I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə51/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

29-§. Qoraqalpoq xalqi madaniyati


Turmush tarzi. Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko`chmanchi turmush tarzidan o`troqlikka o`tish jarayonini boshidan kechirgan. Aholining asosiy qismi o`tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi, keyinchalik qo`rg`on (qal`a) va shaharlar vujudga keladi. Qoraqalpoqlarda bir urug` ichida qiz olish, qiz berish taqiqlangani uchun boshqa urug`dan qiz olib qochish odat bo`lgan. Qoraqalpoqlar qishlovni dengiz va daryo bo`ylarida o`tkazgan. Arava, qayiq, sol va ot asosiy transport vositasi bo`lgan. Kiyim-kechagida milliylikka e`tibor bergan, bu narsa ayniqsa ayollar va qizlar savkeli (qalin bo`zdan tikilib, kumu shva marjon bilan bezatilgan bosh kiyim)da yaqqol namoyon bo`lgan.
Shaharlar. Qoraqalpoqlar Qo`ng`irot, Chimboy, Xo`jayli kabi yirik shaharlarni bunyod etganlar. Qo`ng`irot va Chimboy ma`muriy markazlari bo`lgan. Bu shaharlar XVII asr oxiri - XVIII asr boshida barpo etilgan. Orol va Xiva orasidagi savdo markazi Xo`jayli shahari bo`lib, bojxona shu erda joylashgan va Xivaga qarshi kurashda tayanch shahar bo`lgan. Qal`a shaklida qurilgan Janaqal`a, Oydo`sqal`a, Ernazarqal`a, Ko`ko`zakqal`a, Eshon qal`a shaharlari me`morchilik yodgorliklari hisoblanadi.
Shaharlarda XIX asr boshida 318 ta maktab bo`lgan, madrasalar Qoraqum eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida va Eshon qal`ada bo`lgan. Qoraqalpoq yoshlari Buxoro, Xiva madrasalarida o`qigan. Hunarmandlar 12-13 yoshli bolalarni shogirdlikka qabul qilgan.
Folьklor. Qoraqalpoq folьklor namunalarining 20 jildligi nashr etilgan. O`zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi O`mirbek laqqi bo`lgan. Qoraqalpoqlarning boy tarixi "Qirqqiz", "Alpomis", "Qublon", "Mastposhsho", "Edigey" kabi qahramonlik dostonlarida kuylanadi. "Edigey" dostonida Temur va To`xtamish faoliyati bayon etiladi. Xalq qo`shiqlarida el-yurt yo`lboshchilari, qahramonlari - Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo`stbiy, Ernazarbiylar ulug`lanadi.
Qoraqalpoqlar folьklor (xalq og`zaki ijodi)ga boy xalq, ularning “Darbadar el”, "Qirqqiz", "Qublon", "Edigey" dostonlari mashhur. Qozoq olimi Cho`qon Valixonov "Qoraqalpoqlar sahrodagi ham birinchi shoir, ham qo`shiqchilardir"- deb aytgan.
"Qirqqiz" qaroqalpoq xalq qahramonligi eposi bo`lib, qoraqalpoq adabiyotida alohida o`rin tutadi. Unda XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy aks ettirgan. Bu doston erksevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik g`oyalari bilan sug`orilgan. "Qirqqiz" dostonida qoraqalpoqlarning ozodlik kurashi va Xorazm xalqining Nodirshohga qarshi kurashi o`z ifodasini topgan. Dostonda Guloyim sevgilisi Arslon, o`zining 40 ta dugonasi va safdoshi Oltinoy, O`tbosgan, Sarvinozlar bilan birga yurtni jung`or xoni Surtoyshi va Eron shohi Nodirshohdan ozod qiladi. Guloyim Xorazmni ozod qilib qoraqalpoq, turkman, o`zbek va qozoqlarni birlashtirgan davlat tuzadi.
Tasviriy san’atdagi o`ziga xoslik qoraqalpoqlar to`qigan gilam va kashta buyumlarda o`z ifodasini topgan. Ulardagi naqshli bezaklar suv ramzini aks ettiruvchi to`lqin ko`rinishiga ega bo`lgan, chunki qoraqalpoqlar qadimdan daryo va ko`l bo`ylarida yashab kelgan. Tasviriy sana`tidagi yana bir o`ziga xoslik qadama naqshli yog`och o`ymakorligida namoyon bo`ladi.
Musiqa. Qoraqalpoq qo`shiqchiligi: xalq, tarixiy va marosim qo`shiqlariga bo`lingan, ular qo`biz, dutor, g`ijjak, surnay, nog`ora kabi cholg`ular yordamida ijro etilgan. Doston ijrochilari 3 guruhga bo`lingan, ular: jirovlar, baxshilar va qissaxonlar deb atalgan. Jirovlar qahramonlik dostonlarini qo`biz jo`rligida, baxshilar dutor va g`ijjak jo`rligida, qissaxonlar doston qo`lyozmalarini mahorat bilan o`qib yoki yoddan aytib berganlar.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin