I bob Noma'lum kishi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/11
tarix23.02.2017
ölçüsü0,61 Mb.
#9439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

XV Bob

Yuguruvchi odam

Kechga tomon doktor Kemp Berdok manzarasi ko'rinib turadigan tepalik ustidagi binoning minorachasiga joylashgan o'z kabinetida o'tirardi. Bu biri shimol, biri g'arb va biri janubga ochiladigan uch derazali chog'roq va shinam xona bo'lib, unda kitoblar, ilmiy jurnallar, qalashtirib tashlangan jovonlar qator turardi. Xonaga katta yozuv stoli ham qo'yilgan edi; shimol tomondagi deraza oldida ustiga mikroskop, oynachalar, turli-tuman mayda asboblar, basilla va reaktivlar solig'liq shishachalar qo'yilgan stolcha turardi. Botib borayotgan quyosh nuri hali hamma yoqni yoritib turgan bo'lsa-da, xonada chirog yoqilgan edi; darpardalar ko'tarib qo'yilgandi, chunki birov derazadan qaraydi, deb xavfsirashga o'rin yo'q edi. Doktor Kemp baland bo'yli, malla sochli, mo'ylovi oqish, qaddi-qomati kelishgan yigit edi. U hozirgi qilayotgan ishiga katta e'tibor berardi, chunki shu ish tufayli Qirollik ilmiy jamiyatiga a'zo bo'lib olishni mo'ljallab qo'ygandi.

Doktor ishdan bexos boshini ko'targanida, derazaning ro'parasidagi tepalik ortida quyosh alangalanib borayotganini ko'rdi. U bir minut chamasi parishonlik bilan ruchkasining yog'ochini tishlab, tepalik ustidagi tilla rang shafaqni tomosha qildi; keyin uning diqqatini tepalikdan uyi tomon kelayotgan kichkinagyna qora sharpa o'ziga jalb etdi. Bu sharpa silindr-shlyapa kiygan pak-pakana odam bo'lib, u oyog'ini qo'liga olib o'qday yugurib kelardi.

«Yana bir ahmoq,— o'yladi doktor Kemp.— Bugun ertalab Ko'rinmas odam kelyapti!»—deb baqirib menga kelib urilgan eshakka o'xshagan ahmoq. Bilmadim, odamlarga nima balo bo'lgan. Xuddi o'n uchinchi asrda yashayapmiz deb o'ylash mumkin.

U o'rnidan turib deraza oldiga bordi-da, g'ira-shira qorong'ilik bilan qoplangan tepalik va yugurib kelayotgan odamning qora sharpasiga qaray boshladi.

— Aftidan, u o'lgiday shoshilayotganga o'xshaydi,— dedi doktor Kemp,— lekin bu hech qanday foyda bermayapti. U shu qadar vazmin yuguryaptiki, go'yo cho'ntagini qo'rg'oshin bilan to'ldirib olgan deysan, kishi. Qadamingizni ildamlashtiring, ser, qadamingizni.

Bir minutdan keyin tepalikning Berdok tarafidagi bag'rida qad ko'targan villalardan biri chopib kelayotgan odamni ko'zdan yashirdi. Ammo oradan bir minutcha o'tgach, u yana villalar oralig'ida ko'rindi, keyin yana yashirinib, yana ko'rindi, to u ko'zdan batamom g'oyib bo'lib ketmagunicha bu holat uch marta qaytarildi.

— Eshaklar! dedi doktor Kemn va o'girilib yozuv stoli eniga keldi.

Lekin shu daqiqada yugurib kelayotgan odamni yaqindan kuzatgan, uning terga botib ketgan basharasidagi dahshatni ko’rgan odamlar doktorning nafratomuz badgumonligiga kushilmasdi. U odam yugurar, yugurganda ham xuddi ichi pulga to’la hamyonni silkitganda chiqqani kabi jiringlagan ovoz chiqarib yugurardi. U o'ngga ham, so'lga ham boqmas, vahima aks etaetgan ko'zlarini ro'parasiga, tepalik yonbag'ridagi birin-ketin fonarlar yoqilib, xalq to'planib turgan joiga tikkan edi. Uning beo'xshov dahani osilib tushib, lablarini oppoq ko'pik qoplagandi. Boyaqish entikib harsillab nafas olardi. Yo'lovchilar to'xtab, yo'lga boqishar va bezovtalik bilan bir-birlaridan, nega bu odam bunchalik shoshilib yuguryapti, deb surishtirishardi.
Birdaniga ancha olisda, tepalik ustidagi yo'lda o'ynoqilab yurgan it angillab, o'zini darvozaga urdi, odamlar hairon bo'lib turganlarida, oldilarida bir narsa— shamolmi, yalang oyoq kishining yugurishimi yoki harsillab nafas olgan tovushmi eshitilib qoldi.

Odamlar baqirib yuborishdi. Hamma har tomonga qarab qocha boshladi. Kishilar dod solib pastga tomon yugrishdi. Marvel tepalikning yarim beliga kelmasdanoq ko'chada qiy-chuv ko'tarildi. Odamlar uylariga etib borishlari bilanoq, shoshib-pishib eshiklarini qulflashar va nafaslarini rostlar-rostlamas vahimali yangilikni o'zining yaqin kishilariga xabar qilishardi. Marvel eshiklarning taraq-turuq qilib yopilayotganini eshitib, so'nggi kuchini to'plab yugurdi.


Vahima undan o'zib ketdi, uni orqada qoldirib, bir lahzada butun shaharni qamrab oldi.

«Ko'rinmas odam kelyapti! Ko'rinmas odam!..»

«Quvnos kriketchilar» qovokxonasida «Quvnok; kriketchilar» qovoqxonasi tepalikning shundoq etagida, boshlanadigan yerda joylashgan. Qovoqxonachi qip-qizil semiz qo'llari bilan peshtaxtaga suyanib, jikkakkina izvoshchi bilan otlar haqida suhbatlashar, kul rang kiyim kiygan, qora soqol kishi esa, pishloq va qoq nonni yeb, vino ichar va hozirgina navbatchilikdan bo'shagan polisiyachi bilan gaplashib o'tirardi. So'zlarni talaffuz qilishiga qaraganda, u amerikalik edi.

— Bu qanaqa shovqin-suron?— dedi izvoshchi, birdai suhbatni to'xtatarkan, qovoqxonaning pastak derazasidagi irkit sariq parda ustidan tepalikka qarab cho'zilib ketgan yo'lga nazar tashlashga urinib. Allakim ko'cha eshiklar oldidan yugurib o'tdi.

— O’t-po't tushmaganmikin?—so'radi qovoqxonachi.

Yaqinlashib kelayotgan qadam tovushi eshitildi; kimdir og'ir qadamlar bilan yugurib kelardi. Eshik taraqlab ochilib, xonaga ho'ngrab yig'laganicha yoqasi yirtilgan, bosh yalang, soch-soqoli paxmaygan Marvel yugurib kirdi. U jon achchig'ida o'girilib eshikni yopmoqchi bo'ldi, biroq eshik yopilmadi, chunki u qayish bilan devorga mahkamlab qo'yilgandi.

— Kelyapti!— deb chinqirdi dahshatga tushgan Marvel,— u kelyapti, Ko'rinmas odam!

Meni quvib kelyapti! Xudo haqi... Meni qutqaringlar! Qutqaringlar! Qutqaringlar!

— Eshikni yoping,— dedi polisiyachi.

— Kim kelyapti? O’zi nima gap?

—U eshik oldiga borib qayishni bo'shatdi- da, uni yopib qo'ydi. Amerikalik esa ikkinchi eshikni berkitdi.

— Meni peshtaxta orqasiga kiritinglar,

— dedi Marvel titrab-qaqshaganicha ho'ng-ho'ng yiglab, lekin kitoblarni bag'riga qattiq bosgani holda.

— Meni u yoqqa kiritinglar. Biror joyga yashirib qo'yinglar. Ketimdan quvib kelyapti deyagtman-ku sizlarga. Men uning qo'lidan qochdim. U meni o'ldiraman, dedi. Haqiqatan ham o'ldiradi.

— Qo'rqadigan hech narsa yo'q,— dedi qora soqol kishi.

— Eshiklar qulflog'lik. Xo'sh, o'zi nima gap?

— Meni yashiringlar,— deb takrorladi Marvel va birdaniga qo'rquvdan chinqirib yubordi: qattiq urilgan zarbadan eshik lopillab ketdi, keyin tashqaridan eshikning tez-tez taqillagani va dod-faryod eshitildi.

— Hoy!—qichqirdi polisiyachi.

— Kim u?

Marvel chiqib ketishga eshik axtarib xuddi jinni bo'lgan odamday o'zini u yoqdan bu yoqqa urdi.

— U meni o'ldiradi! — baqirardi Marvel.

— Qo'lida pichog'i bor! Xudo haqi!

— Mana,— dedi qovoqxonachi,— bu yoqqa keling.

— U peshtaxtani ko'tardi.

Marvel o'zini o'sha tomonga urdi...

Eshik yana taqillay boshladi.

— Ochmanglar!— deb qichqirdi Marvel.

— Iltimos qilaman, eshikni ochmanglar! Men qaerga yashirinay?

— Demak, Ko'rinmas odam shu ekan-da?—so'radi qora soqol kishi, bir qo'lini orqasiga qilib.— Uylaymanki, uni bir ko'rib qo'yadigan vaqt keldi.

Birdaniga qovoqxonaning deraza oynasi chil-chil bo'ldi, tashqaridan dod-voy hamda kishilarning u yoqdan bu yoqqa yugurgani eshitildi. Polisiyachi skameykada turib derazadan boshini chiqardi-da, eshik oldida nimalar bo'layotganini bilishga urindi. Keyin skameykadan tushib hayronlik bilan qoshini chimirib dedi:

— Bu o'sha.

Qovoqxona xo'jayini Marvelni yashirib qo'yishgan qo'shni xona eshigi oldida oynalari singan derazaga qarab bir oz turdi-da, mijozlari yoniga keldi.

To'satdan hamma yoq jimjit bo'lib qoldi.

— Baxtga qarshi, tayog'im yo'q-da,— dedi polisiyachi qat'iyatsizlik bilan eshik oldiga borib.

— Eshikni ochishimiz bilan u kirib oladi. Uni hech narsa to'xtata olmaydi.

— Siz eshikni ochishga juda ham shoshilavermang, — dedi qo'rqa-pisa jikkak izvoshchi.

— Tambani torting,— dedi qora soqol kishi,

— Qani bir kirib ko'rsin-chi...

— U qo'lida ushlab turgan to'ponchasini ko'rsatdi.

— Bu yaramaydi,— dedi polisiyachi,— odam o'lishi mumkin.

Men qanaqa mamlakatdan ekanimni bilaman, — deb e'tiroz bildirdi qora soqol kishi.

— Oyog'ini mo'ljalga olaman. Tambani torting.

— Bordi-yu mening orqamdan otib qo'ysangiz nima bo'ladi?—dedi qovoqxonachi, deraza pardasi ostidan tashqariga mo'ralab.

— Xo'p, mayli,— dedi zarda bilan qora soqol kishi va to'pponchani shay qilganicha engashib borib o'zi tambani ochdi. Qovoqxona xo'jayini, izvoshchi hamda polisiyachi eshik tomonga o'girilishdi.

Kiring,— dedi ohista ochiq turgan eshikka tikilganicha; to'pponchani u orqasiga yashirib turardi. Biroq hech kim kirmadi, eshik ham ochilmadi. Oradan besh minutcha o'tgach, boshqa bir izvoshchi tashqaridan eshikni ochib qovoqxona ichiga ohista mo'ralaganida, ularning hammasi bir narsani poylaganday qiyofada turishardi, qo'shni xonaning qiya ochiq eshigidan esa, rangida qon qolmagan, vahimaga tushgan bir kishining basharasi ko'rinardi.

— Hamma eshiklar qulflanganmi?— so'radi Marvel.

—U shu yasin orada, is olyapti: O’zi o'lgiday ayyor odam.

— Yo tangrim!— xitob qildi qovoqxonachi.

—Orqa eshik-chi! Sizlar bu erni qo'riqlab turinglar. Men hozir...

— U nochor holda atrofga ko'z tashladi. Qo'shni xonaning eshigi yopilib shiq etib qulflandi.

— Hovliga chiqadigan eshik bilan alohida eshik-chi! Hovli eshigi...

U yugurib xonadan chiqib ketdi.

Bir minutchadan keyin u oshpichoq ko'tarib qaytib keldi.

— Hovliga chiqadigan eshik ochiq ekan!—dedi u va do'rdoq pastki labi osilib qoldi.


— Ehtimol, u hozir uyga kirib ham olgandir?— dedi birinchi izvoshchi.

— Oshxonada yo'q,— dedi qovohxonachi.

— U yerda ikki xizmatkor xotin bor ekan, men manovi pichoqni qo'limga olib hamma yoqni tit-pit qilib axtarib chiqdim. Xizmatkor xotinlar, u kirmadi, deyishdi. Ular hech narsa payqashmabdi...

— Eshikni qulfladingizmi?— so'radi birinchi izvoshchi.

— Yosh bola emasman, xudoga shukur,— javob qildi qovoqxonachi.

Qora soqol kishi to'pponchasini yashirdi. Lekin shu lahzada peshtaxtaning yuqori tavaqasi taraq etib ochildi, tamba jaranglab ketdi, qulf qattiq sharaqladi-da, qo'shni xonaning eshigi lang ochildi. Ular Marvelning qo'lga tushgan quyonday chinqirganini eshitishdi-yu, unga yordam berish uchun peshtaxta ortiga yugurishdi. Qora soqol kishi o'q uzdi, qo'shni xonadagi ko'zgu chil-chil bo'lib, oyna parchalari jaranglab polga sochildi.

Xonaga yugurib kirgan qovoqxonachi Marvelning oshxona orqali hovliga chiqiladigan eshik oldida tirishib tipirchilab yotganini ko'rdi. Qovoqxonachi nima qilarini bilmay ikkilanib turgan mahalda, eshik ochilib allakim Marvelni oshxonaga sudrab kirdi. U yerda qiy-chuv ko'tarildi va ag'darilib tushgan idish-tovoqlarning darang-durungi eshitildi. Marvel boshini engashtirib oyog'ini tirab oldi, lekin baribir uni hovli eshigiga qadar sudrab borishdi. Tamba o'z-o'zidan ochildi.

Qovoqxonachi yonidan qisilib o'tgan polisiyachi izvoshchilardan birining hamrohligida oshxonaga yugurib kirdi-da, Marvelning giribonidan tutib turgan ko'rinmas qo'lning panjasiga yopishdi, lekin shu ondayoq qattiq bir musht yeb gandiraklab ketdi va orqaga tisarildi. Eshik ochildi. Marvel joni boricha uning orqasiga yashirinib qolishga harakat qildi. Shu vaqt izvoshchi bir nimani ushlab oldi.

— Men uni ushlab turibman,— deb baqirdi izvoshchi. Qovoqxonachining qizil qo'llari ham ko'rinmas narsaga yopishdi.

— Ushladim!—deb qichqirdi qovoqxonachi.

Ko'rinmas qo'llardan xalos bo'lgan Marvel polga yiqildi va olishayotgan odamlarning oyoqlari orasidan emaklab chiqib ketmoqchi bo'ldi. Kurash eshikning oldida davom etmoqda edi. Shu payt birinchi bor Ko'rinmas odamning ovozi eshitildi — polisiyachi oyog'ini bosib olgani sababli u qattiq baqirib yubordi. Keyin quturib bo'kirgan ovoz eshitildi. Ko'rinmas odam mushtini bamisoli gurzi yanglig' ishlata boshladi. Izvoshchi qorniga qattiq zarba eb birdan chinqirib yubordi-da, bukchayib qoldi. Xonaga kiriladigan eshik yopilib qolib, Marvel chekinadigai yo'lni to'sib qo'ydi. Odamlar to bo'm-bo'sh fazo bilan olishib yotganlarini sezishguncha torgina oshxonada ancha vaqt depsinib turishdi.

— U qayoqqa qochdi?— qichqirdi qora soqol kishi.

Bu yoqqa,— dedi polisiyachi, hovliga chiqib to'xtar ekan.

Bir bo'lak cherepisa uiing qulog'i yonidan uchib o'tib, idish-tovoqlar terib qo'yilgan oshxona stoliga tushdi.

— Men unga ko'rsatib qo'yaman,— qichqirdi qora soqol kishi.

Polisiyachining kifti ustida po'lat yaraqladi va qorong'ilikda, cherepisa otilgan tomonga qarab birin-ketin besh marta o'q uzildi. O’q uzar ekan, qora soqol kishi shunday yarim doira chizdiki, o'qlar tor hovlida yonma-yon uchdi.

Oraga jimlik cho'kdi.

— Besh o'q,— dedi qora soqol kishi.

— Bu juda ajoyib! Hozir o'yini shunaqa bo'ladi.

Fonarni beringlar, borib murdani axtaramiz.


XVII Bob

Doktor Kempning mexmoni
Doktor Kemp ketma-ket «paq-paq-paq» etib uzilgan o'q tovushi diqqatini o'ziga jalb etgunga qadar kabinetida yozishini davom ettirdi.

— Uho'!— xitob qildi doktor, yana ruchkasi uchini kemtib, quloq solar ekan,— Berdokda to'pponcha otayotgan kim ekan o'zi? Bu eshaklar yana nima baloni o'ylab topishdi?


Doktor janubga qaragan deraza oldiga bordi-da, uni ochib, yorug' derazalar, gaz bilan yonadigan fonarlar va ora- sira tomlar va hovlilar ko'lankasi bilan almashinib turgan vitrinalar shu'lasidan iborat bo'lmish shaharga boqdi.

— Anovi yerda, tepalik ostidagi «Kriketchilar» qovoqxonasi oldida xaloyiq to'planganga o'xshaydi,— dedi u, diqqat bilan qarab. Keyin u chiroqlari yoqilgan kemalar va pristanga nazar tashladi. Pristan chog'roq inshoot bo'lib, hozir u chiroqlarning ko'pligidan sarg'ish olmosday yaraqlab turardi. Tepalikning g'arb tomonidan yangi oy ko'tarilib, yulduzlar deyarli tropikadagiday charaqlardi.

Besh minutdan keyin, ya'ni fikri kelajakdagi ijtimoiy sharoit bilan band bo'lib, nihoyasi yo'q zamonlar bag'rida adashib-uloqib yurgach, doktor Kemp chuqur, derazani yopib, yozuv stoli yoniga keldi.

Oradan qarib bir soatcha o'tgach, ko'cha eshikning qo'ng'irog'i chalindi. O’q tovushini eshitganidan buyon, doktor Kempning ishi uncha yurishmay qolgandi, u hadeganda ishni qo'yib, o'yga cho'mib ketardi. Qo'ng'iroq chalinganda, u ishini to'xtatib quloq solib turdi. Oqsoch xotin eshik ochgani chiqqanini eshitib, doktor hozir meni chaqirsa kerak, deb zinapoyadan uning oyoq tovushi kelishini kutdi. Lekin oqsoch xotin uning yoniga chiqmadi.

— Kim ekan shu mahalda kelgan?—dedi o'ziga-o'zi doktor.

U yana ishlamoqchi bo'ldi-yu, lekin qo'li ishga bormadi. Shunda u o'rnidan turdi-da, kabinetidan chiqib, pastga, zinapoyaning yarmisigacha tushdi. O’sha yerdan turib qo'ng'iroq chalgan edi, zalga oqsoch xotin kirib keldi, shunda doktor zinapoya panjarasi ustiga engashib:

— Xat olib kelishdimi?— deb so'radi.

— Yo'q, tasodifiy qo'ng'iroq ekan, ser,— javob berdi oqsoch xotin.

«Bugun negadir bezovta bo'lyapman»,— deb qo'ydi doktor Kemp.

U kabinetga qaytib, ishga jiddiy kirishdi-yu, oradan bir necha minut o'tgach, butun fikri-xayoli ishiga band bo'ldi qo'ydi. Kabinetdagi sukunatni soatning chiqillashi va chiroqning stol ustiga sochayotgan to'garak yog'dusining o'rta belida yugurayotgan peroning qitirlashigina buzardi.

Doktor Kemp buguncha etar, deb o'rnidan turganida kechasi soat ikki bo'lgan edi. U kerishib esnadi-da, pastga, yotoqxonasiga tushdi. Doktor kostyumi bilan jiletkasini echgan ham ediki, birdan chanqaganini payqab qoldi. Shundan so'ng u viski va sodali suv axtarmoqchi bo'lib, sham ko'targani holda oshxonaga tushdi.

Ilmiy ishlar doktor Kempni anchayin kuzatuvchan qilib qo'ygandi. U oshxonadan qaytayotganida, zinapoya yoniga solingan bo'yra oldidagi qop-qora dog'ni ko'rib qoldi. U yuqoriga chiqib ham bo'lgan edi, birdan miyasida bu dog' qaerdan paydo bo'ldiykin degan savol tug'ilib qoldi. Aftidan, bu g'ayri ravishda paydo bo'lgan fikr edi. Lekin har holda u zalga tushib, sifon bilan viskini stolchaga qo'ydi-da, o'tirib diqqat bilan dog'ga tikildi. Doktor bu dog'ning qota boshlagan qonga o'xshash yopishqoq to'q qizil rangda ekaniga ishonch hosil qilar ekan, uncha ajablanmadi.

U, sifon bilan viskini olib, bu qon dog'i qayerdan paydo bo'lishi mumkinligini aniqlash uchun atrofiga diqqat bilan qaraganicha yuqoriga ko'tarildi. Yotoqxonasi oldidagi sahnchaga etgach, u hayratdan dong qotib to'xtadi-da, eshikka tikildi: eshikning qabzasi qonga bo'yalgan edi.

Doktor o'z qo'liga qaradi. Qo'li top-toza edi, shunda u kabinetdan chiqqan vaqtida yotoqxonasining eshigi ochiq ekanini, shunday bo'lgach, eshikning qabzasiga o'zi sira qo'l urmaganini esladi. U shaxdam qadamlar bilan yurib yotoqxonasiga kirdi. Odatdagidan ko'ra jiddiyroq ekanini hisobga olinmasa, doktorning chehrasi tamomila xotirjam edi. U yotoqxonani diqqat bilan tekshirar ekan, karavotga ko'zi tushdi. Ko'rpada qon xalqob bo'lib qorayib ko'rinar, choyshab yirtilgan edi. To'g'ri pardoz stolchasi oldiga o'tgani sababli xonaga birinchi kirganida doktorning bu narsalarga ko'zi tushmagandi. Xuddi hozirgina birov o'tirganday to'shakning bir eri g'ijimlangan edi.

Shunda uning qulog'iga allakimning «Yo rabbiy! Axir, bu Kemp-ku!»—degani eshitilganday bo'ldi. Biroq doktor Kemp sirli tovushlarga ishonmasdi.

U gijimlangan o'ringa qaraganicha serrayib turardi. Bu ovoz unga shunchaki eshitilgan bo'lsa kerak? U yana atrofiga alanglab g'ijimlangan va qonga belangan o'rindan bo'lak hech qanday shubhali narsani payqamadi. Shu lahzada u xonaning burchagidagi umivalьnik oldida qandaydir harakatni sezdi. Har qanday, hatto o'ta ma'rifatli odamning ham ko'nglining bir chetida xurofot yashiringan bo'ladi. Doktor Kemp qalbini vahima qamrab oldi. U yotoqxona eshigini yopdi-da jovon oldiga borib, uning ustiga sifonni qo'ydi. Birdan u qaltirab ketdi: chunki o'zi bilan umivalьnik o'rtasida xuddi qo'lga bog'langandek qonga belangan oq mato muallaq turardi.


Doktor unga hayrat bilan tikilib qaray boshladi. Mato do'ndirib o'ralgan bo'lsa-da, ammo ichi tamomila bo'm- bo'sh edi. Yaqin borib uni ushlab olmoqchi bo'lganida, nimanidir tegib ketishi uni to'xtatdi va shu vaqt yonida allakimning.

— Kemp!—deganini eshitdi.

— A?—dedi doktor Kemp, angrayib og'zini ochganicha.

— Qo'rqmang,— deb so'zini davom ettirdi Ovoz.

— Men Ko'rivmas odamman.

Kemp bir necha vaqt churq etib og'iz ochmay matoga tikildi.

— Ko'rinmas odam?—dedi u nihoyat.

— Ha, Ko'rinmas odam,— deb takrorladi Ovoz.

Kemp darhol shu bugun ertalab o'zi masxaralab kulgan voqeasini xotirladi. Biroq shu lahzada ham u, aftidan, unchalik vahimaga tushib, hayron bo'lgani yo'q. Faqat keyinchalik u dastlabki vaqtdagi hissiyotini to'g'ri anglay oldi.

Men bularning hammasi uydirma gaplardir deb o'ylagandim,— dedi u, nuqul ertalab keltirgan dalillarini eslatib.— Qo'lingizni bog'lab olganmisiz?

— Ha,— javob berdi Ko'rinmas odam.

— U-o'-o'!— dedi Kemp hayajon bilan.

— Mana bunga qoyil qolsa bo'ladi!

— Lekin shu zahoti xayolini boshiga yigdi.

— Bo'lmagan gap. Birorta fokus bo'lsa kerak.

— U oldinga qarab jadal qadam tashladi-yu, matoni ushlamoq chi bo'ldi, biroq uzatilgan qo'li ko'zga ko'rinmas barmoqlarga tegdi.

Doktor shu zahoti o'zini orqaga tashlab, ranggi o'zgarib ketdi.

— Kemp, xudo haqi, qo'rqmang. Men juda ham yordamga muhtojman! To'xtang!

Ko'rinmas qo'l Kempning tirsagidan tutdi. Kemp u qo'lni siltab tashladi:

— Kemp!— qichqirdi Ovoz.

— Kemp, o'zingizni bosing!

— Ko'rinmas odamning qo'li doktorning tirsagini yanada qattiqroq qisdi.

Kemp jon-jahdi bilan bu qo'llardan chiqishga urindi. Bog'langan qo'l uning kiftiga yopishdi-da, qo'qqisdan allaqanday kuch Kempni qulatib, mukkasi bilan karavotga uloqtirdi. U baqirmoqchi bo'lib og'zini ochdi, lekin shu onda choyshabning bir cheti og'ziga qopqoq bo'ldi. Ko'rinmas odam uni mahkam tutib turardi, ammo Kempning ikkala qo'li erkin bo'lib, duch kelgan tomonga musht solmoqda edi.

— Aqlingizni yig'ib oling,— dedi ketma-ket musht yog'ilib turganiga qaramay, Kempni mahkam ushlab turgan Ko'rinmas odam.

— Xudo haqi, jahlimni chiqarmang. Jim yoting, deyapman sizga, ahmoq odam!—deb bo'kirdi Ovoz Kempning naq qulog'iga.

Kemp yana bir minutcha tipirchilab turdi-da, keyin tinchlandi.

Agar baqiradigan bo'lsangiz, urib miyangizni po'la qilaman,— dedi Ko'rinmas odam, Kempning og'zidan choyshabni tortib olarkan.

— Men Ko'rinmas odamman. Bu uydirma ham, fokus ham emas. Haqiqatda men Ko'rinmas odamman. Menga sizning yordamingiz kerak. Basharti o'zingizni aqlini eb qo'ygan omi odamday tutmasangiz, men sizga hech qanday ziyon-zahmat etkazmayman. Nahotki siz meni unutgan bo'lsangiz, Kemp? Men Griffinman, axir, biz universitetda birga o'qigan edik-ku.

— Qo'yib yuboring, o'rnimdan turay,— dedi Kemp.

— Hech qayoqqa qochib ketmayman. Bir nafas o'z holimga tinchgina qo'yib bering.

Kemp karavotga o'tirib gardanini ushlab ko'rdi.

— Men Griffinman, universitetda siz bilan birga ta'lim olganman. Men o'zimni ko'rinmaydigan qildim. Usha siz bilgan oddiy odamman, faqat ko'rinmaydigan bo'lib qolganman, xolos.

— Griffin?— qayta so'radi Kemp.

— Ha, Griffin,— deb javob berdi Ovoz.

— Universitetda sizdan bpr kurs pastda edim, sochim malla, deyarli albinos , bo'yim olti fut, keng yagrinli, pushti rang yuzli, qizil ko'zli edim. Kimyo yuzasidan yozgan ishimga mukofot olgandyam.

— Hech baloga tushunmayapman,— dedi Kemp,— miyamdagi butun fikrlar qorishib ketdi. Bunga Griffinning nima daxli bor?

— Griffin men bo'laman.

Kemp o'ylanib qoldi.

— Bu dahshat-ku,— dedi u.— Xo'sh, nima balo odamni ko'rinmaydigan qilarkan?

— Bunda hech qanaqangi balo yo'q. Bu batamom mantiqiy va uncha murakkab bo'lmagan bir prosess...

— Juda ham dahshat,— dedi Kemp.

— Qanday qilib?

— Ha, dahshat. Lekin men yaralanganman, a'zoyi badanim og'riyapti, qattiq charchaganman. E xudoyim, Kemp, dadilroq bo'ling. Bu narsaga xotirjamroq boqing. Menga yeyish-ichish uchun biror narsa olib keling, ungacha shu yerda o'tirib turaman.
Kemp xonada aylanib yurgan matoga tikilib turardi, keyin u to'qima kreslo o'rnidan surilib kelib karavot yonnda to'xtaganini ko'rdi. Kreslo qisirlab ketdi va o'tirg'ichi chorak dyumcha pastga cho'kdi. Kemp ko'zlarini ishqalab, yana gardanini paypasladi.

— Bu har qanaqangi ins-jinsdan beshbattarroq ekan,— dedi u va tentak odamga o'xshab kulib qo'ydi.

— Ana bu ishingiz durust. Xudoga shukur, aqlingizni ancha yig'ib olyapsiz.

— Endi aqlimdan ozyapman,— dedi Kemp va yana ko'zini uqaladi.

— Menga viski bering. Juda ham mazam qochyapti.

— Menimcha, undayga o'xshamaydi. Qayerdasiz? O’rnimdan tursam, sizga qoqilib ketmaymanmi? Aha, bu yerdamisiz? Mayli, viski deysizmi?.. Marhamat. Qayoqqa uzatay uni?


Kreslo qisirlab ketdi, Kemp stakan qo'lidan olinayotganini sezdi. U beixtiyor sinib qolishidan qo'rqib stakanni arang qo'yib yubordi. Stakan kreslodan yigirma dyumcha balandda, havoda muallaq turib qoldi. Kemp hech narsaga tushunolmay hayronlik bilan stakanga termilardi.

— Bu... Ha, albatta, bu gipnoz... Siz ko'zga ko'rinmasligingizga meni ishontirib qo'ygan bo'lsangiz kerak.

— Bema'ni gap!— dedi Ovoz.

— Axir bu — aqlsizlik-ku!

— Gapimga quloq soling.

— Shu bugungina men ko'zga ko'rinmaslikning mumkin emasligi haqida e'tiroz bildirib bo'lmaydigan dalillar keltirgan edim,— deb gap boshladi Kemp.

— Barcha dalillaringizga tupuring,— uning gapini bo'ldi Ovoz,—Men ochimdan o'lay deyapman, yalang'och odam uchun bu er ancha sovuqlik qilarkan.

— Uning qorni ochibdi!—dedi Kemp.

Stakandagi viski sipqarildi.

— Ha,— dedi Ko'rinmas odam, stakanni tas etkazib stol ustiga qo'yarkan.

— Xalatingiz yo'qmi?

Kemp o'zicha bir nimalar deb ming'illadi-da, kiyim shkafi oldiga borib, u erdan to'q qizil xalat oldi.

— To'g'ri keladimi?—so'radi u.

Qo'lidan xalat olindi. U bir lahza havoda osilganicha turdi, keyin g'alati qilib harakatlandi va bor bo'yicha cho'zilib hamma tugmalari solindi-da, kresloga cho'kdi.

— Kalson, paypoq va tufli bo'lsa joyida bo'lardi,— dedi Ko'rinmas odam shartta-shartta gapirib.

— Shuningdek, ovqat ham.

Nimani xohlasangiz, hammasini muhayyo qilaman. Lekin umrim bino bo'lib sira bunaqangi bema'ni voqeani ko'rmagan edim.

Kemp Ko'rinmas odam so'ragan narsalarni jovondan olib ber; keyin yerto'laga tushib ketdi. U sovuq kotlet bilan non ko'tarib chiqdi, stolchani yaqinroq surib, keltirgan narsalarini mehmon oldiga qo'ydi.

— Pichoqsiz ham eyaveraman,— dedi Ko'rinmas odam va kotlet havoda muallaq turib qoldi, shapillab kavshangan ovoz eshitildi.

Men doimo avval kiyinib, keyin ovkatlanishni afzal ko'rardim,—dedi Ko'rinmas odam og'zini ovqatga to'ldirib non bilan kotletni yutaqib kavsharkan.



  • Qizik odat-a!

Qo'lingiz ishlayapti chog'i?— dedi Kemp.

— Bundan xotirjam bo'lsinlar,— dedi Ko'rinmas odam.

— Har qalay juda g'alati-da!

— Ha, shunday. Eng taajjubli eri shundaki, qo'limni bog'lash zarur bo'lib qolgan mahalda, xuddi sizning uyingizga kirib qoldim. Birinchi marta shunday omadim kelishi. Lekin baribir men shu uyda tunab qolmoqchi bo'lgandim. Siz meni quvib chiqara olmaysiz endi! Qonimning ko'rinadigan bo'lishi o'lgiday noqulay-a, shunday emasmi? Xalqob bo'lib qoldi-ya. Qon iviganidan keyin ko'rinadigan bo'lib qolsa kerak. Men jonli hujayralarnigina o'zgartira oldim. Tanimda jonim bor ekan, ko'zga ko'rinmayman... Men uch soatdan beri shu yerdaman.

— Lekin buni uddasidan qanday chiqdingiz-a?— gap boshladi Kemp xunobi oshib.

— Bu nima balo o'zi! Bu voqea boshidan oxirigacha behuda bema'ni narsa.

— Bekorga siz shunday deb o'ylayapsiz,— dedi Ko'rinmas odam.

— Bu ishning hammasi tamomila mantiqiy.

U qo'lini uzatib viski shishani oldi. Kemp viski yutayotgan xalatga hayron bo'lib tikildi. Shamning shu'lasi xalatning o'ng elkasidagi teshik orasidan o'tib, yorug' uch burchak hosil qilgandi.

— Boyagi qanaqa otishma edi o'zi?— so'radi Kemp.

— Nima sababdan ota boshlashdi?

— U yerda bir ahmoq odam, mening tasodifiy sherigim bor edi, jin ursin uni. O’sha pullarimni o'g'irlab qochmoqchi bo'ldi. O’g'irlab qochdi ham, ablah.

— U ham Ko'rinmas odammi?

— yo'q.


— Xo'sh, keyin nima bo'ldi?

— Yana biror narsa yeb olishimning iloji yo'qmi? Keyin hammasini bir boshdan gapirib beraman. Qornim o'lgiday och, bu kamlik qilganday qo'lim ham og'riyapti. Siz bo'lsangiz, bo'lgan gaplarni hikoya qilib berishimni so'rayapsiz?

Kemp o'rnidan turdi.

