bo‘ladigan bilimlar malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi. Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi
bo‘lib odatda o‘z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala yechuvchidan
analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va
hokazolarni talab qiladi. Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi.
Bitta amal bilan echilishi mumkin bo‘lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta
sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida
echiladigan masalalarga murakkab masalalar deyiladi. Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush
bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu masalaga 2 ta teskari masala tuzish mumkin.
1)Daraxt shoxida bir nechta qush bor edi. 2 ta qush uchib ketgandan so‘ng daraxt shoxida
4 ta qush qoldi. Daraxt shoxida nechta qush qoldi? 2)Daraxt shoxida 6 ta qush qo‘nib turgan
edi, bir nechta qush uchib ketgandan so‘ng 2 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketdi.
Kechib o`tishga doir masalalarda daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga suzish
vositasi (qayiq)dan foydalanib, o`tkazish ko`rilib, bunda muammo bu vositalarning
yetishmasligi, ular ko`tara oladigan yuk massasi chegaralanganligi, passajirlar soni va
ularning tarkibi bilan bog`liq bo`ladi.
Bu turdagi masalalarni yechimini jadval ko`rinishida ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Bunda jadvalning o`rta ustuniga kechib o`tayotganlar, birinchi va oxirgi ustuniga kechuv
davrida mos ravishda bir qirg`oqda hamda ikkinchi qirg`oqda qolganlar yoziladi. Jadvalni
to`ldirishda quyidagilarga qat’iy rioya etish zarur: bitta satrda har bir kechib o`tuvchi yo
markaziy ustunda, yoki birinchi ustunda, yoki oxirgi ustunda faqat bir marta yoziladi.
Masalani yechish jarayonida o`quvchilar yo`l qo`yadigan asosiy xatoliklar ham shundan
iborat bo`ladiki, ular kechib o`tuvchilardan birortasini yozishni esdan chiqaradilar yoki ikki
marta yozib qo`yadilar.
Bu turdagi masalalar ko`p hollarda bir nechta yechimga ega bo`ladi. Shuning uchun
o`quvchilar bilan birgalikda ularning hech bo`lmaganda ikkitasini ko`rib o`tish, ularni
taqqoslash va farqini ko`rsatish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: