I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


RDB-3000 bolg’achali maydalagich



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116
ma\'ruza matn

RDB-3000 bolg’achali maydalagich 
(don maydalagich). Ba’zi go’sht 
korxonalarida qo’llaniladigan bunday maydalagichlar unumdorligi 1 t/soat. 
Rotorning minutiga aylanishlar soni 2100, bolg’achalar soni 55, bolg’achalar 
uzunligi 140 mm, eni 60 mm, qalinligi 20 mm, bolg’achalarning aylanma diametri 
500 mm -ga teng.
Maydalagichning yuqorigi qismida suyak uchun iste’molchi va metall 
aralashmalarini ajratish uchun magnitli seParator bo’lishidan tashqari, yuqorida 
ta’kidlab o’tilgan maydalagichlar konstruktsiyasiga mos. 
Bolg’achali maydalagichlar unumdorligi rotorning uzunligi va uning 
aylanishlar soniga, bolg’achali rotor diametriga, hamda mahsulotning maydalanish 
darajasiga bog’liq.
Po’lat bolg’achalar yuzasining yemirilishidan maydalagichning unumdorligi 
kamayadi, shuning uchun bolg’achalarni almashtirish talab etiladi. 
M a y d a l a s h - k e s i s h m a s h i n a l a r i .


139 
Go’sht korxonalarida qo’llaniladigan maydalash-kesish mashinalariga kuch 
bilan ishlaydigan maydalagichlar va ishchi organi maxsus shakldagi Pichoqlar 
ko’rinishidagi maydalagichlar taalluqlidir.
Kuch bilan ishlaydigan SI-20 maydalagichi. 
Bu mashina (46-rasm) quruq 
oqsilga boy yem ishlab chiqarishga va texnik yog’ni eritishga keladigan texnik 
chiqindilar yoki suyaklar va konfiskatlar, go’sht tanasining suyak qismini dag’al 
maydalash uchun mo’ljallangan. 
46-rasm. Kuch bilan ishlaydigan SI-20 maydalagichi: 
1-stanina; 
2-
yuklash bo’yni; 
3-
Pichoqli val; 
4-
shnekli Pichoqlar; 5- 
qo’zg’almas Pichoqlar; 
6-
elektrodvigatel; 7-tasmali uzatma; 8-reduktor; 
9-
rama-
stanina; 
10-
chiqarish teshigi. 
Mashina maksimal 600x750 mm o’lchamli xomashyo bo’lakchalarini 
yuklanadigan yuklash bo’yniga 2 ega va shvellerdan 9 iborat ramaga o’rnatilgan 
massivli Po’lat staninadan 1 iborat. 
KorPusning ichida rotor-valga 3 mahkamlangan shahobchali shnek-
Pichoqlar 4 joylashgan. Pichoqli val 3, 39 ayl/min ega reduktor 8 va tasmali 
uzatma 7 orqali 30 kvt quvvatli elektrodvigateldan 6 harakatga keltiriladi. 
Elektrodvigatel tasmalarni kerakli taranglashishini ta’minlash uchun surilib, 
taranglatuvchiga (salazkaga) o’rnatiladi. 
SHneklar 4 shahobchalari orasida qo’zg’almas Po’lat Pichoqlar 5 
mahkamlangan. Xomashyo aylanayotgan shneklar va qo’zg’almas Pichoqlar 
orasiga tushayotib, 50x50 mm o’lchamgacha maydalanadi va tushirish teshigiga 
10 shneklar yordamida korPus bo’ylab bir vaqtda siljiydi.
Kuch bilan ishlaydigan SI-20 maydalagichi unumdorligi soatiga 8-9 tonnani 
tashki etadi. 
Kuch bilan ishlaydigan maydalagich quvvati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
1000
AQ
N
=
kVt (5-5) 
Bu yerda 

— amaliy yo’l bilan toPiladigan, go’sht tanasining suyak qismini


140 
maydalashdagi solishtirma energiya sarfi 

= 3,2-3,5 
kvt •soat/t,

suyakni maydalash uchun 

= 3,6-3,9 
kvt •soat/t; 

— maydalagich unumdorligi, 
kg/soat.

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin