I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


Adabiyot XVII-XVIII asr 1-yarmida rivoj topdi. Bedil



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə22/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Adabiyot XVII-XVIII asr 1-yarmida rivoj topdi. Bedil (ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721)ning o`rni katta bo`lib, u asli Kesh (SHahrisabz)lik. Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari "To`rt unsur" nasrda yozilgan bo`lib havo, suv, er, olov; o`simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida. Uning "Irfon" (Bilim) dostonida falsafa, tarix va ilohiyatning xilma-xil masalalari bayon etilgan, uning fikricha dunyo abadiy bo`lib, to`xtovsiz harakat qiladi va o`zgarib turadi. She`rlarida zulm va adolatsizlikni qoralaydi. Bedil Turkistonda "Abulma`oniy" (Ma`nolar otasi) degan nom olgan.
Shoir Sayido Nasafiy “Buxoro shoirlari taxtida sulton” deb ulug`langan. U Nasaf (Qarshi) shahrida tug`ilgan. Uni mashhur qilgan “Hayvonatnoma” nomli majoziy munozora asarida hayvonlar timsoli orqali er egaligi va amaldorlarning mehnatkashlarga etkazgan zulmini va poraxo`rligini fosh etadi. Bo`ri va sher timsolida er egalarining yirtqichligini ochadi. Sher barcha hayvonlar ustidan g`alaba qozonsada, mehnatkash xalq vakili – chumolidan engiladi. Bu shoirning mehnatkash xalq ham bir kun kelib zulmdan ozod bo`lishi yo`lidagi orzusi edi.
Turdi Farog`iy jasoratli shoir bo`lib, adolatsizlikni, Subhonqulixonning og`ir soliqlari tufayli xalq tortayotgan azoblarni tanqid qilgan. Turdi xalq tilidan mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik va urushlarni la`natlagan. Urug` va qabilalarni birlashishga va o`zaro hamkorlik qilishga da`vat etgan. Urug` oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirgan. Bu o`rinda uning “Tor ko`ngillik beklar” she`ri alohida ahamiyatga ega.
Me’morchilik ham ancha rivoj topdi. Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi Samarqand Registon ansambli hisoblanadi, uning hozirgi qiyofasi XVII asrda shakllantirildi. Registoni maydonida Ulug`bek madrasasi qarshisida Samarqand hokimi Yalangto`sh Bahodir o`z mablag`i hisobidan Sherdor (1619-1635) madrasasini va Tillakori (1646 -1660) madrasa-masjidini qurdirgan. Registon (forscha)-shaharning mayda tosh to`shalgan markaziy maydoni.
Buxoroda yirik me’moriy majmua - Labihovuz ansamblini 1620 yil eng badavlat kishi Nodir devonbegi bunyod ettirdi. U bo`yi 45 m, eni 36 m, chuqurligi 5 m. hovuz qurdiradi, hovuz atrofida Nodirdevonbegi madrasasi va xonoqohi, Ko`kaldosh va Ernazar elchi madrasalari bunyod etiladi. Buxoro shahridagi 1652 yil Abdulazizxon qurdirgan qo`sh imoratli madrasa o`z zamonasi me`morchiligining etuk namunasi hisoblanadi, u mustahkam va nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turgan.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin