I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə50/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Dehqonchilik bilan qoraqalpoqlar Orol bo`ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig`idagi erlarda shug`ullanganlar; bug`doy, arpa, tariq ekib, mo`l hosil olganlar. Yangi (Jana)daryo va Quvondaryo havzalarida qoraqalpoqlar barpo etgan kanal va sug`orish inshootlari xo`jalikda dehqonchilik tarmog`ining etakchi o`rinda turganligidan guvohlik beradi. XVIII asr oxirida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko`l, Kegali; XIX asr o`rtalarida Chimboy, Qo`ng`irot dehqonchilik vohalari vujudga keldi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o`roqdan foydalanilgan.
Chorvachilik ham qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida muhim o`rin tutgan: qoramol, qo`y, echki, ot, tuya boqilgan. Qoraqalpoq chorvadorlari ho`kiz va tuya qo`shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yaylovlarga ko`chib yurganlar; ayniqsa qamishzorlar chorva uchun to`yimli ozuqa bo`lgan. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida baliqchilik ham rivojlangan; ovchilik va baliqchilik qo`shimcha tirikchilik manbai hisoblangan.
Hunarmandchilikning: temirchilik, duradgorlik, kigiz bosish, to`quvchilik, bo`yoqchilik, kulolchilik, zargarlik tarmoqlari qoraqalpoqlar hayotida rivojlanib boradi. Xo`jayli, Qo`ng`irot, Mang`it, CHimboy shaharlari yirik savdo markazlariga aylangan.
Soliq va majburiyatlar. Dehqonlardan salg`ut (er) solig`i, chorvadorlardan zakot solig`i, aholidan ruhoniylar uchun usur solig`i olingan. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilardi. Er solig`i qabila yoki urug`ga bir yo`la solinardi. Soliqning ko`p qismi kambag`allar bo`yniga tushardi. Biy va amaldorlar o`z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo`shimcha soliqlar undirgan. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan "qozon" (xo`jalik) solig`i undirilgan; yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqirilardi. Soliqlardan tashqari kambag`allar kanal va ariqlar qazish, sug`orish inshootlarini tozalashga majburiy safarbar etilardi.
Oydo`stbiy qo`zg`oloni. Xiva xonligi zulmiga qarshi 1827 yil qoraqalpoqlar ko`targan qo`zg`olonga qoraqalpoqlar biyi Oydo`stbiy boshchilik qildi. Olloqulixon 1827 yil 25 iyulda qo`zg`olonni bostirish uchun Muhammad Nazarbiy inoq qo`mondonligidagi qo`shinni Xo`jayli shahriga jo`natadi. Oydo`stbiy qoraqalpoq biylarini to`plab Orol dengizi bo`yida maslahat qiladi. Ovullarga choporlar jo`natilib "Hamma bola-chaqasi bilan qo`zg`olonga yig`ilsin. Kim bosh tortsa - u dushman hisoblanadi" - degan buyruq beriladi.
Oydo`stbiy 1827 yil 29 iyulda o`g`illari Rizo va To`rani 300 botirga bosh qilib Qo`ng`irot qo`rg`oniga chopovulga yuboradi. Qo`ng`irot hokimi Muhammad Ya’qub Mushrif qo`rg`on mudofaasini uyushtiradi, Rizo va To`ra engiladi. Muhammad Nazarbiy inoq Oydo`stbiyga qarshi sara qo`shin jo`natadi, qo`zg`olonchilar tor-mor qilingach Oydo`stbiyning boshi tanasidan judo etiladi. Oydo`stbiy o`limiga bag`ishlab Xiva tarixchisi va shoiri Munis marsiya yozgan. Marsiya – bir shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag`ishlab yozilgan motam she`ri.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin