2.2 4-sinflarda matematik mantiq elementlarini o’rgatishda ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish.
Pedagogik texnoliogiyalar shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida o’qituvchi faoliyati
faollashadi, talaba yoshlarda, bilimga chanqoqlik, insonparvarlik tuyg’ulari shakllanadi.
Shuningdek ta’limni texnologiyalashtirish asosida o’quvchilarda tabiat va inson
uzviyligini anglab yetadigan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan,
milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishda asosiy
omillaridan biridir.
Umuman “Texnologiya” tushunchasi yunoncha so’z bo’lib, ikki so’zdan iborat.
Birinchisi “Texnos” –san’at, hunar ikkinchisi bu “logos” – fan so’zlaridan tashkil topgan.
Ya’ni, “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Lekin bu ifodalash zamonaviy texnologik
jarayonni to’liq harakterlab beriladi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalardan,
sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda
tutadi.
Pedagogik texnologiya bu o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga
muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularga oldindan
belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Metodikaning
texnalogiyadan farqi shundaki, metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkaqiz bo’yicha
tavsiyalar majmuasidan iborat. Pedagogik texnologiya esa o’qituvchining kasbiy
faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan majmua yig’indisidir.
Yangi ped texnologiyaning muhum elementlari bo’lgan aqliy hujum, bahs-munozara,
guruhlarga bo’linib va juft bo’lib ishlash va boshqa tushunchalarning mazmunini kengroq
ochib berishga va matematika fanlarining o’qitish jarayoniga qo’llashning o’ziga xos
tomonlarini kengroq ochib berishga keng imkoniyat yaratadi.
Maktab insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biridir. O;qitishdan asosiy maqsad
shaxsni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aqliy, jismoniy faoliyat
imkoniyatlarini ko’paytirish, unga tabiat va jamiyat qonunlarini o’rgatishdan iborat.
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan insoniyatning turmush tarzi, bilim olish imkoniyatlari
va buning uchun xizmat qiluvchi vositalar ham o’zgarib bormoqda.
Ilmiy adabiyotlar o`qitishning an`anaviy va zamonaviy usullari, ularning afzalliklari
va kamchiliklari hamda ulardan sharoitga qarab foydalanish haqida mulohaza yuritish
davom etmoqda. An`anaviy o`qitish usullari katta hajmdagi ma`lumotlarni batafsil ravishda
o`quvchilarga o`qituvchi tomonidan taqdim etilishiga, berilgan ma`lumotlarni ko`p marta
takrorlab o`zlashtirishga asoslangan.
An`anaviy o`qitish usullari asosida ham turli mutaxassisliklarni tayyorlashda
muvaffaqiyatlarga erishildi. Ammo, yuksak texnik taraqqiyot zamoni va bozor iqtisodiyoti
talablari nuqtai nazaridan qaralganda, an`anaviy o`qitish usullarining kamchiliklari ham
namoyon bo`ldi. An`anaviy o`qitish usullarida o`quvchining mustaqil bilim olishga
o`rgatish, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga hamda o`quv jarayonini
demokrativlashtirishga ham e`tibor beriladi.
Hozirgi kunda boshlang`ich sinflarda har bir fandan shu darajada ko`p ma`lumotlar
mavjudki, ularni an`anaviy o`qitish usullari yordamida `oquvchilarga yetkazishning imkoni
yetarli emas.
Shuning uchun ham yuksak texnik va bozor iqtisodiyoti sharoitida o`quvchilarning
yetarlicha bilimlarni olishlari uchun ta`limning har bir pog`onalarida mustaqil ishlarga,
ijodiy va tanqidiy fikrlashga o`rgatish, ularga bilim olish ichki motivatsiyasini, mantiqiy
fikrlash qobiliyatini shakllantirishga e`tibor qaratish lozim. Bu masalalar zamonaviy
pedtexnologiyaning asosiy elementlaridan hisoblanadi. Zanonaviy pedtexnologiya bilim
oluvchilarni tanqidiy fikrlashga o`rgatishga, aqliy hujum va guruhli ish uslubiga katta
e`tabor beriladi.
Mulohaza fazasida o`quvchi olgan bilimlarini har tomonlama tahlil qilib, o`z so`zi
bilan ifodalab, amaliyotda qo`llay oladi.
O`quvchilarga yangi tushunchalarni va bilimlarni yetkazib berishda, muommoli
masalalarni hal etishda va o`quvchilarning faolligini oshirishda aqliy hujum usulidan
ko`proq foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda aniq maqsad asosida o`quvchilarga
beriladigan bilimlar o`quvchilar hukmiga havola etiladi. Bunda barcha o`quvchilarga
muommoning yechimiga tegishli, o`z fikrini cheklanmagan holda bayon etish imkoniyati
yaratiladi. Barcha javoblarning to`g`ri yoki noto`g`riligidan qat`iy nazar tanqid qilinmasdan
yozib boriladi. Aqliy hujum to`xtatilgandan so`ng javoblar muhokama qilinib, qo`yilgan
maqsadga eng yaqini qabul qilinadi. Aqliy hujum usulidan boshlang`ich sinf matematika
darsligida o`quvchilarni guruhlarga bo`lib yoki bo`lmasdan ham foydalanish mumkin.
Umuman olganda `oquvchilarning birgalikda o`qish va ishlash jarayoni ta`limning hamma
pog`onasida yaxshi natija beradi.
Guruhiy ishlash usulidan foydalanish uchun o`quvchilar kichik guruhlarga (2, 5
kishilik ) bo`linadi. Keyinchalik, bu guruhlar bir xil mazmunda ish olib borishlari mumkin.
Bir xil mavzuda olib borilgan guruhlarning ishi o`zaro taqqoslanadi. Bunda raqobat holati
ham yuzaga keladi, har xil mavzuda olib boriladigan guruhiy ish usulida yagona maqsad
bir necha qismlarga bo`linib guruhlarga topshiriladi. Har bir guruh topshiriqning o`ziga
tegishli qismini amalga oshiradilar. Javoblar birlashtirilganda yagona maqsad mazmuni
aniq ko`rinadi.
Bir qator o`qituvchilar tajribasidan ma`lumki, birgalikda o`qish yoki guruhiy ishlash
usuli orqali guruh a`zolarining yaxshi o`zlashtirishiga va ularda matematika fanlarini
o`rganishga bo`lgan qiziqishini o`stirishga erishish mumkin.
Ta`kidlash mumkinki, keyingi vaqtlarda kolkulyatorlardan yoki boshqa hisoblash
vositalaridan haddan tashqari ko`p fodalanish natijasida ko`pchilik o`quvchilar mantiqiy
fikrlashdan uzoqlashib, matematik amallar , og`zaki va yozma hisoblashlarning mohiyatini
tasavvur qilishda qiynalmoqdalar. Shuning uchun ham aniq fanlarni o`qitishda
o`quvchilarning ularni aniq tasavvur qila olishlariga e`tabor berish lozim. Aks holda
o`quvchilarning o`zlashtirishlari mexanik va yuzaki bo`lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |