3.2 Rahbar kadrlarni baholash (KPI) tartibini ishlab chiqilishi va istiqbollari. Davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, bir-birini takrorlovchi hamda oʻz vakolatlariga doir boʻlmagan ortiqcha funksiyalar bilan shugʻullanish, xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xoʻjalik funksiyalarini birga qoʻshib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda ijtimoiy taʼminlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida mamlakatimizda davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, qabul qilingan strategik va dasturiy hujjatlarda har bir sohani rivojlantirish boʻyicha katta marralar belgilandi.
Islohotlar tezligi hamda hudud va sohalarni rivojlantirish boʻyicha belgilanayotgan marralar davlat xizmatining har bir yoʻnalishida ish tashkil etishni tubdan qayta koʻrib chiqishni taqozo etadi. Xususan, endilikda eskicha boshqaruv usullari bilan yangi Oʻzbekistonni qurib boʻlmaydi. Boshqacha aytganda, bugungi qoʻyilayotgan talabning oʻzi har bir sohada zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etishni talab etmoqda.
Aynan shu maqsadda mamlakatimiz rahbarining 2019-yil 3-oktyabrdagi Farmoniga asosan davlat fuqarolik xizmati tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borish, zamonaviy boshqaruv usullarini qoʻllash orqali davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini oshirish, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.9 Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijro hokimiyati tizimida zamonaviy boshqaruv usullarini amalda joriy etish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi. Xususan, davlat rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi nutqida quyidagilarni alohida taʼkidladi: