I-bob. Nutq patalogiyasini bartaraf etishning ilmiy nazariy asoslari…



Yüklə 41,94 Kb.
səhifə5/8
tarix05.05.2023
ölçüsü41,94 Kb.
#108409
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5375314234240412734 (1) (1)

Tizimli yondashuv tamoyili nutqning turli komponcntlarini o'zaro sistemali aloqasi va sistemali qurilishiga asoslanadi: uning tovush, talaffuz tomoni, fonematik jarayonlar, leksik-grammatik qurilish.Nutq buzilishlari turli darajada u yoki bu komponentga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrim hollarda ko‘proq uning tovush talaffuz tomoni buziladi, nutq aniqligi aziyat chekadi — fonetik buzilishlar: boshqa hollarda tovush talaffuzining buzilishi so'zning tovush tarkibini egallashdagi kamchilik bilan uyg’unlashadi fonetik — fonematik buzilishlar. Bunday hollarda o‘qish va yozishni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar muqarrardir. Buzilish fonetik-fonematik va leksik-grammatik tizimni o ‘z ichiga olgan hollarda nutqning to’liq rivojlanmaganligi namoyon bo’ladi. Bunda leksik-grammatik, fonetik-fonematik buzilishlar yagona o‘zaro aloqadorlik kompleksini o‘zida ifodalaydi. Nutq turli komponentlarining o‘zaro bog’liqligini, so'zning tovush tomoni, uning leksik va grammatik ahamiyatining o ‘zaro aloqasi misolida ko‘rish mumkin. So‘zlarda tovush miqdori, xarakteri va joylashuvining o'zgarishi, uning leksik, ko'pincha grammatik ahamiyatini o'zgartiradi. Nu tq komponentlarining o'zaro aloqasi nutq rivojlanishi jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi. Fonetik rivojlanish lug'at boyishiga va grammatik vositalarning kengayishiga yordam beradi. Yuqorida qayd etilganidek, nutq rivojlanishi sistemogcnez tamoyili bo'yicha amalga oshadi. Bu organizm rivo jlanishining o'ziga xos qonuniyati hisoblanadi va asosiy xususiyati funksional sistemaning notekis (geteroxron) rivojlanishidan iborat. Bu atrof-muhit shart-sharoitiga to'g'ri moslashuvni va moslashib ketishni ta’minlaydi (P.K.Anoxin). Funksional sistema to'la darajada birdaniga shakllanmaydi. Dastlab organizmning yashab ketishi uchun birmuncha muhim bo’lgan , tizimning alohida komponentlarining struktura (tuzilish) qismlari birlashadi. Shunga bog’liq holda funksional sistemalar organizm hayotida moslashuvchanlikni ertaroq, ularning to’la va tamomila yetilishiga qaraganda ertaroq egallaydilar.Nu tq rivojlanishining muhim asosi nutq-eshituv tizimida, so'ng nutq harakat analizatorida nutqning intonatsiya-ohang tomonini shakllantirish hisoblanadi. Bu bola hayotining dastlabki oylarida inson ovozidagi tovushlarga sezgirligi singari muhim moslashuv ta’siriga egadir va go'dakni o'ziga xos insoniy, ijtimoiy muhitda yashab ketishini ta’minlaydi. Sistema faoliyatining aniq natijalari tashkil qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Nutqning asosiy funksiyasini tashkil qiluvchi kommunikatsiya nutq tizimi uchun shunday foydali natija hisoblanadi (V.A. Artyomov,N .I. Jinkin , A.A. Leontev va boshqalar). Bu holda tizimli yondashuv tamomila nutq buzilishlari tahlilida til komponentlari orasida tizimli o'zaro aloqadorlik sifatida asoslanadi. Bu tamoyil nutq buzilishlari pedagogik tasnifining asosini tashkil qiladi, nutq buzilishlariga ega bolalar uchun maxsus muassasalarni komplektlashni, shuningdek, nutq buzilishlari oldini olish va bartaraf etishning usul va yo'llarini aniqlaydi. R .Ye. Levina tomonidan ilgari surilgan, uchinchi tamoyil, bola psixik rivojlanishining boshqa tomonlari bilan nutqning aloqasi hisoblanadi. L.S. Vigotskiy, A .N . Leontev, A .R .Luriya va boshqa olimlar ishining ko'rsatishicha, insoniy xulq shakllari, nutq psixik funksiyalar va qobiliyat bolada tug'ma bo’lmaydi. Ular maqsad sari yo'naltirilgan ta’lim va tarbiya, jamiyat hayotining shart-sharoitlari ta’siri ostida shakllanadi. Bolaning barcha psixik jarayonlari - idrok, xotira, diqqat, tasavvur,tafakkur maqsad sari yo'naltirilgan xulq bevosita nutq ishtirokida rivojlanadi (L. S. Vigotskiy, A. R. Luriya, A. V. Zaporojets va boshqalar).


Yüklə 41,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin