Alkaloidlar - Alkaloidlar faqat o’simliklarda uchraydigan geterotsiklik organik birikmalar bo’lib, tarkibida asos xossasiga ega bo’lgan azot atomi tutadi. Alkaloidlar fiziologik jihatdan uta aktiv birikmalar bo’lganligi sababli, odam va hayvonlar organizmiga kuchli ta’sir kursatadi ko’p alkaloidlar zaharli moddalardir.
Alkaloidlar (arabcha algali — ishqor demak) kislotalar bilan reaktsiyaga kirishib, tuz hosil qiladi.
XULOSA O’simliklarda alkaloidlar, asosan, malat, tartarat, tsitrat va boshqa kislotalarning tuzlari sifatida uchraydi. Ko’pchilik alkaloidlar maxsus reaktivlar — fosfovalg’framat, fosfomolibdat, pikrinat, dubilg’ kislota va boshqalar yordamida chukmaga tushiriladi. Erkin holdagi alkaloidlar suvda erimaydi, ammo opganik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Ko’pchilik alkaloidlar xalq xujaligining turli tarmoqlarida, jumladan, meditsina, veterinariya, qishloq xo’jaligida va boshqa sohalarda ko’p ishlatiladi.
Vitaminlar – tarjima qilinganda “Hayot aminlari” mahnosini beradi, fiziologik faol moddalar bo’lib, organizmning normal faoliyati uchun juda zarurdir. Vitaminlar X1X – XX asrlarda kashf etilgan birikmalardir. Hozirgi vaqtda vitaminlarning 30 ga yaqin turi aniqlangan. Fiziologik jihatdan eng muhimlari qatoriga vitamin A, V2 (riboflavin), V1 (tiamin), V6 (piridoksin), V12, V15, S (askorbin kislotasi), D, Ye, F, K, R (rutin), RR (nikotin kislotasi), foliy , pantoten paraaminbenzoy kislotalari, inozit, xolin, biotin va boshqalar.
Glikozidlar - Barcha monosaxaridlar va oligosaxaridlarning yuqori reaktsion qobilnyatga ega bo’lgan gidroksil gruppasi biron-bir uglevod tabiatiga ega bulmagan modda bilan uzaro reaktsiyaga kirishishi natijasida hosil buladigan birikmalar glikozidlar yoki geteroglikozidlar deb ataladi. Bu gruppaga kiradigan birikmalarning ximiyaviy tabiati turlicha bo’lib, umumiyligi faqat hammasi ham shakarlarning va ko’pincha monosaxaridlarning hosilasi bulishidir. Glikozidlar tarkibidagi uglevod tabiatiga ega bulmagan moddalar aglikonlar yoki geninlar deb ataladi. Aglikon sifatida turli spirtlar, aromatik birikmalar, tarkibida oltingugurt tutuvchi moddalar, steroidlar, polifenollar va pigmentlar uchraydi.
Saponinlar – murakkab tuzilishga ega bo’lgan glikozidlar, ular suv bilan chayqatilganda turg’un ko’pik hosil qiladi. “Sapo” – lotincha – sovun degan mahnononi bildiradi. Parchalanganda qandlar va aglikon – sarogenin moddasini hosil qiladi. Mana shu birikma dorivorlik xususiyatini namoyon qiladi va meditsinada saponin tutuvchi dorivor o’simliklar balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.