Efir moylari - Ko’pchilik o’simliklar uzidan xushbuy hid tarqatish xususiyatiga ega. Bunday hidni efir moylar deb ataladigan va tarkibida 5, 10, 15, 20 ta uglerod atomi bo’lgan birikmalar tutuvchi moddalar tarqatadi. Efir moylar, odatda, maxsus hujayralar yoki hujayralar tuplamida hosil buladi. Bunday hujayralar butun o’simlik buylab diffuziya holda tarqalgan ayrim bez xujayralaridan yoki ko’pincha barg va poyani qoplab oladigan bezli tukchalardan iborat. Bunday hollarda efir moylar hujayralarda bir yoki bir necha tomchi sifatida tuplanadi. Masalan, qarag’ay daraxtidan ajratib olinadigan smola daraxt pustlaridagi smola yullarini qoplab olgan hujayralarda hosil buladi.Fenolli birikmalar - Fenollar o’simliklar olamida keng tarqalgan xilma-xil moddalarni uz ichiga oladigan katta gruppani tashkil qiladi. Tarkibida bitta yoki bir nechta gidroksil gruppa tutuvchi aromatik yoki benzol halqa bulishi fenollarga xos umumiylikdir.Barcha fenol birikmalari fenol (S6N5ON)ning hosilalari hisoblanadi. Benzol halqada ikkita va undan ortiq gidroksil gruppa tutuvchi birikmalar polifenollar deb ataladi.
Yaqin vaqtgacha fenol birikmalari moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti, yahni uziga xos chiqindi sifatida mahlum edi. Birok keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida ular (lignindan tashqari) xujayrada sodir buladigan moddalar almashinuviniig aktiv metabolitlari ekanligi tula isbotlangan.
Fitontsidlar - Ko’pchilik yuksak o’simliklar tarkibida ba’zi bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlarning o’sishini, ko’payishini to’xtatuvchi va hatto ularni nobud qiluvchi maxsus antibiotik moddalar buladi. Bu antibiotiklarni birinchi bo’lib sovet olimi B. P. Tokin aniqlagan va ularga fitontsid (Phyton — o’simlik coedere — o’ldirish) deb nom bergan. Fitontsidlar o’simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan moddalar hisoblanadi va ulardagi tabiiy immunitet hosil qiluvchi faktor bo’lib xizmat qiladi. Ko’pchilik uchuvchan fitontsidlar o’simliklarni zararkunanda hasharotlardan saqlaydi.
Мineral elementlar – tirik olrganizmning normal hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan birikmalar. O’simlik organizmida uchraydigan mineral elementlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: makroelementlar va mikroelementlar. Moddalar almashinuvi jarayonida uoarning har bir guruhi muhimdir. Makroelementlar o’simlik organizmining asosiy qurilishi – strukturasini tashkil etsa, mikroelementlar – fiziologik faol moddalar tarkibiga kiradi..