Huquqiy mezonlari



Yüklə 121,19 Kb.
səhifə13/15
tarix13.06.2023
ölçüsü121,19 Kb.
#129528
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ZAMONAVIY RAHBAR Diplom ishi

Devid Parmentrerning “Key Performance Indicators: Developing, Implementing and Using” nomli kitobida mazkur terminlarga quyidagicha ta’rif berilgan:
Samaradorlik ko‘rsatkichlari” (“Performance indicators”) – samaradorlikni oshirishda kundalik ishlarda nimalar qilish kerakligini ifodalaydi;
Eng muhim natijadorlik ko‘rsatkichlari” (“Key results indicators - KRI”) – samaradorlikni oshirishda kelajakda nimalar qilish kerakligini ifodalaydi;
Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari” (“Key performance indicators – KPI”) - samaradorlikni keskin oshirishda nimalar qilish kerakligini ifodalaydi.

KPI haqidagi ilk tushunchalar XX asrning 50-yillarida Piter Drukerning “Maqsadga sari boshqarish” g‘oyasi orqali shakllana boshlagan.


Uning fikricha, natijadorlikka erishish uchun samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan alohida shug‘ullanish kerak. Va rahbarlarni kundalik ishlar bilan band qilmasdan, belgilangan ustuvor vazifalar hamda asosiy maqsad sari faoliyat olib borishi uchun samara beradigan ko‘rsatkichlar bilan shug‘ullanish kerakligini ta’kidlagan.
KPIga qarab rahbar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish orqali ish samaradorligini yanada oshirish tizimi Yevropada dastlab 1970 yillarda ro‘y bergan iqtisodiy inqiroz davrida vujudga kelgan. Sababi, Fransiya, Germaniya, Portugaliya kabi Yevropa davlatlarida davlat xizmatchilarining ish haqlari xususiy sektordagilarga nisbatan ancha past bo‘lgan. Ish haqini oshirish uchun esa soliqlarni yanada oshirish talab qilingan.
Sir emas, iqtisodiy inqiroz davrida soliqlarni oshirish emas, aksincha xususiy sektorga imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotni ko‘tarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday murakkab vaziyatda, malakali kadrlarni davlat tizimida saqlab qolish va davlat boshqaruvi tizimida ish samaradorlikni yanada oshirish uchun yangicha boshqaruv tizimiga o‘tish davr talabiga aylangan.
Dastlabki vaqtlarda, ya’ni 1980 yillarda G‘arbiy Yevropa davlatlarining aksariyati davlat xizmatchilarining erishgan yuqori natijadorligi uchun ularni moddiy rag‘batlantirishdan ko‘ra, yuqori lavozimlarga tayinlash usullaridan ko‘proq foydalangan. Moddiy rag‘batlantirish faqat yuqori bo‘g‘in rahbarlariga nisbatan qo‘llanilgan.
Nihoyat, 1990 yillarga kelib Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Kanada va AQSh kabi davlatlarda yuqori va o‘rta bo‘g‘in davlat xizmatchilarini ham moddiy rag‘batlantirish boshlangan. 2004 yildan esa Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari mazkur tizimga o‘tgan.
Har bir tashkilot (idora, korxona va muassasa)larda ham KPI tizimini amaliyotga tadbiq etish uchun quyidagi algoritmga amal qilish kerak bo‘ladi:


  1. Yüklə 121,19 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin