I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə35/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Asfandiyorxon (1623-1643) Abbos I yordamida 1623 yil Xiva taxtini egallagach, Habash va Elbars qatl etildi. Xivaga qaytib kelgan ukasi Abulg`oziyni Urganch hokimi etib tayinladi. Aka-uka o`rtasida munosabat buzilgach Abulg`oziy Sulton Turkiston, Toshkent, Buxoroda qochib yurishga majbur bo`ldi. Asfandiyorxon siyosatidan norozi bo`lgan turkmanlarning chaqiriqi bilan Abulg`oziy yana Xivaga qaytib bordi. Asfandiyorxon unga Xivani topshirishga majbur bo`ldi. Biroq qulay fursat kelgach Abulg`oziyni 1630 yil Eron shohi huzuriga garov tariqasida jo`natdi.
Abulg`oziy Erondagi 10 yillik tutqunlikdan qochib Orol o`zbeklari qarargohiga keladi. Asfandiyorxon vafot etgach, 1644 yil Abulg`oziy Bahodirxon Xiva taxtini egalladi. Abulg`ozi qabila boshliqlari nufuzini oshirib ularning markaziy hokimiyatga qarshi harakatiga barham berish maqsadida 32 qabilani 4 guruhga bo`ldi: qiyot-qo`ng`irot, uyg`ur-nayman, qang`li-qipchoq, nukuz-mang`it. Xon qabilaga tegishli masalalarni har bir qabilaviy guruhga tayinlangan inoqlar orqali hal qilgan. Inoq (turkiycha-ishonch) - Markaziy Osiyoda XI-XVIII asrlarda hukm surgan sulolalar saltanatida "maslahatchi", “amaldor”, "vazir" ma`nosini anglatgan.
Buxoro-Xiva munosabatlari. Abulg`ozi 1663 yil hokimiyatni o`g`li Anushaxonga topshirdi. Anushaxon davrda Buxoro-Xiva munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon qo`shini bir necha marta Buxoro xonligiga yurishlar qilib Samarqandni egalladi, biroq 1685 yil G`ijduvon yaqinidagi jangda Xiva qo`shinlari tor-mor etildi. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaxonga qarshi Xivada fitna uyushtirdi, Anushaxon 1686 yil taxtdan tushiriladi. Subhonqulixon Xivada o`z tarafdorlaridan fitnachi guruh uyushtiradi. Buning oqibatida Xiva xonligining siyosiy hayoti yanada murakkablashdi. Xonlik ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar girdobida qoldi. Qishloqlar va ekinlar xarobaga aylandi.
Sherg`ozixon (1714-1728) davrida Buxoro xoni Abulfayzxon Xiva xoniga qarshi orolliklarni qarshi gij-gijlay boshladi, natijada Orolbo`yi Xivadan ajralib chiqdi. Xiva xonligida boshlangan kurash goh u tomon, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg`ozixon vafot etguniga qadar davom etdi. Qabilalar o`zaro kelishmagach, taxtga Qozoq xonligidan chingiziy sultonlarni o`tqazish boshlandi, 1728 yil taxtga o`tqazilgan Elbarsxon (1728-1740) ularning birinchisi bo`ldi.
Siyosiy beqarorlikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1740 yil Xivani bosib oldi. Nodirshoh Xivaga o`z odamini hokim etib tayinlab, Eronga qaytadi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o`rnatilib, aholiga "moli omon" solig`i solinadi. Biroq ichki nizolar to`xtamagan. Taxt uchun qabilararo kurash boshlandi, taxtga atayin chingiziy xonlarni o`tqazish davom etdi, bu hodisa “xonlar o`yini” deyildi. Xonlar amalda inoqlar qo`lida itoatkor bo`lib qoldi. Xivada o`zaro ichki kurashlarda ma`lum muddat turkman yovmutlari ustun kelib turdi. Ichki boshboshdoqlik Qo`ng`irot qabilasi hokimiyatga kelgunga qadar davom etdi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin