I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə49/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Qoraqalpoq va Xiva munosabatlari. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi notinch og`ir yillarda Xivaga chegara hududlarga: Amu va Sirdaryo oralig`idagi bo`sh erlarga, Yangidaryo va Quvondaryo bo`ylariga ko`chib kelib yashardilar. Tarixchilar Yangidaryoda yaratilgan ajoyib sug`orish inshootlari tizimiga qoraqalpoq xalqi mehnatining ulug`vorligi xotirasidir, deb baho berganlar. Qoraqalpoqlarning asta-sekin Orolbo`yi o`zbeklari bilan yaqinlashuvi yuz bergan.
Orolbo`yi o`zbeklari Xiva xonligiga bo`ysunishni istamagan, Xiva xonligi Orolbo`yi o`zbeklari va qoraqalpoqlarni bo`ysundirishni maqsad qilgan va uzoq kurashlardan so`ng 1735 yil Orolbo`yi o`zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligini tan olishga majbur etildi. Ayrim qoraqalpoq qabilalari M.Amin Inoq davrida ixtiyoriy Xiva fuqaroligiga o`ta boshlagan. Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar 1809 yil Xiva xonligiga bo`ysundirildi. Yangidaryo (Janadaryo) atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham 1811 yil tobe etilgach, qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo`ysundirish nihoyasiga etkazildi.
Qoraqalpoqlar Orol va Quyi Sirdaryo bo`ylarida yashab kelgan qadimgi xalqlardan biri. Qoraqalpoq xalqi bijanaklar negizida VIII-XVI asrlarda shakllandi. Qoraqalpoq xonligi Eshimxon etakchiligida XVIII asr 1-choragida tashkil topgan.


28-§. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti


Ijtimoiy ahvol. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug`chilik, qabilachilik munosabatlari, aholining tabaqalarga bo`linishi ancha kuchli edi. Urug` yoki qabilaga biylar boshchilik qilgan. Harbiy qismlarni botirlar boshqargan. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo`jalarning o`rni katta edi. Ovul - boshlang`ich ma`muriy bo`g`in bo`lib, ularga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilgan. Yana yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma`muriy mansablar ham bor edi. Mirob suv taqsimlovchi hisoblangan.
Biylik lavozimiga ilgari urug` yig`inlarida saylangan, qoraqalpoqlar Xivaga bo`ysundirilgach xon tomonidan tayinlanadigan bo`ldi, xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo`ysungan. Qo`ngirot va Chimboy shaharlari qoraqalpoqlarning bosh ma`muriy markaziga aylangan.
Mulkiy tabaqalanish kuchayib borib, erga jamoa bo`lib egalik qilish barham topib, katta er egaligi tabaqasi vujudga keldi. Ko`plab chorvaga ega tabaqalar shakllanib, baliq ovlanadigan suv havzalarini ham alohida kishilar egallab olishi natijasida eri va chorvasi yo`q kambag`allar ko`payib, ular boylardan erni ijaraga olib ishlashga, chorva boqib kun kechirishga majbur bo`ldilar. Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanib kelganlar. "Qirq qiz" dostonida qoraqalpoqlarning erlar o`zlashtirib, suv inshootlari qurib, er haydab g`alla etishtirganligi, bog`lar yaratganligi haqida ma`lumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, hunarmandchilik bilan shug`ullanib tirikchilik qilgan..

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin