 24x, y»«(x) 24. y’ = 0 tenglama yechimi x = 0 statsionar nuqtada y’(0) = y»(0) = y’»(0) = 0 va y»«(0) = 24 > 0 bo’lgani uchun, uchinchi yetarli shartga ko’ra x = 0 - qat’iy minimum nuqta va y(0) = 0.
3. Funksiyaning to’plamda eng katta va eng kichik qiymatlari
Amaliy iqtisodiyot, xususan optimatlash masalalarida funksiyaning V to’plamda eng katta va eng kichik qiymallarini, ya’ni global ekstrcmumlarini topish muhim ahamiyatga ega.
Bir o’zgaruvchili y = f(x) funksiya biror - bir V€R, to’plamda aniqlangan va x0 € V bo’lsin.
Agar liar bir x0 € V uchun f(x) ≤ f(x0) tengsizlik bajarilsa, x0 nuqtada f(x) funksiya o’zining eng katta fmax= f(x0) qiymatini qabul qiladi va aksincha, har bir x € V uchun f(x) > f(x0) munosabat o’rinli bo’lsa, u holda x() nuqtada f(x) funksiya o’zining eng kichik fmin= f(x0) qiymatiga erishadi deyiladi.
Agar y = f(x) funksiya V = [a;b] kesmada uzluksiz bo’lsa, ixcham to’plamda uzluksiz funksiya xossalaridan biriga ko’ra (§5ga qarang) u ushbu kesmada o’zining eng katta va eng kichik qiymatlarini qabul qiladi. Funksiya o’zining global ekstremumlarini nafaqat kesmaga tegishli ekstremum nuqtalarida, shu bilan birga uning chetki nuqtalarida ham erishishi mumkin.
Funksiyaning kesmada eng katta va eng kichik qiymatlarini topish uchun:
a) funksiyaning kesmaga tegishli kritik nuqtalari aniqlaniladi;
b) funksiyaning topilgan kritik nuqtalarida va kesmaning chetki nuqtalarida qiymatlari hisoblanadi;
c) ushbu qiymatlar o’zaro solishtiriladi va eng katta, eng kichigi tanlanadi.
Masala. f(x) = x + l/x , [0.01;10] kesmadagi eng katta va eng kichik qiymatlarini toping.
f ‘(x) = (x + 1/x)’ = 1-1/x2 boiib, x = ±1 nuqtalar funksiyaning statsionar nuqtalaridir. Ulardan x = l nuqta kesmaga tegishli yagona statsionar nuqta.
Shunday qilib, x = 0,01, x = 1 va x = 10 nuqtalarda funksiya qiymatlarini hisoblaymiz:
f (0,01) = 100,01; f (1) = 2; f (10) = 10,1. Demak, qaralayotgan kesmada funksiyaning global minimumi x = 1 nuqtada bo’lib, f min = f (1) = 2, x = 0,01 nuqta esa uning global maksimumi va f max = f (0,01) = 100,01.
Agar qaralayotgan kesmada funksiya uzilish nuqtalariga ega bo’lsa, yuqoridagilarga qo’shimcha, funksiyani uzilish nuqtalarida tekshirishlar qo’shiladi. Funksiya (a;b) intervalda berilgan bo’lsa, funksiyani a nuqtada o’ngdan, b nuqtada esa chapdan tekshirish talab qilinadi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin