Hujayra sikli va rak hujayralari


Kurs ishining ilmiy o’rganganligi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/18
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
HUJAYRA SIKLI VA RAK HUJAYRALARI

Kurs ishining ilmiy o’rganganligi. Yadrodagi o‘zgarishlar oq ibatida (birga) sitoplazmada ham qaytarib bo‘lmas o‘zgarishlar yuz berib, buning natijasida hujayra halok bo‘ladi.
Adabiyotlar tahlili. Turli hujayralar Geydengayn temir gematoksilini bilan bo‘yalganda sentrosoma ikkita sentrioladan iborat ekanligi kuriladi. Senriolalar sferik massa markazida joylashib, bu massa senroplazma yoki sentrosfera deb ataladi. Sntriolalar zich donachalar (kattaligi 0,2-0,8 mkm) holida ko‘rinib, o‘zaro ingichka tortma-sentrodesmoza bilan bog‘langan. Interfaza holatidagi hujayralarda hujayra markazi ikkita sentrioladan (diplosomadan) iborat. Bo‘linish davrida esa uning tuzilishi murakkablashib, atrofida nurli zona-astrosfera hosil bo‘ladi. Hujayra markazining tuzilishi to‘qrisidagi asosiy ma’lumotlar elektron mikroskopik tadqiqotlar natijasida mukammalashdi. Sentriola silindirsimon tanacha bo‘lib, uzunligi 0,3-0,6 mkm va diametri 0,1-0,15 mkm Tanachaning devori bir-biriga parallel yotgan naychalardan tashkil topgan bo‘lib, bir-biridan gomogen, zich oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 guruh bo‘lib joylashadi. Xar bir guruh 3 mikronaychadan tashkil topgan bo‘lib, ularni triplet deb yuritiladi. Tripletning birinchi mikronaychasi (A-mikronaycha)diametri 250 nm, devor qalinligi 5 nm bo‘lib, 13 globulyar subbirlikdan tuzilgan. Xar bir triplet uzunligi senriola uzunligiga teng. Ikkinchi va uchinchi (V va S-mikronaychalar) A mikronaychadan farq qilib, ularning devori 13 emas, balki 11 globulyar subbirlikdan tashkil topgan. Uchala mikronaycha zich yotadi. Senriolada mikronaychadan tashqari yana qo‘shimcha tuzimlar bor A mikronaychadan ikki o‘siqcha (kulcha) lar chiqib, ularning biri qo‘shni tripletning S mikronaychasiga, ikkinchisi esa sentriola markaziga yo‘nalgan. Sentriola silindirning markazida “arava G‘ildiragi” singari tuzilma bo‘lib, u “o‘q qism” va 9 ta spisadan tashkil topgan. Spisaning har biri tripletning A mikronaychasiga qarab yo‘nalgan.
Kurs ishining maqsadi. Xamma hujayralar ma’lum muddatda yashaydi. Masalan, eritrositlar 120 kungacha, epidermis hujayralari 4-10 kun va hakozo. Nerv va mushak to‘qimasi hujayralari organizmning butun hayoti davomida yangbilanmaydi, degan fikrlar ham bor. Hujayra o‘lish vaqtida hujayra yadrosi piknozga (yadro zichlashishi va donadorlikni yo‘qotib kichrayishi), karioreksisga (yadroning mayda donachalarga bo‘linib ketishi), kariolizisga (yadroinng erib ketishi) uchrashi mumkin.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin