I bob. Fitogormonlarga o'xshash xususiyatlarga EGA moddalar sifati



Yüklə 128,63 Kb.
səhifə8/10
tarix07.01.2024
ölçüsü128,63 Kb.
#205361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
.FITOGORMONLAR

Oshlovi moddalar yoki tanidlar - O’simliklar tarkibida oshlovchi moddalar yoki tanninlar deb ataladigan birikmalar ko’p uchraydi. Bular molekulyar massasi 500 dan 3000 gacha bo’lgan polioksifenol birikmalarning geterogen gruppasidan iborat. Xom teri ana shu moddalar bilan oshlansa, suv va bakteriyalarga chidamli bo’lgan pishiq va elastik holatga keladi. SHuning uchun ular oshlovchi moddalar deb ham yuritiladi. Oshlovchi moddalar suvda va spirtda yaxshi eriydi. Ular o’simliklarning bargi va tanasidagi g’urra va shishlarda ko’p to’planadi. Oshlovchi moddalar ko’p o’simliklarning, jumladan, eman, akatsiya, oqqayin, kashtan, tol kabi daraxtlar pustlog’ida, shovul, rovoch va zanjovul kabi o’simliklar ildizida ko’p tup­lanadi. Ular tarkibidagi fenol halqalar tipiga va ularning uzaro bog’lanishiga qarab ikki guruhga bo’linadi.
Polisaxaridlar – murakkab uglevodlar bo’lib, oqsil va yog’lar kabi muhim ahamiyatga ega va keng tarqalgan organik birikmalar.Ular hayvon va o’simlik organizmi uchun zaur birikmalar hisoblanadi.
Elimlar va shilliq moddalar - Bulargeteropolisaxaridlar turkumiga kiradi, parchalanganda galaktoza, mannoza, glyukoza, ramnoza va b monosaxaridlar hosil qidadi. Bular suvda shishadi va qovushqoq eritmalar hosil qiladi. Bu moddlarga o’rik, olcha, olxo’ri,bodom daraxtlarining shikastlangan joyidan ajralib chiqadigan yelim misol bo’la oladi. Shilimshiq moddalar esa zig’ir, suli, behi, beda va sebarga o’simliklari urug’ida ko’p bo’ladi.
Organik kislotalar - Organik kislotalar o’simliklar tarkibida uchraydigan boshqa muhim birikmalar — uglevodlar va oqsillar kabi juda keng taqalgan moddalar hisoblanadi. Ular o’simliklarning hamma qismida: urug’i, bargi, ildizlarida, gulida va mevalarida uchraydi. Nordon mevalar tarkibida organik kislota­lar erkin holda va qisman nordon tuzlar sifatida uchraydi. Ba’zi o’simliklar bargida, masalan, rovoch, otquloqning barglarida va poyasida erkin organik kislotalar yoki ularning nordon tuzlari ko’p to’planadi. O’simliklarning turli qismlarida uchraydigan organik kislotalar miqdori bir xil emas. Urug’da ular 0,5% ga yaqin bulsa, barg va mevalarda 8—12% ni tashkil qiladi. Ular ayniqsa loviya doni, tamaki bargi, limon mevasi tarkibida ko’p tuplanadi.

Yüklə 128,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin