bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida, shuningdek qarzdor tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan yoki ijro etilgan o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarining qo‘llanilishi haqida xo‘jalik sudiga o‘z nomidan talablar qo‘yish;
kuzatuv davrida kreditorlarning talablarini bajarishga e’tiroz bildirish;
kreditorlarning talablari bo‘yicha qarzdorning taqdim etilgan e’tirozlari asosliligi sudya tomonidan tekshirilishida ishtirok etish;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish haqidagi, shu jumladan muvaqqat boshqaruvchining roziligisiz bitimlar tuzishni ta’qiqlash haqidagi, mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga berish haqidagi, shuningdek bunday choralarni bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish;
qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga iltimosnoma bilan murojaat etish;
qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborot va hujjatlarni olish.
Qarzdorning boshqaruv organlari muvaqqat boshqaruvchining talabiga binoan unga qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborotni taqdim etishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
qarzdorning kreditorlarini aniqlashi, kreditorlarning talablari reestrini yuritishi, qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilgani haqida kreditorlarni xabardor qilishi;
kreditorlarning birinchi yig‘ilishini chaqirishi va o‘tkazishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchining vazifalaridan biri kreditorlarning birinchi yig‘ilishini chaqirishi hisoblanib, mazkur yig‘ilishda iqtisodiy nochor korxonaga taaluqli bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqib quyidagi qarorlardan biri qabul qilinishi mumkin: