Qayiqchi barchani qanday qilib daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga olib o`tishi
mumkin?
Yechish. Masalani yechish jarayonida
mulohazalar zanjiri tuzib, quyidagi jadvalni
to`ldiramiz
Bir qirg`oqda
Daryo
Ikkinchi qirg`oqda
Bo`ri, Karam
Qayiqch i, Echki
Bo`ri, Karam
Qayiqchi
Echki
Karam
Qayiqchi, Bo`ri
Echki
Karam
Qayiqchi, Echki
Bo`ri
Echki
Qayiqchi,
Karam
Bo`ri
Echki
Qayiqchi
Bo`ri,Karam
Qayiqchi, Echki
Bo`ri, Karam
Masalani 2-usulda quyidagicha yechish mumkin
Bir qirg`oqda
Daryo
Ikkinchi qirg`oq
1) Bo`ri, Karam
Qayiqchi, Echki
2) Bo`ri, Karam
Qayiqchi
Echki
3) Bo`ri
Qayiqchi, Karim
Echki
4) Bo`ri
Qayiqchi, Echki Karam
5) Echki
Qayiqchi, Bo`ri
Karam
6) Echki
Qayiqchi
Bo`ri, Karam
7)
Qayiqchi, Echki
Bo`ri, Karam
Sekin asta kechib o`tishga doir masalalar mazmuni murakkablashib boradi.
II BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida mantiq elementlarini o’rgatishda
ta’lim texnologiyalaridan foydalaninsh.
2.1 Boshlang’ich sinflarda matematik mantiq elementlarini o’rgatish
Boshlang`ich sinflar matematika kursiga mantiqiy masalalarning kiritilishini, bir tomondan,
bu masalalarni yechish o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazib, ulardan
o`z fikrini mantiqiy izchillik asosida ifodalash ko`nikmalarini tarkib toptirishi
bilan
izohlansa,
ikkinchi tomondan, bu masalalarni yechishda hisoblashlarni bajarish umuman
kerak bo`lmasligi yoki yordamchi rol o`ynab, faqat arifmetikaga doir ma’lumotlar bilan
chegaralanishi orqali izohlanadi.
Kombinatorik masalalarni yechish ham mantiqiy masalalar kabi o`quvchilarning matematik
rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazadi.
Mantiqiy, kombinatorik va nosatndart masalalarda keltirilgan holatlar,
vaziyatlarni tahlil
etish asosida o`quvchilar zaruriy axborotni izlash va ajratish ko`nikmalarini egallaydilar,
sabab-oqibat bog`lanishlarini o`rnatadilar, mulohaza qilishning
mantiqiy zanjirini qurib,
konkret shartlarga tayangan holda masalaning eng qulay samarali yechish usullarini tanlash
va yechish kabi o`quv faoliyatining kompotensiyaisi shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Gipotezalarni tuzish va tekshirish asosida yechiladigan mantiqiy masalalar o`quvchilarning
tadqiqot qilish ko`nikma va malakalarini rivojlantirib, quyidagi bosqichlarni o`z
ichiga
oladi:
1) muammoning qo`yilishi;
2) qo`yilgan muammoni o`rganish;
3) tadqiqot gipotezasini tuzish;
4) gipotezani tekshirish(gipotezani tasdiqlash yoki rad etish);
5) xulosalarini ifodalash;
6) hosil qilingan xulosalarni tahlil etish va umumlashtirish.
Bu bosqichlarni quyidagi masalani yechish asosida konkretlashtiramiz.