— Demak, o'q uzgan odam siz emasmidingiz?— so'radi u.

— Yo'q,— javob berdi mehmon.

— Bir kallavaram tusmol bilan o'q uzdi. Men uni ilgari sira ko'rmagandim. Ular qo'rqib vahimaga tushib ketishdi. Mendan hamma qo'rqadi. Jin ursin hammasini! Menga qarang, Kemp, juda qornim ochib ketyapti, axir.

— Tushib bir axtarib ko'ray-chi, zora biror egulik topilsa,— dedi Kemp.

— Bilmadim, ko'proq narsa topa olarmikinman?

Ko'rinmas odam ovqatlanib bo'lgach (u talaygina ovqat edi), sigara so'radi. Kemp pichoqni topgunicha u sigaraning dumini ochko'zlik bilan tishlab uzdi va sirtiga tamaki bargi yopishib qolganini ko'rib, qattiq so'kinib oldi. Uning tamaki chekishi juda galati tuyulardi: og'iz, tomoq, halqum hamda burun kataklari pag’a-pag’a tutunlardan yasalganga o'xshab elas-elas ko'zga chalinganday bo'lardi.

— Tamaki ajoyib narsa-da!—dedi u sigara tutunini ichiga yutib,— omadim yurishib, sizning uyingizga kirib qoldim, Kemp. Siz menga yordam berishingiz kerak. Buni qarang-chi, eng zarur bo'lgan vaqtda sizga duch kelib qoldim! Ahvolim juda ham chatoq edi. Xuddi aqldan ozgan odam singari bo'lib qolgandim. Qanday balolarga giriftor bo'lmadimu, nimalarga bardosh bermadim! Endi ishimiz yurishib ketadi. Menga ishonavering...

U yana soda suvi bilan qo'shib viski ichdi. Kemp o'rnidan turdi, atrofga boqib, yonidagi xonadan o'zi uchun ham stakan olib chiqdi.

— Bu narsalarning bari g'alati... Keling endi men ham icha qolay.

— O’tgan o'n ikki yil mobaynida sira ham o'zgarmabsiz, Kemp. Malla sochli odamlar juda kam o'zgarishadi. Hali ham o'sha vaqtdagi kabi loqayd, rejali, tartiblisiz... Men sizga hamma narsani batafsil tushuntirib berishim kerak. Endi birgalikda ishlaymiz.

— Ammo siz buni qanday uddaladingiz?— so'radi Kemp.

— Qanday qilib siz bunaqasiga ko'rinmas bo'lib qoldingiz?

— Xudo xaqi, chekib bo'lgunimcha meni tinch qo'ying. Keyin hammasini aytib beraman.


Biroq bu kecha u hech nimani aytib bermadi. Uning qo'li og'rib qoldi, isitmasi chiqib, a'zoyi badani bo'shashib ketdik. Xayoliga nuqul tepalikdan yugurib Marvelni quvib kelgani va qovoqxona oldidagi mushtlashgani kelaverdi. U hikoya qilishga kirishgan ham edi, biroq yanglishib ketdi. U Marvel to'g’risida chalakam-chatti gapirar, birdan g'ujanak bo'lib tirishib, ovozidan darg'azab bo'layotgani sezilib qolardi. Kemp uning hikoyasidan iloji boricha biror narsa anglashga urindi.

— U mendan qo'rqdi... Men uning qo'rqishini bilardim,—deb qayta-qayta takrorlardi Ko'rinmas odam.

— U mendan qochib qutulish payida yurardi, yakkash shuni o'ylardi. Qanday ahmoqchilik qildim-a! Eh muttaham, muttaham! Uni o'ldirish lozim edi...

— Pulni qayerdan olgandingiz?— birdaniga so'rab qoldi Kemp.

Ko'rinmas odam bir oz sukut saqlab turdi.

— Bugun buni aytib berolmayman,— deb javob berdi u keyin.

U birdan voyvoylab, ko'rinmas qo'llari bilan ko'rinmas kallasini tutib bukchayib qoldi.

— Kemp,— dedi u.— Uch kundan beri uxlaganim yo'q, shu vaqt mobaynida atigi bir-ikki soat mizg'ib olish nasib bo'ldi, xolos. Yaxshilab uxlab olishim kerak.

— Yaxshi,— dedi Kemp.

— Shu yerda, mening xonamda yota qoling.

— Biroq uxlashim mumkinmi? Bordiyu men uxlab qolsam, u qochib ketadi. Eh! Xo'p, mayli, menga baribir!

— Jiddiy yaralanganmisiz?— bo'g'iq tovush bilan so'radi Kemp.

— Unchayamas, sal timdalangan, xolos! Judayam uyqum kelyapti-da!

— Unday bo'lsa, yotib uxlang.

Ko'rinmas odam Kempga tikilayotganday tuyulardi.

— Qo'lga tushishga zarracha ham xohishim yo'q,— deb qo'ydi Ko'rinmas odam salmoqlanib.

Kemp seskanib tushdi.

— Eh, juda ahmoqman-da!— deb xitob qildi Ko'rinmas odam, stolga musht tushirib.

— Sizda shunday fikrning tug’ilishiga o'zim sababchi bo'ldim.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin