Akam keldilar ?
T
R
고모는
산골에
가세요
? (“별이 된 도깨비 누나”, 김정환 68 bet)
T
Ammam qishloqqa ketadilar?
Berilgan misollarda Akam va
고모는
(ammam) so‘zlari so‘roqni olmagan
tarkibiy qism bo‘lib, unlaring ohangi pasayadi va ular rema hisoblanadi.
Keldilar va
가세요
(ketadilar) so‘zlari tema hisoblanadi va ularning ohangi
ko‘tariladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tema hamda remani aniqlashda ohangning
ko‘tarilishi va pasayishi illokutiv funksiya (so‘zlash jarayonida fonetik
xususiyatlarning o‘zgarishi) bajaradi. Bu, albatta, yuqoridagi misollarda
ko‘rsatib o‘tilganidek, so‘roq gaplar so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamalarining
ishtirokisiz tuzilganda vujudga keladi. Illokutiv funksiya esa remani aniqlashda
alohida ahamiyat kasb etadi.
Stilistik jihatdan shakllangan neytral nutqda tema remaga nisbatan ustuvor
ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, bu jarayonda tema ton balandligi bilan
farq qiladi, remaga esa fraza urg‘usi tushadi. Ekspressiv-bo‘yoqdor gapda rema
jumla boshida keladi, shu bilan birgalikda, fraza urg‘usini ham yo‘qotmaydi.
Masalan:
Dostları ilə paylaş: |