Asosiy faktorlar quyidagilar: Birinchi faktor – voleybolchini o’yin texnikasini yoki usullarini qanday egallaganligidir. Voleybol o’yin qoidasi, bu musobaqalashishdan iboratdir. O’yin usullarni egallamagan bo’lsa, musobaqalashish mumkin emas. Agar o’yin usullari va o’yin texnikasi qanchalik yaxshi o’zlashtirilgan bo’lsa, bu voleybolchini musobaqa potensiali shuncha qup bo’ladi.
Ikkinchi faktor –voleybolchini o’yin taktikasini qanday egallaganligi.
Voleybolchini taktik harakatlari, texnik potensialni musobaqa sharoitida maksadga muvofiq natija ko’rsatishga xizmat qiladi.
Birinchi va ikkinchi faktorlar bir-biriga bog’liq. Taktik harakatlar voleybolchini texnik mahoratiga bog’liq. Texnik usullarni maksimal darajada qullash, taktik harakatlarni xilma-xilligiga bog’liqdir. Voleybolchini texnik taktik tayyorgarligi bu sport mahoratining asosidir.
Uchinchi faktor –texnik–taktik aorsenalni qo’llanilishi. Texnik usullar va taktik harakatlarni musobaqa sharoitida to’liq qo’llay bilishdir. Amaliyotdan ma’lumki, juda ko’p voleybolchilar nimani ko’proq bilsalar, musobaqa sharoitida va teng kuchli raqib jamoasiga qarshi shu texnik va taktik arsenalini qo’llaydi.
To’rtinchi faktor –musobaqa sharoitida texnik-taktik harakatlarni effektivligi. Effektivlik ikki ko’rsatkichdan iborat – to’pni yutish va yutqazish. O’yinchini xatosi jamoa tomonidan to’pni yutqazishga olib keladi va xuddi shunday o’yinchi to’pni yutishi jamoani to’p yutishiga olib keladi. To’p yutish ochko yutishga yoki to’p kiritishni yutishga olib keladi. hal qiluvchi partiyada, har bir yutilgan to’p ochko olib keladi. Musobaqada uchrashuvlarni yutish voleybolni sport natijalarini tashkil qiladi. Musobaqada texnik-taktik arsenalni qo’llabgina qolmasdan, balki uchrashuvni yutish ham kerak.
Beshinchi faktor –voleybolchini o’yin funksiyalarni bajarish mahorati. SHu funksiyalarni bajarish mahorati yuqori bo’lgan o’yinchilar orqali jamoa tuziladi. Bu tuzilgan jamoa hujumlar va himoyada musobaqa sharoitida yuqori natija ko’rsata olishi kerak. Voleybolchi o’yin vaktida taktik harakatlari quyidagi faktorlarga bog’liq.
Birinchidan – maxsus sifatlarni yuqori darajada rivojlanganligi, javob harakatlarining tezligi, murakkab reaksiyalar tezligi, taktik fikrlash doirasi, maydonda harakatlanish va hokazolar.